14 – yanvar“Vatanhimoyachilari” kuniga bag‘ishlangan “Zakovat”intelektual o‘yin bayrami

DO`STLARGA ULASHING:

14 – yanvar “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intelektual o‘yin bayrami
Zal bayramona bezatilgan. Sahna to‘rida, o‘rtada katta stol va stullar qo‘yilgan. “Zakovat” qatnashchilari zalga tantanali musiqa ostida qarsaklar bilan kirib o‘z joylarini egallaydilar.
O‘zbekiston Davlat madhiyasi yangraydi.
/Davraga Xumo qushi qiyofasida boshlovchi kirib keladi./
Xumo qushi: Assalomu alaykum! Men shu yurtning shaharlari va qishloqlari, gullagan bog‘lari, mehnatsevar xalqini suyub o‘zimga makon topdim. Tinchlik, osuda hayot kechirayotgan bu mamlakatning farzandlari baxtiyor, o‘g‘il-qizlari shod bo‘lgani meni behad quvontiradi. Bugun 14 yanvar “Vatan posbonlari” kuni, shu fursatdan foydalanib bugun bizning jasur o‘g‘lonlarimiz meni boshlovchi etib taklif qilishdi. Bugun ularning bilmdonliklarini, chaqqonliklarini, tirishqoqliklarini ko‘rsatish maqsadida bog‘chaning faol yigitlari ishtirokida “Zakovat” intelektual o‘yinini tomosha qilasiz.
Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing:
/Yigitlarning ko‘kraklarida ko‘krak nishonlari bo‘ladi./
1. Guruh sardori ____________________________ guruhidan ustozi _______________________________
2. _______________________________ guruhidan ustozi ________________
3. _______________________________ guruhidan ustozi ________________
4. _______________________________ guruhidan ustozi ________________
5. ________________________________guruhidan ustozi _______________
6. ________________________________guruhidan ustozi ________________
7. _______________________________ guruhidan ustozi ________________
Biz bugungi “Zakovat” intelektual o‘yinimizni Topishmoq bilan ochamiz. Savollar hammaga ommaviy.
/Sahna to‘rida 12 ta teskari to‘mtarib qo‘yilgan rangli rasmlar bo‘ladi.
Unda “Vatan posboni” so‘zi topishmoqlar bilan bitta-bitta ochiladi./
V – Kindik qonimiz to‘kilgan zamin. (Vatan.)
A – Yangi yil ko‘rki. (archa)
T – Harbiylarning g‘ildiragi zanjirlik texnik mashinasi.(tank)
A – Afsonadagi qo‘rqmas va jasur inson. (Alpomish)
N – Aziz ne’mat. (non)
P – O‘zi oppoq ,yungi yumshoq. (paxta)
O – Vitaminli temir moddasiga boy mevalardan biri. (olma) S – Vaqt o‘lchov birligi. (soat)
B – Katta – kichik 5 o‘rtoq, uyushsa bo‘lar to‘qmoq (barmoqlar)
O – Buyuk zot. (Ona)
N – Mevalarning ichida qomatlari chiroyli meva. (nok)
I — Odamning vafodor do‘sti. (it)

Xumo Qushi: Olg‘a bos, olg‘a bos ey mardu maydon
Xur, ozod Vatanga biz sodiq posbon.
Gullasin, yashnasin Vatan yerlari.
Bizni der elsevar Vatan sherlari.
— 1 —

Qadamla, qadamla zamin titrasin
Azmingni ko‘rganda g‘anim titrasin.
Bolalar ”Gummiber” matroscha raqsini ijro etib beradilar.
Xumo qushi: Endigi navbat savollarga. Savollarni olib kirishlaringizni so‘rayman.
\Davraga qizcha patnischada savollar ko‘tarib kirib keladi. Guruh sardori konvertni tortib Xumo qushiga uzatadi./
Xumo qushi : Birinchi savolni eshitamiz.
Nima uchun qishda tulki yugurib yuradi, ayiq esa uxlaydi ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari.
Xumo qushi : Ikkinchi savolimiz, marhamat olib kirishlaringizni so‘raymiz.
Suv qayerda tik turadi ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari.
Xumo qushi : Endi navbat bolajonlarimizning musiqiy dasturiga. Marhamat !
Bola : Chegaramiz saqlagan oq sutini oqlagan ,
Kechalar uxlamagan bizning askar akalar.
Bola : Sizga qildik havaslar omon bo‘ling askarlar,
Tinch bo‘lsin yurtim deya bo‘ldingiz bizga soya .
Bola : Qo‘lingizda avtomat sizdadur to‘la qomat,
Parashutlar uchasiz bulutlarni quchasiz .
Bolalar “ Kalinka “ raqsini ijro etib beradilar.
Xumo qushi : Endi , mamnuniyat bilan uchunchi savolimizga o‘tamiz .
Marhamat uchunchi savolni olib kiring.
Rasm chizdim men ancha, sanab qara tulkicha.
Bir toyu uch qo‘y, ikki tup archa ,
Bir qayiq, uch ayiq, hammasi qancha ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlaro javoblari .
Xumo qushi : Marhamat to‘rtinchi savolni olib kiring.
“ Kuch adolatdadur “ va “Har bir askar tinchlik posboni “- degan
hikmatni kim aytgan ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javobi.
Bola : Askarlar bayrog‘i Vatan bayrog‘i,
U mardi- maydonlar sharaf ardog‘i .
U metin sarhadda, sarbaland posbon,
Tabbaruk so‘zi tinch bo‘lsin jahon.
— 2 —
Qasamyod etamiz , hur O‘zbekiston,
Biz senga posbonmiz, fido bo‘lgay jon !
Bolalar “ Xakkalakam “ raqsini ijro etib bnradilar.
Xumo qushi : Rahmat bolajonlar judayam chiroyli she’r va raqslar ijro etdi-
laring. Endi yana navbat savollarga. Marhamat qilib savollarni olib
kirishingizni so‘rayman. Navbatdagi beshinchi savolimiz “ Boshqoti-
rma “ — deb atalar ekan.
Qaysi ertakning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi va shu ertak qahra-
monini labirintdan chiqarib bering ?
L A B I R I N T .
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari.
Xumo qushi : Oltinchi savolimizni marhamat olib kiring .
/ Davraga patnosda quticha olib kiriladi ./
Bir ertakda yomonlik ustidan yaxshilik g‘alaba qilgan. Bu g‘alabaga bir laylak sababchi
bo‘lgan . Quticha ichida laylak bergan narsa yashiringan, yashiringan narsa nomini ayting ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari .
Xumo qushi : Mehmonlar va bolajonlar ! Yana dasturimizdan o‘rin olgan musiqiy
daqiqalarga beramiz . Hozir bizning bolajonlarimiz harbiy ilm,
mahorat , askarlar xaqida xikmatlar yodlashgan . Qani marhamat !
Bola : Askari baqquvat mamlakat , boy bo‘ladi .
Bola : Askarning intizomi , armiyaning tayanchi .
Bola : Mashqda qiyin bo‘lsa ,jangda oson bo‘ladi .
Bola : Har – bir askar tinchlik posboni .
Qizlar ijrosida “ Andijon polkasi “ raqsi .
Xumo qushi : Endi men sizlarga mamnuniyat bilan yettinchi savolimizni olib
kirishlaringizni so‘rayman .
Qanday botir sarkardalar va jangchilarni bilasiz ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari.
Xumo qushi : Marhamat qilib sakkizinchi savolimizni olib kiring .
Zilzila bo‘lganda nima qilish kerak ?
O‘yin ishtirokchilari yoki tomoshabinlar javoblari .
Xumo qushi : Yana navbat musiqiy daqiqalarga .
Bola : Yer yuzidagi amakijonlar,
Shunday iltimos bordir sizlarga.
Chiqarmang qurol , oqmasin qonlar
Kitob o‘yinchoq bering bizlarga .
Bola : Tinchlik kerak yer yuzig, tinchlik kerak olamga.
Tinchlik so‘zi qanot qoqsin , nur taratib olamga.
Bolalar M. Ikromovaning “ Tinchlik “ qo‘shig‘ini kuylab beradilar .
Xumo qushi : Mana bugun biz 14 yanvar munosabati bilan “ Zakovat “ intelektu-
al o‘yinini o‘tkazdik. Bunda _________________________________
__________________________________________________________
g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Endi o‘yin ishtirokchilariga va aktiv tomoshabinlarga bog‘chamiz
ma’muriyati o‘z sovg‘alarini taqdim etadilar.
/ Musiqa ostida bog‘cha mudirasi sovg‘alarni tantanali ravishda topshiradi./
Bola : Turkning shavkatini joylab tig‘iga ,
Mardona yuksakka ko‘targan ilk bor.
Zafar quchgan bobm Temur ruhiga,
Bugun ta’zim aylay takror va takror.
Bola : Azal o‘zbek xalqi mardona mag‘rur,
Alpomishday botir o‘g‘lonlari bor.
Tog‘ni qulatguday zabardast, jasur,
Har ezgu niyatli posbonlari bor .
Bola : Endi hech egilma , qaddingni tik tut,
O‘g‘lonlaring sening ko‘ksinga qalqon.
Toki ular bordir g‘amlarni unut,
O‘zbekiston deya tanisin jahon .
Bayram dasturi Ozodbek Nazarbekovning “ Men sening bolangman Vatan “ qo‘shig‘i
fonnogrammasi bilan yakunlanadi .

Оставьте комментарий