Zakot beriladigan kishilar

DO`STLARGA ULASHING:

Zakot quyidagilarga beriladi: Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va hikmat sohibidir» (Tavba, 60, mazmuni).
1. Faqirlar. Nisob miqdoricha mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘i zaruriy ehtiyojlariga sarflangan kishilar.
2. Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj.
3. Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarnn (xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham. Vazifalari sababli ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi.
4. Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon ksltirishlarini;
b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
5. Mukotablar, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan kishilar.
6. Qarzdorlar, ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar
7. Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
8. O’z diyoridan (va u yerdagi) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan) musofirlar.
Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi lozim.
Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrasalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.

islom.ziyouz.com/zakot

17 комментариев к “Zakot beriladigan kishilar”

  1. Уведомление: maxbet

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: หนังเอวีซับไทย

  4. Уведомление: buy dmt online smoke

  5. Уведомление: more information

  6. Уведомление: sportsbet

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: Uwell caliburn

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: Ufabet

  12. Уведомление: sig sauer for sale

  13. Уведомление: official statement

  14. Уведомление: more info here

  15. Уведомление: magnum research desert

  16. Уведомление: see this site

  17. Уведомление: r ketamine vs s ketamine

Комментарии закрыты.