Spermatozoidlar agregatsiyasi nima

DO`STLARGA ULASHING:

Spermatozoidlar agregatsiyasi nima va uni qanday davolash mumkin?
Erkaklar bepushtligi, afsuski, tez-tez uchrab turadigan holat. Uning sababi koʻp. Doktor bepushtlikda tavsiya qiladigan birinchi tahlil bu spermogrammadir. Spermogramma asosida mutaxassis bepushtlik sabablari haqida taxmin qilishi mumkin. Shifokor natijaga yarasha qoʻshimcha tekshirish yoki davo tavsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Spermogrammadagi oʻzgarishlardan biri bu spermatozoidlar agregatsiyasidir
spermatozoid agragatsiyasi
Spermatozoidlar agregatsiyasi nima?
Sogʻlom sperma odatda 1 xil konsistensiyada boʻlishi kerak. Agregatsiya sperma suyuqligini shunday holatiki, bunda spermatazoidlar shilliq, epiteliy va boshqa hujayralar bilan yopishib “komochek” hosil qiladi. Agregatsiya oʻz xolicha bepushtlik sababchisi emas. Bu uning aglyutinatsiyadan farqi. Aglyutinatsiya bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin. Lekin agregatsiya spermatazoidlar harakatchanligi qandaydir sabablar tufayli pasayganligi yoki tanosil aʼzolarida shamollash borligidan darak beradi.
Kuchsiz agregatsiya farzand koʻrishda katta muammo boʻlmasligi mumkin. Lekin sezilarli agregatsiya spermadagi koʻp miqdordagi “sgustoklar” boʻlishi spermatazoidlarni oxirgi manzil sari harakatiga toʻsqinlik qilish orqali farzand koʻrishda muammo tugʻdirishi mumkin.
Spermatozoidlar agregatsiyasiga sabablar
Koʻpincha agregatsiya sperma suyulish vaqti uzayishi va ilashuvchanligi/quyushqoqligi koʻtarilish fonida kechadi. Bularning hammasi, yana shilliq, koʻp miqdorda epiteliy hujayralari borligi, eritrotsit, leykotsitlar va makrofaglar borligi tanosil aʼzolarida infeksiya, oʻtkir yoki surunkali nosozlik borligidan dalolat beradi.
Asosiy sababchi boʻluvchi omillar bu prostata bezi shamollashi – prostatit
Spermatozoidlar agregatsiyasi nima va uni qanday davolash mumkin?
Spermatozoidlar agregatsiyasi nima va uni qanday davolash mumkin?
 va urugʻ pufakchasi shamollashi – vezikulit.
Zararli odatlar, ovqatlanish ratsionidagi kamchiliklar va nosogʻlom hayot tarzi ham spermogramma va farzand koʻrish salohiyatida izsiz ketmaydi. Shu sababli muammo borligiga ishonch hosil qilish uchun spermogramma tahlili qayta tekshirilishi lozim.
Spermatozoidlar agregatsiyasi diagnostikasi
Sperma agregatsiyasini mikroskopik tekshirish orqali aniqlanash mumkin. Bunda spermatazoidlar yopishganligi (agregatsiyasi) bor yokiyoʻqligi va  agar boʻlsa, uning kuchi aniqlanadi. Spermogramma natijasiga koʻra qon tahlili, siydik yoʻlidan surtma olish va boshqalar tavsiya qilinish mumkin. Yoki yetarli maʼlumot boʻlsa, davo tavsiya qilinishi mumkin.
ЎҚИНГ:   Qorin qoʻyish jinsiy faoliyatga qanday taʼsir qiladi?
Spermatozoidlar agregatsiyasini davolash
Agregatsiya bepushtlikni ikkilamchi darajali sababchisidir. Shuning uchun bepushtlikni birlamchi sabablari aniqlanishi va davolanishi shart. Buning uchun Androlog mutaxassis koʻrigiga borish darkor. Diagnostika davomida siydik va tanosil aʼzolari infeksiya va yalligʻlanish jarayonlari aniqlangan boʻlsa, kompleks davo muolajasi oʻtqaziladi. Antibiotik, yalligʻlanishga qarshi vositalar, fizioterapiya muolajalari, immunitetni koʻtaruvchi vositalar va vitaminlar tavsiya qilinadi. Agar infeksiya aniqlanmasa va gormonal fon ham buzilmagan boʻlsa, davo kursiga ehtiyoj boʻlmasligi mumkin.
Tibbiy davodan tashqari agregatsiyaga davolash uchun oqsil, vitaminlarga boy sogʻlom ovqatlanish zarur. Moʻtadil darajada jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish lozim.
Davo kursidan keyin spermogramma tahlili yana qaytariladi.
Muallif: Abdulxayev Fayzullo. Urolog, Androlog, Seksopatolog.
Tibbiyot Fanlari Doktorligiga Nomzod.

11 комментариев к “Spermatozoidlar agregatsiyasi nima”

  1. Уведомление: shop dumps pin online

  2. Уведомление: escort girls

  3. Уведомление: good cvv dumps shop

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: Plus d'information

  6. Уведомление: buy shroom bars wholesale

  7. Уведомление: instagram video download

  8. Уведомление: DMT Vape Pens For Sale Perth

  9. Уведомление: roof skylight

  10. Уведомление: click here to find out more

  11. Уведомление: best white berry strain online

Комментарии закрыты.