Yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun xususiy kameralar o‘rnatish tartibi belgilandi

DO`STLARGA ULASHING:

Yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun xususiy kameralar o‘rnatish tartibi belgilandi

21 aprel kuni qabul qilingan hukumat qaroriga ko’ra, joylarning boshlang‘ich narxi 735 000 so‘mdan 8 575 000 so‘mgacha qilib belgilandi.

Undirilgan jarima quyidagi miqdorda taqsimlanadi:
— dastlabki 1 yil:
• 50 % – tadbirkor hisobiga;
• 10 % – IIV hisobiga;
• 15 % – Davlat byudjetiga;
• 15 % – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetiga;
• 5 % –DXX huzuridagi «Kiberxavfsizlik guruhi» davlat unitar korxonasiga;
• 5 % –«Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga.

— 1 yildan so’ng:
• 25 % – tadbirkor hisobiga;
• 15 % – IIV hisobiga;
• 20 % – Davlat byudjetiga;
• 25 % – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy byudjetiga;
• 5 % –DXX huzuridagi «Kiberxavfsizlik guruhi» DUK;
• 10 % –«Xavfsiz shahar» ga.

Оставьте комментарий