12-avgust — akademik Bo‘riboy Ahmedovning tug’ilgan kuni.

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 12-avgust — akademik Bo‘riboy Ahmedovning tug’ilgan kuni.

Ahmedov Bo‘riboy Ahmedovich (1924-2002) — sharqshunos, tarix fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989).

B. Ahmedov O’rta Osiyo universitetining sharq fakultetini tugatgan (1953). «Государство кочевых узбеков при Абу-л-хайр-хане» mavzusida 1961-yilda Leningradda nomzodlik, 1974-yilda «Балхские ханства в XVI — перв. половине XVIII вв.» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Olim 1960-yildan vafotigacha Sharqshunoslik institutida tadqiqotchi, ilmiy kotib, bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan. U, shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori va Amir Temur jamg’armasi raisi bo’lgan. Temuriylar davri tarixiga oid o‘ndan ortiq asarlar muallifi.

Olim fan va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun «Fan arbobi” (1989), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1989), «Do’stlik» ordeni (1997) va «Buyuk xizmatlari» ordeni (1999) bilan taqdirlangan.

Оставьте комментарий