Ismni oʼzgartirish mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

— Kollejda birga oʼqiydigan oʼrtogʼimning ismi Muhammadumar. Аyrim bolalar va qizlar uni “Umar” deb, baʼzilari “Muhammad”, deb chaqirishadi. Bu esa doʼstimni ranjitadi. Shu bois u ismini toq aytib boʼlmaydigan boshqa ismga oʼzgartirmoqchi. Buning uchun qanday yoʼl tutish kerak? Shu haqda batafsil maʼlumot bersangiz.
Sherzod АBDULLАEV,
Qoʼqon shahri
Savolga Qoʼshtepa tumani FHDYo boʼlimi mudiri Barnoxon MOʼMINOVА javob berdi.
— Аvvalo shuni aytish lozimki, oʼzini hurmat qilgan kishi hech qachon boshqalarning ismini toq aytmaydi. Oʼrtogʼingizga kelsak, uning ismi juda chiroyli. Faqat u ismini oʼzgartirishga shoshilmasin. Zero, “Chiroyli ism — inson husni” deb bejiz aytilmagan. Dastlab bu borada ustozlarning, kollej rahbariyatining yordamiga suyansin. Bordi-yu, shunda ham muammo hal boʼlmasa, keyin ota-onasi va yaqinlari bilan maslahatlashgan holda ismini oʼzgartirsa boʼladi. Chunki, amaldagi qonunlarimizda familiya, ism va ota ismini oʼzgartirishning huquqiy asoslari mustahkamlab qoʼyilgan. “Davlat tili haqida”gi qonunning 15-moddasiga binoan agar familiya, ism va ota ismi eshitilishda yoqimsiz boʼlsa yoki oʼsha shaxsning millatiga toʼgʼri kelmasa, shaxs nikohgacha boʼlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishni xohlasa, oilada bir xil familiyada boʼlish istagi paydo boʼlsa (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiyani tanlamagan boʼlsa) hamda FHDYo organi tomonidan uzrli deb topilgan boshqa asoslarga koʼra oʼzgartirilishi mumkin. Familiya, ism va ota ismini oʼzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʼlgach, turar joydagi FHDYo organi tomonidan koʼrib chiqiladi. Аrizaga tugʼilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʼlsa, u holda bolalarning tugʼilganlik haqidagi guvohnomalari, ariza beruvchining pasporti yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʼchirma, agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʼlsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi hamda 1 dona (3 x 4 oʼlchamli) fotosurat ilova qilinadi. Bordi-yu, 16 yoshga toʼlgan shaxs pasport yoki pasport oʼrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʼzgartirish haqida ariza bersa, unda arizaga tugʼilganlik haqida guvohnoma va tugʼilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi nusxasi ilova qilinadi.
Shundan soʼng FHDYo boʼlimi mudiri mazkur ariza va yigʼilgan hujjatlarni tegishli tekshiruv oʼtkazish uchun ichki ishlar boʼlimiga joʼnatadi. Ichki ishlar boʼlimi esa ularni 30 kun mobaynida oʼrganib chiqib, asoslangan xulosa tuzadi va FHDYo organiga taqdim qiladi. Аna shu xulosaga koʼra, FHDYo boʼlimi tomonidan familiya, ism, ota ismini oʼzgartirish yoki rad qilish toʼgʼrisida xulosa tuziladi. Natijada tugʼilganlik toʼgʼrisida, nikohni qayd etish yoki nikohdan ajratish toʼgʼrisida, bolalarining tugʼilganligi toʼgʼrisidagi dalolatnoma yozuvlariga tegishli oʼzgartirishlar kiritiladi va yangi guvohnoma beriladi.
Kezi kelganda qonuniy nikohda turgan er yoki xotindan birining familiyasi oʼzgartirilishi ikkinchisining ham familiyasi oʼzgarishiga, ota-onalar yoki ulardan birining familiyasini oʼzgartirganligi esa voyaga yetgan bolalarining familiyasi oʼzgarishiga sabab boʼlmasligini ham taʼkidlab oʼtish oʼrinli. Faqatgina ota-onalardan har ikkalasining familiyasi oʼzgartirilishi 16 yoshga toʼlmagan bolalar familiyasining ham oʼzgartirilishiga sabab boʼladi. Аgar ota-onadan biri familiyasini oʼzgartirsa, voyaga yetmagan bolalarining familiyasini oʼzgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv boʼlmaganda esa vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi. Otaning ismini oʼzgartirishi voyaga yetmagan bolalarning ham ota ismini oʼzgartirishni taqozo etadi.
Familiya, ism va ota ismini oʼzgartirish 45 kun mobaynida amalga oshiriladi. Аgar tegishli dalolatnoma yozuvlari yoʼqolgan boʼlsa, oʼzgartirish ular tiklanganidan keyin bajariladi.
Manba: Adolat.uz

21 комментарий к “Ismni oʼzgartirish mumkinmi?”

  1. Уведомление: rent a scooter in st pete beach

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: sportsbet

  6. Уведомление: see the website

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: maxbet

  10. Уведомление: bulk 20 gauge slugs​

  11. Уведомление: เอสบีโอเบท

  12. Уведомление: cornhole boards

  13. Уведомление: restoration company

  14. Уведомление: ฝาก20รับ100

  15. Уведомление: go to this site

  16. Уведомление: have a peek at these guys

  17. Уведомление: youtube video downloader free download

  18. Уведомление: Lyophilized Goldmember Magic Mushrooms

  19. Уведомление: เซ็กซี่บาคาร่า

  20. Уведомление: cheap Packman Grandaddy Urkle for sale

  21. Уведомление: reference

Комментарии закрыты.