Vazningizni qanday qilib me’yorda saqlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Vazningizni qanday qilib me’yorda saqlash kerak?

Harakatsiz yashash tarzi, to‘g‘ri ovqatlanmaslik va sport bilan shug‘ullanishdan bosh tortish ortiqcha vaznga olib keladi. Tanani oddiy holga keltirish nafaqat oynada o‘zingizni ko‘rib zavq olish, balki sog‘likni mustahkamlash va qarish jarayonini sekinlashtirish uchun juda muhimdir.

Kunda ertalab majburiy 10 daqiqalik mashq qiling.

Kuniga kamida ikki marta ko‘k choy iching. Har doim shakarsiz, lekin bir qoshiq asal qo‘shib ichasiz.

Kuniga 5 marta ozgina taom yeyishni tashkil qiling.

Uyquga ketishdan bir soat oldin qatiq yoki tabiiy yogurt iching.

Kundalik ovqatlanishda yangi yoki tuzlangan karamli salat iste’mol qiling, chunki karam yog‘ni tabiiy yo‘qotadi.

Derazani ochib,18 darajali salqin xonada uxlang.

Liftdan foydalanishdan voz keching.

Sevimli ovqatlaringizga zanjabil qo‘shing, bu esa metabolizmni kuchaytiradi.

Mumkin qadar ko‘proq sayr qiling. Avtotransportni ish joyidan uzoqroqda qoldiring yoki ish joyiga shahar transportida borayotib, bir necha bekat narida tushib piyoda yuring.

Shakar va tuz iste’molini kamaytiring.

Har qanday shirinliklarni quritilgan meva va asal bilan almashtirish mumkin, ammo kuniga 30-50 grammdan oshmasligi kerak.

Yengil tamaddi uchun yoningizda har doim yong‘oq, quritilgan va yangi meva olib yuring.

Tamaddixonalardan uzoqda yurishga harakat qiling, tez tayyorlanadigan ovqat iste’mol qilmang va gazlangan ichimliklarni ichmang.

Uyda tayyorlangan bug‘doy noni, qaynatilgan va xom sabzavotli ovqat, kam yog‘li pishlok, qaynatilgan go‘sht, tuxum va baliqni ishga olib kelib iste’mol qiling Yoga bilan shug‘ullaning. Ushbu maxsus mashqlar kaloriyani samarali “yoqadi” va tananing hajmini tezda pasaytiradi.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий