Yoga va aerobika yurak xastaligi uchun foydali

DO`STLARGA ULASHING:

Hindistonlik olimlar yurak xastaligi bilan og‘rigan kishilarga yoga va aerobika bilan shug‘ullanishni maslahat bermoqda. Mutaxassislarning fikricha bunday mashqlarni birgalikda bajarish strees (ruhiy zo‘riqish) darajasini pasaytiradi. Yurak-qon tomir kasalligining o‘limga olib kelish ehtimolini kamaytiradi.
O‘tkazilgan tadqiqotlarda semirish, yurak kasalliklari va II turdagi qandli diabet bilan og‘rigan 750 nafar kishi ishtirok etdi. Ko‘ngillilar 3 guruhga ajratilib, ularning 225 nafari aerobika, 240 nafari yoga, 285 nafari esa yoga va aerobika bilan shug‘ullandilar. 6 oyda 3 marta qaytarilgan turkum mashg‘ulotlardan so‘ng barcha ishtirokchilarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Ularda qon bosimi, vazn va xolesterin (triglitserid) miqdori pasayganligi kuzatildi.
Biroq, yoga va aerobika bilan birgalikda shug‘ullangan ko‘ngillilar guruhida qolgan ikki guruh ishtirokchilariga nisbatan yurak-qon tomir muammolarini kelib chiqish xavfi ikki marta kamaydi. Bundan tashqari yoga va aerobika bilan bir vaqtda shug‘ullanish yurak ish faoliyatiga va og‘ir jismoniy harakatlarni bajarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

soglom.uz/tavsiya/yoga-va-aerobika-yurak-xastaligi-uchun-foydali/

Оставьте комментарий