“Xo‘rozcha” salati

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 2 dona qaynatilgan tovuq soni, 1 dona piyoz, 4 dona tuxum, 150 gr. pishloq, 250 gr. guruch, 4 dona sho‘r bodring, 4 dona sabzi, sarimsoqpiyoz, mayonez. Bezak uchun: zaytun, shirin bulg‘or qalampiri, ko‘katlar.

Tayyorlanishi: suvda pishirib olingan tovuq sonlari terisidan tozalanib, mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Tuxum va sabzilarni qaynatib, kichik kubik shaklida to‘g‘raladi. Bitta bo‘lakchasi tumshuq yasashga olib qo‘yiladi.

Piyoz mayda qilib to‘g‘raladi. So‘ngra sarimsoqpiyozni mayda qirg‘ichdan chiqarib, mayonezga aralashtiriladi. Xo‘roz shaklida salat uchun qolip yasaladi. Qolipdan foydalanish salatni idishga oson va tez joylashtirishga yordam beradi.

Ketma-ket guruch, sabzi(unga tuz sepish kerak), piyoz, tovuq go‘shti, sho‘r bodring, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qavat shaklida joylashtiriladi. Har bir qavatga mayonez surtib chiqiladi. Usti va yon tomonlariga sous surtiladi. Salat chetlari pishloqning tekis tomoni yoki kurakcha bilan ushlanib, qog‘oz qolipi olib tashlanadi.

Salatni bezash uchun zaytundan xo‘roz ko‘zlari, bulg‘or qalampiridan toj, soqolchasi, dum va qanotlari, sabzidan tumshug‘i yasaladi.

soglom.uz/tavsiya/xorozcha-salati/

Оставьте комментарий