Yangi tug‘ulgan chaqaloqlardagi tranzitor(o‘tkinchi) holatlar

DO`STLARGA ULASHING:

Bolaning tug’ruq stressiga, yangi yashash sharoitlariga moslashishini (adaptatsiya) aks ettiradigan reaktsiyalar yangi tug’ilgan chaqaloqlarning chegaraviy (o`tish, tranzitor, neonatal fiziologik) holatlar deb ataladi.
Bu holatlar, yangi tug’ilgan chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlaridan farqli ravishda, tug’ruq vaqtida yoki tug’ilgandan so`ng paydo bo`ladi, so`ngra ma’lum vaqtdan keyin o`tib ketadi.
Tranzitor giperventilyatsiya
 Bola tug’ilgandan so`nggi qichqirib yig’lashi uning dastlabki nafasidir.
 Nafas olish tezligi bir daqiqada 30-60 marta, nafas olish xajmi esa 6-8 ml/kg tashkil etadi
 Sog’lom chaqaloqlarda dastlabki 3 soat davomida gasps shaklida nafas (nafas olish chuqur, nafas chiqarish esa biroz qiyinlashgan) kuzatiladi, bu o’pkani ochilishiga va alveolani ichidagi fetal suyuqlikni evakuasiyasiga yordam beradi.
 Moslashishi davrining dastlabki 2-3 kunlarida o’pkaning bir daqiqadagi havo almashinuvi katta yoshdagi bolalarga nisbatan 3 barobar ko`p bo’ladi.
Qon aylanishidagi tranzitor o`zgarishlar
  Homilaning qon aylanishi yangi tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan 3 ta asosiy xususiyat bilan ajralib turadi:
Plasentar qon aylanish doirasi borligi bilan;
Anatomik shuntlarni ochiqligi bilan (oval teshik, botallov tarmoqchasi, Aransiev tarmog’i);
O’pka orqali o`tadigan qon miqdori minimal (yurak qisqarishi xajmining 6-9% tashkil etadi).
Tranzitor politsitemiya
Bundan tashqari chaqaloq bolalarda politsitemiya (qizil qon tanachalarining odatdagidan ziyod bo’lishi) kuzatiladi. Bu holat gemoglobinning 180 — 220 g/l-dan ko`p bo’lishi va gematokritning 0,55-0,65 va undan ham yuqori, eritrotsitlar soni 6-8×1012/l bo’lishi bilan ta`riflanadi. Qon aylanishidagi bu tranzitor o`zgarishlar o`z-o`zidan yo`qolib, maxsus davolashni talab etmaydi.
Tranzitor disbakterioz
Ushbu holat 3 fazadan iborat.
Aseptik faza – ona ko’kragiga qo’ygunga qadar davom etadi
Infeksiyani ko’payish fazasi – bola hayotining 3-5 kunigacha kuzatiladi. Yuqorida keltirilgan mikroorganizmlarni ichakka tushishi.
Transformatsiya fazasi – 1 haftaning oxirgi-2 haftaning boshidan kuzatiladi. Bifidobakteriyalar ko’payib asosiy ichak mikroflorasi deb hisoblana boshlaydi.
Issiqlik almashinuvining tranzitor buzilishi
Tranzitor gipotermiya — bola tug’ilgandan so`ng dastlabki 30 daqiqa davomida teri va to’g’ri ichak harorati pasayadi, oradan bir soat o`gach, badan harorati mo`tadillashadi. Agar tug’ruq xonasidagi harorat 22-23 bo’lsa, bolaning harorati 35,5-35,7°S-gacha tushishi mumkin. Harorat qo`l va oyoqlarda yanada pastroq bo’ladi.
Tranzitor gipertermiya deb bola hayotining dastlabki 3-5 kunlarida xona haroratining yuqori bo’lishi (38,5-39,5°S), bolani nihoyatda o’rab-chirmash natijasida kuzatiladi, hamda bolaga yetarli miqdorda ona suti bilan emizmaslik, isitish vositalari yonida yotishi natijasida modda almashinuvining buzilishi oqibatida tana haroratining ko’tarilishiga aytiladi. Chaqaloqlarda issiqlik almashinuvining tranzitor buzilishi sabablari bartaraf etilsa, bu holatlar yengilgina o’tib ketadi.
Buyrak faoliyatining tranzitor o`zgarishlari
Erta neonatal oliguriya — barcha sog’lom chaqaloqlar hayotining dastlabki 3 kunida kuzatilib, bu holat organizmga nisbatan kam suyuqlik tushayotgani va qon aylanishining o`ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqdir. Ajralayotgan siydik miqdori birinchi kunda taxminan soatiga 0,75 — 1ml/kg, keyinchalik soatiga 2-5 ml/kg ni tashkil etadi. Bu holat yangi tug’ilgan chaqaloqlarni kompensator — moslashuv reaksiyasi bo’lib hisoblanadi.
Fiziologik proteinuriya (albuminuriya) — barcha chaqaloqlarda hayotining dastlabki kunlarida kuzatiladi. Bu holat koptokchalar va naychalar o`tkazuvchanligining oshganligi bilan bog’liq.
 Buyrakning siydik kislotasi infarkti, bola hayotining dastlabki haftasi oxirida paydo bo’ladi. Bunda siydik kislotasi kristallar shaklida buyrakning yig’uvchi kanalchalari bo’shlig’iga to’planadi, natijada siydik rangi o`zgaradi, loyqalanadi va bolani o’ragan yo`rgakda sarg’ish-g’isht rangli dog’ qoladi. Bu holat maxsus davolashni talab etmaydi, ammo bolaning etarli darajada ona suti bilan ta`minlanishiga e`tibor berish lozim.
Jinsiy krizlar
   Jinsiy krizlar 65-70% chaqaloqlarda kuzatiladi.
Fiziologik mastopatiya — sut bezlarining kattalashishi tug’ilgandan so`nggi 3-4 kunlarda paydo bo’lib, bola hayotining 7-8 kunlarida eng katta hajmga etadi, so`ngra asta-sekin kichiklashib, neonatal davrning oxiriga kelib, asli holiga qaytadi. Ko`pchilik hollarda bunday kattalashgan bezni bosib ko’rilganda, sutga o’xshash suyuqlik chiqadi.
Metroragiya. Qiz chaqaloqlar hayotining 5-7 kunlarida ba`zan (5-10% xollarda) 1-2 kun davomida kam-kamdan (0,5-1,0 ml) tashki tanosil a`zolaridan qon ajralishi kuzatiladi.
Toshma (miliya) teri yuzasidan ozgina ko’tarilib turadi va asosan burun parragi, peshona va engakda, ayrim hollarda esa butun badan terisida joylashgan bo’ladi
Chaqaloqlar fiziologik sariqligi
 Chaqaloqlar fiziologik sariqligining sababi qonda bevosita bilirubin miqdorining oshib ketishi barcha chaqaloqlarda hayotining dastlabki 2-3 kunlarida kuzatilib, 60-70% hollarda u ko`zga yaqqol tashlanadigan sariqliqqa olib keladi
 Bunda teri va shilliq pardalarning sarg’ayishi bola hayotining 2-3 kunlarida yuzaga kelib, bog’lanmagan (konyugatsiyalanmagan) bilirubinning miqdori muddatida tug’ilgan bolalarda 51-60 mkmol’/l, muddatiga yetmay tug’ilgan bolalarda esa 85-103 mkmol’/l gacha ko`payadi
 Bilirubinni qondagi maksimal  miqdori 130-170 mkmol’/lni tashkil etadi.
 Tana vaznining o’tkinchi (tranzitor) kamayishi
   Tana vaznining tranzitor kamayishi bola hayotining 3-4 kunlarida sodir bo’lib, u 8%-dan 10%-gacha buladi. Odatda vaznining bunday kamayishi 6%-dan oshmaydi. Muddatiga yetmay tug’ilgan bolalarda tana vaznining fiziologik kamayishi 12-14%-ni tashkil etadi.
   Tana vaznining fiziologik kamayishi 3 darajaga ajratiladi:
1 — daraja — tana vaznining 6%-dan kam miqdorda kamayishida suvsizlanish (eksikoz)ning belgilari kuzatilmaydi, lekin bolaning ochko`zlik bilan emishini sezish mumkin
2 daraja — tana vazni 6-10%-gacha kamayishi bilan kechadi. belgilari: shilliq pardalarning qizarishi, teri burmalar qayta tiklanishining buzilishi, bolaning bir xil tovush bilan yig’lashi, yurak urishi va nafas olishining tezlashishi kuzatiladi
3 daraja — tana vazni 10%-dan ziyodga kamayishi bilan kechib, bunda chanqash alomatlari: teri va shilliq pardalarning quruqligi, katta liqildoqning botishi, bezovtalanish, kuchli taxikardiya, qo`l va oyoqlarning sovub qolganligi xosdir.
Teridagi o`tkinchi holatlar 
Oddiy eritema deb bola tug’ilgandan so`nggi 2 kunda tana terisining qizarishiga aytiladi. Odatda bu xol bola hayoti dastlabki haftasining oxiriga borib yuqoladi. Fiziologik eritema muddatiga etmay tug’ilgan bolalarda va onasi kandli diabet bilan og’rigan bolalarda nisbatan uzoqroq (2-3 haftagacha) saqlanib turadi.
Terining fiziologik qipiqlanishi bola hayotining 3-5-chi kunlarida paydo bo’lib, asosan ko’krak kafasi va qorin sohasida kuzatiladi. Bola vaqtidan o`tib tug’ilsa, bu holat kuchliroq bo`lishi mumkin.
Tug’ruk shishi — chaqaloq gavdasining qaysi qismi bilan tug’ilgan bo`lsa, shu joyda, qisilish oqibatida vena qon tomirlarida qon turib qolishidan kelib chiqadi.
Toksik eritema – allergoid reaksiya terida qizil dog’lar sifatida namoyon bo’lib, ba`zan uning markazida tuguncha yoki pufakchalar ham bo`lishi mumkin. Bu holat 20-25% chaqaloqlarda uchrab, bola hayotining 2-5 kunlarida paydo buladi. Bu dog’lar ko`pincha bug’imlar atrofi, dumba sohasi, ko’krak qafasining oldi tomonida joylashadi
©Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий