Abituriyentlar uchun 6-sinf savol-javoblari

DO`STLARGA ULASHING:

6- sinf Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi
Mavzu: Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi nimani o`rganadi?
Materik bilan qit’alar farqi nimada?
— Materiklarga atrofidagi orollar kirmaydi, qit`alarga esa orollar qo`shib bir nom bilan aytiladi.
Materiklar va Okeanlar geografiyasi nimalarni o`rganadi?
— Geografik qobiq va uning taraqqiyot qonuniyatlari, tuzulishi va xususiyatlari, tarkibiy qismlari, har bir materik va okeanlarni tabiiy geografik xususiyatlarini o`rganadi.
Darslik mazmunan nechta bo`limdan iborat?
— 5 ta.
1969- yilda kimlar oyga birinchi bo`lib qo`ndilar?
— AQSh lik Nil Armstrong va Oldrijlar.
Dunyodagi eng chuqur ko`llar?
— Baykal (1620), Tanganika (1470), Kaspiy (1025), Nyasa ( 706), Issiqko`l (668 m).
6. Maydoni 5 mln km2 bo lgan pastekislik?- Amazonka past.
7. Ubzu nur ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Mongoliya.
8. Po`znan, Lodz,Krakov, shaharlari qaysi davlatga qarashli?- Polsha.
9. Chukotka ya. Oroli bilan Alyaska ya. oroli orasidagi bo`g`oz?- Bering bo`g`ozi.
10. Bermuda orollarining markazi, poytaxti qaysi shahar?- Gamilton.
Mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari, atlas, globuslar.
11.Xaritalar qaysi xususiyatlariga ko`ra guruhlarga ajratiladi?- Hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko`zda tutilgan maqsadiga ko`ra turlari.
12. Xaritalar miqyosiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?- Yirik mashstabli (1:10000 dan 1: 200000 gacha), o`rta masshtabli (1:200000 dan 1: 1000000 gacha), mayda masshtabli (1:1000000 va undan mayda).
13. Tabiat zonalari, ekologik xaritalar mazmuniga ko`ra qanday xaritaga mansub?- Mavzuli tabiiy xaritalar.
14. Atlas deb nimaga aytiladi?- Yagona dastur asosida bir butun asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to`plamiga atlas deyiladi.
15. Birinchi xaritalar to`plami kim tomonidan yaratilgan?- Yunon olimi Klavdiy Ptolemey.
16. Globuslarlarning masshtabi qanday bo`ladi?- 1:30000000 dan 1:83000000 gacha.
17. Yunon olimi Pifagorning yer shar shaklida degan fikriga asoslanib Er.av 2 asrda Globus yasagan yunon olimi?- Krates (yunonistonlik Er av II asr).
18. Toshkent globusi nechanchi yilda o`rnatilgan?- 1984 yil O`z MU geografiya fakultetida.
19. Pekin shahri Toshkentdan qaysi tomonda?- Sharq tomonda.
20. 1 smda 500 m masshtabda masofa necha marta kichraytirilgan?- 1:50000 Demak, masofa 50000 marta kichraytirilgan.
21. Martin Bexaym yasagan globusda qaysi hududlar tasvirlanmagan?- Amerika, Avstraliya va Antartida.
22. Yer sharidagi eng shimoliy va eng janubiy nuqtalar?- Shimoliy va janubiy qutblar.
23. Dunyodagi eng baland ko`l qaysi davlatlar hududida joylashgan?- Peru va Boliviya davlatlarida Titikaka ko`li.
Mavzu: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari.
24. Shamol ishi natijasida hosil bo`ladigan jarayonlar nima deyiladi?- Eol jarayonlar.
25. Geografik qobiq nima?- Atmosferaning quyi qatlami, gidrosfera va biosferalarni o`z ichida olgan hamda o`zaro ta`sir etib turadigan yaxlit qobiq.
26. Geografik qobiq tushunchasiga yaqin bo`lgan g`oya 1-marta qachon, kim tomonidan aytilgan?- 1902 yilda D.N.Anuchin.
27. 1966 yilda Rossiyalik A.A.Grigoriyev qanday ta`limotni yaratgan?- Geografik qobiq haqidagi ta`limot.
28. Geografik qobiqni yuqori chegarasini qayerdan va qancha balandlikdan o`tadi deb hisoblashadi?- Troposferaning yuqori qismidan. Uning qalinligi 30-35 km.
29. Geografik qobiqning qanday xususiyatlari mavjud?- 1-xususiyati: geografik qobiq komponentlari-litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferlar doimiy ravishda o`zaro aloqadorlikda bo`lishi va ta`sir etishi. 2-xususiyati: 2xususiyati Modda va energiya almashinish jarayonini bilib turish. 3-xususiyati: geografik qobiqda organik hayotning jumladan insoniyat jamiyatining mavjudligidir.
30. Geografik qobiqning rivojlanishida nimalar ta`sr etadi?- Yerning tashqi va ichki energiyalari ta`sir etadi.
31. Geografik qobiqning tuzulishida nima muhim rol o`ynaydi?- Modda va energiya almashinuvi.
32. Okean suvi necha yilda bir marta yangilanadi?- 3000 yilda.
33. Geografik qobiqning vertikal tuzulishiga misol?- Balandlik mintaqalari almashinishi.
34. Iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, geografik qobiqning qanday tuzulishiga xosdir?- Gorizontal tuzulishiga.
35. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?- Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan asraydi.
36. Geografik qobiqda sodir bo`ladigan barcha jarayonlarning asosiy qismi va kamroq qismi qanday energiyalar ta`sirida ro`y beradi?- Asosiy qismi Quyosh energiyasi, kamroq qismi Yerning ichki energiyasi.
37. Labrador yarim orolining shimolidagi qo`ltiq?- Ungava.
38. Bandar-Seri-Begavan qaysi davlatning poytaxti?- Bruney.
39. Kolarado daryosi qayerga quyiladi?- Kaliforniya qo`ltig`iga.
40 Van ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Turkiya.
41. G`orlar qanday tog` jinslarida yaxshi rivojlanadi?- Ohaktosh, gips, bo`r.
Mavzu: Geografik qobiqni rivojlanish qonuniyatlari.
42. Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari nechta?- 3 ta Nobiogen, Biogen va Antropogen.
43. Yerda hayot qachon paydo bo`lgan?- 3,8-3,5 mlrd yil.
44. Nobiogen bosqich qaysi davrlarni o`z ichiga oladi va unda nimalar shakillangan?-4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o`tgan davrni qamrab oladi va litosfera, gidrosfera, atmosfera shakllanadi.
45. Biogen bosqichga tafsif bering?- 570 mln yil avval boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada biosfera shakllangan va geografik qobiq mukammal bo`lgan.
46. Gersin Kaledon tog` burmalanishlari qaysi erada sodir bo`lgan?- Paleozoy (340 mln yil).
47. Qaysi bosqichda (3mln yil avval) odam paydo bo`lgan?- Antropogen bosqichda.
48. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlariga nimalar kiradi?- Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi davriy, ritmiklik hodisalar, geografik zo`nallik va hududiylik.
49. Ritmiklik deb nimaga aytiladi?- Tabiatda vaqt o`tishi bilan bir xil hosidalarning takrorlanib turushi ritmiklik deyiladi.
50. Geografik qobiqdagi modda va energiya almashinuviga nimalar ta`sir etadi?- Yerning ichki energiyasi va quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchli ta`sir etadi.
51. Zonallik deb nimaga aytiladi?- Geografik komponentlari va tabiat komplekslari ekvatordan qutblar tomon, tog`larda balandlik tomon qonuniy ravishda o`zgarib borishiga zo`nallik deyiladi.
52. Tabiat zonalari, iqlim mintaqalari qanday qonuniyatga bo`ysinadi?- Zonallik.
53. Afrikaning qaysi qismida Alp burmalanishi sodir bo`lgan?- Atlas tog`larining o`rta dengiz qirg`oqlarida.

Mavzu: Litosfera va yer relyafi.
54. Litosferaga qayerlar kiradi?- Yer po`sti va yuqori mantiyaning bir qismi.
55. Yer po`sti bilan yuqori mantiya oralig`idagi chegarani kim, qachon aniqlagan?- 1914-yil Moxorovichich.
56. Yer po`stida qanday hududlar ajratiladi?- Platforma va geosinklinal.
57. Sharqiy Yevropa, Sibr, Hind, Janubiy Xitoy o`rtasidagi umumiy o`xshashlik?- Platformalar.
58. Yer po`stining o`ta serharakat joylari nima deyiladi?- Geosinklinal mintaqalar.
59. Yer po`stining qalinligi tekisliklarda, yosh tog`larda qancha km qalinlikka ega?- Tekisliklarda 35-40 km, yosh tog`larda 55070 km qalinlikda.
60. Okean yer po`stida qaysi qatlam uchramaydi?- Granitli qatlam.
61. Litosferaning qalinligi okean tubida va quruqliklarda qancha km?- Okean tubida 5060 km, Quruqlikda 100-200 km gacha.
62. Qalinligi 3,5-5 km bo`lgan yer po`stida qanday jinslar borligi aniqlandi?- Magmatik jinslar.
63. Astenosfera nima va uning lug`aviy ma`nosi?- Yer po`sti bilan mantiya oralig`idagi qatlam. Yunoncha «astenos”- kuchsiz.
64. Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi?- Astenosfera qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalardan tuzilganligiga va mantiyadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga.
65. Litosfera plitalarining to`qnashish chegaralarida nimalar sodir bo`ladi?- Tog`larning paydo bo`lishi harakatdagi vulqonlar, zilzilalar sodir bo`ladi.
66. Relyef so`zining ma`nosi?- yunoncha- ko`tarilaman.
67. Relyefning asosiy shakllari?- Tog` va tekisliklar.
68. Quruqlikning eng past nuqtasi?- O`lik dengiz-405 m.
69. Kaspiy bo`yi pastekisligi dengiz sathidan necha metr pastda joylashgan?- 28 m.
70. Materiklar deyarli 35 %i qayerda joylashgan?-Dengiz va okean suvlari tog`ida.
71. Okeanning batial qismi necha metr chuqurlikkacha uchraydi?- 3000 m gacha.
72. Abissal so`zining ma`nosi?- Yunoncha tubsiz degan ma`noni.
73. O`rta okean tizmalarining uzunligi qancha?- 60 ming km.
Mavzu: Gidrosfera. Uning tarkibiy qismlari.
74. Okean suvlarining o`rtacha sho`rligi ekvator yaqinida, mo`tadil kengliklarda va tropiklarda qanchani tashkil etadi?- Ekvator yaqinida 34 % , Tropiklarda 36 %, mo`tadil va qutbiy kengliklarda 33 %.
75. Okean suvining o`rtacha harorati?- + 17,50 C.
76. Eng issiq okean- Tinch okeani +19,40 C.
77. Eng sovuq okean?- Shimoliy muz okeani – 0,750 C.
78. » 20 mlrd km3” bu nima?- Mantiyadagi suv zahirasi.
79. Sirdaryo, Amudaryo, Nil?- …. Tranzit daryolar.
80. Muzliklar quruqlikning necha % maydonini egallaydi?- 11%.
81. Antarktida, Gerelandiya, Arktika muzliklari asosan qanday muzlik hisoblanadi?- Qoplama muzlik- 99 %
82. Qayerlarda qor chizig`i dengiz sathiga barovarlashadi?- Qutblarda.
83. Magmatik xususiyatga ega bo`lgan yer osti suvi?- Geyzerlar.
84. Yer osti suvlarining gidrosferadagi ulushi qancha?- 4 %
85. Ko`p yillik muzloq yerlar qanday hosil bo`ladi?- Tuproq cho`kindi jinslar, yer osti suvlari birgalikda muzlab qolishidan.
86. Ularning qalinligi qancha?- 0 metrdan 1500 m gacha.
87. Chuqurligi bo`yicha 2-o`rinda turadigan ko`l?- Tanganika ko`li.
88. Baykal ko`lining maydoni?- 31500 km2.
89. Jami ko`llarning suvlarining umumiy hajmi?- 750 ming km3.
90. Fedchenko muzligining maydoni?- 907 km2.
91. Shimoliy muz okeanining o`rta qismida qanday tog` tizmasi joylashgan?- Lomonosov suv osti tog` tizmasi.
92. G`arb tomonga oquvchi daryolar?- Kongo, Senegal, Oranj, Murrey, Kolumbiya, Don, Aranga, Yukon daryolari.
93. Ko`p yillik muzloq yerlarning maydoni qancha?- 20mln km2.
94. Yer sharidagi eng yirik dengizlar?- Sargass (7000 mln), Filippin (5.726000 km2), Arabiston (4832), Marjon (4068), Jani Xitoy (3573 ming km2).
95. Makaser bo`g`ozi qaysi dengizlarni tutashtirib turadi?- Sulavesi va Yava dengizlarini.
96. Okeanning qaysi qismi davlat mulki hisoblanadi?- 200 milgacha qirg`oqdagi dengiz shelfi.
97. Bir dengiz milyosining uzunligi qancha?- 1853 metr.
98. 8-gradus bo`g`ozi qaysi orollar orasida joylashgan?- Lakkadif va Maldiv orollari.
99. Hindiston ya. orolining shimoliy-g`arbida joylashgan cho`l?- Tar cho`li
100. Tog` yer yuzining qancha qismini tashkil etadi?- 40 %.
101. O`zbekistonda 1- geografik atlas qachon kim tomonidan yaratilgan?- 1963 yil. Babushkin tomonidan.
102. Pantalasa so`zining ma`nosi?- Yunoncha «pan: barcha, «de”-yer, «thallasa”- dengiz. demakdir.
103. Kichik Osiyo ya oroli, Apenin, Priney ya orollari qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?- Subtropik mintaqada.
104. 1912- yillarda A.O.VeGenar nimaga asos solgan?- Mobilizm gipotezasiga asos solgan.
105. Nukvalafa qaysi davlatning poytaxti?- To`nga.
106. Bolivya qaysi davlatlar bilan chegaradosh?- Chili, Peru, Braziliya, Argentina, Paragvay davlatlari bilan.
107. Komondor va Kuril orollari qaysi davlatlarga qarashli?- Rossiya.
108. Kanada poytaxti Ottava shahri uning qaysi tomonida joylashgan?- Janubida.
109. Finlar, vengerlar, estonlar qaysi til oilasini, qaysi til guruhiga mansub?- Fin-ugor guruhi, Ural tillar oilasi.
110. Qorabo`g`ozko`la qo`ltig`idan nima qazib olinadi?- Glauber tuzi. (Mirabilit).
111. Etna vulqoni qaysi orolda joylashgan?- Sitsiliya.
112. Folklent orolining boshqacha nomi?- Malvin orollari.
113. Ko`ngo daryosida nechta Stenli va Livigiston sharsharasi bor?- Stenli 7 ta, Livigiston 32 ta.
114. Okean suvlari dunyo suv zahirasining qanchasini tashkil etadi?- 96,4 %
115. Atmosfera massasining qancha qismi quyi qatlamga to`g`ri keladi?- 99,5 % i 80 km gacha, 80 %- troposferaga.
Mavzu: Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari.
116. 1774-yilda A.Lavnazye nimani aniqlagan?- Atmosferaning gaz tarkibini.
117. Troposfera so`zining ma`nosi?- Yunoncha- «Burilish”.
118. Mezosferaning qalinligi qancha?- 80- 85 km.
119. Iqlim hosil qiluvchi omillarga nimalar kiradi?- Geografik kenglik omili, Atmosfera bosimi va havo massalari omili, yer usti tuzilishi tabiat komplekslarining xilma-xil bo`lishi iqlim hosil qiluvchi.
120. Doimiy shamollar nima ta`sirida sh. yarimsharda o`ngga, janubiy yarimsharda chapga buriladi?- Koriolis kuchi ta`sirida.
121. Okeanda eng o`zgaruvchan suv qanday chuqurlikda joylashgan?- 200m-250 m gacha.
122. Qaysi oqim yer yuzasidagi barcha daryolarning umumiy suv hajmidan 70 marta katta.?- Golfstrim oqimi.
123. Yer sharida nechta iqlim mintaqalar bor va ulardan nechtasi asosiy?- 13 ta iqlim mintaqalari bor. Ulardan 7 tasi asosiy, 6 ta-orollar.
124. Ekvatordan qutblarga tomon havoning o`rtacha yillik harorati qanchadan-qanchagacha pasayadi?-25-26 0 C dan – 100 C gacha pasayadi.
Mavzu: Tabiat komplekslari, ularning almashinishi va zo`nalligi.
125. Tabiat kompleksi nima?- Tabiat komponentlarining o`zaro uzviy aloqasi va bir-biriga ta`sit etishi natijasida vujudga keladigan va o`ziga xos xususiyatlarga ega bol`gan hududlar. Tabiat kompleksi (TK) deyiladi.
126. Dunyo okeani nechta tabiat mintaqaga ajratilgan?- 11 ta tabiat mintaqasi.
127. Tabiat zonalarining tarkib topishiga asosiy sabab?- Iqlim.
128. Mo`tadil iqlim mintaqasining 700 sharqiy. U meridiani bo`yicha qaysi tabiat zo`nalari joylashgan?- Ignabargli, keng barkli o`rmonlar, aralash o`rmonlar, o`rmon- dasht, dasht-cho`l va chalacho`l tabiat zonalari.
129. Antropogen landshaft nima?- Insonning xo`jalik faoliyati natijasida o`zlashtirilgan T.K lari antropogent-lanshaft deyiladi.
130. O`zbekiston tog`larida qanday balandlik mintaqalari bor?- 4 ta balandlik mintaqalari: cho`l, adir, tog`, yaylov.
Mavzu: Materiklar va okeanlarning paydo bo`lishi.
131. Dekart-Kant-Laplas gipotezasi qanday yaratilgan?- Quyosh tizimi va Yer koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo`lgan degan fikrni bir xil tarzda aytishgan. Shu ularning nomi bilan nomlangan.
132. Mobilizm gipotezasini kim va qachon ishlab chiqdi?- 1912 yili nemis geologi A. Vegener.
133. Mobilizm so`zining ma`nosi?- yunoncha- siljiydigan harakat.
134. Pangeya materigi qachon paydo bo`lgan?- 200 mln muqaddam
135. Lavraziyadan qaysi materiklar ajralib chiqqan va qachon?- 65 mln yil avval sh.Amerika va Yevrosiyo materiklari.
136. A.Vegener materiklarning gorizontal siljishiga nima sabab deb hisoblagan?- Yerning o`z o`qi atrofida aylanish hisobiga yuzaga keladigan markazdan qochma kuch sababchi.
137. Litosfera plitalari tehnikasi gipotezasini kimlar qachon yaratgan?- 1968 yil L.R.Sayks, J.Oliverlar.
138. Nima ta`sirida Litosfera plitalari bir-biridan uzoqlashadi?- Mantiya moddalarining yuqori tomon harakatlanishi.
139. Olimlarning bashoratiga ko`ra qaysi ko`llar okeanga aylanishi mumkin?- Qizil dengiz va Baykal ko`li.
140. Benta nima?- Okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashovchi organizm.
Mavzu: Dunyo okeani, uning qismlari va okean tubi relyefi.
141. «Dunyo okeani” atamasini kim, qachon fanga kiritilgan?-1917 yil rus olimi Y.M.Shokalskiy.
142. «Okean” atamasining lug`aviy ma`nosi?- Okean atamasi finikiyaliklar so`zidan olingan bo`lib, yunoncha qirg`oqsiz dengiz. Yerni aylanib yuruvchi buyuk daryo.
143. «Chellenjer ekspiditsiyasi” qaysi fanga asos soldi?- Okeanografiya faniga.
144. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda necha %, J.yarimsharda necha % qoplagan?- Sh yarimsharda 61%, J.Yarimsharda 81 %.
145. Okean suvlari qachon chuqurlik bo`yicha o`rganila boshlandi?- 1920 yildan.
146. Dunyo okeanini birinchi bo`lib kim 1650 yil beshta qismga ajratgan?- Gollandiyalik olim B. Vorenius.
147. O`rta dengiz tog` tizmasining uzunligi?- 60 ming km.
148. Dunyo okeanida jami nechta dengiz bor?- 67 ta.
149. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini o`z ichiga nechanchi asrlarni oladi va bu davrda kimlar kashfiyot qilgan?- XV asrning 2 yarmida, XVII asrning birinchi yarmida X.Kolumb, J.Kabot, Vasko da Gama, Amerigo Vespuchi, F.Magelan, F.Dyerk, V.Yanszan, A.Tosmanlar.
150. Eng oroli ko`p bo`lgan okean?- Tinch okeani 10 mingdan ortiq.
Mavzu: Okean suvining sho`rligi harorati, oqimlari.
151. Suvning sho`rligi Tinch va Atlantika okeanlarida qancha?- Tinch okeanida 36-37 %, Atlantika okeanida 37,9 %.
152. Termik ekvator zonasida suvning o`rtacha harorati qancha?- 27-280 C. (5-100sh.kengliklarda).
153. Dunyo okeanining eng issiq suvi va eng sovuq qismi qayerda kuzatiladi?- eng issiq suvi Fors qo`ltig`ida, eng sovug`i qutbiy doiralar ichkarisida.
154. Okean suvining sho`rligi Fin qo`ltig`ida qancha?- 2 %.
155. Ochiq okeanda harorat qanday o`zgaradi?- -20-290 C.
156. Dunyo okeani suvining gorizontal va vertikal yo`nalishda o`zgarishiga nimalar ta`sir etadi?- geografik kenglik, oqimlar,vulqonlar, daryo suvlari ta`sir etadi.
157. Oqimlar deb nimaga aytiladi?- Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo`nalgan gorizantal harakati.
158. Sovuq oqimlar qayerdan qaysi tomonga qarab harakatlanadi?- Qutblardan ekvator tomonga.
159. Eng tez oqim?- Golfstrim (3m/sek).
160. Nimalar ta`sirida dunyo okeani suvlarida qalqish xodisasi paydo bo`ladi?- Yer va Oyning tortishish kuchi ta`sitida.
161. Eng baland to`lqin qayerda qayd qilingan?- Tinch okeaninning shimoliy qismida 34m.
162. Dovullar qanday kengliklarda tez-tez kuzatiladi?- Tropik va mo`tadil kengliklarda.
163. Sunamining tezligi qancha?- 700-800 km/soat.
164. Qaysi oqimlarning tezligi 95 sm/sek, 25-75 sm/sek ga teng?- G`arbiy shamollar oqimi, Janubiy passat oqimi.
165. Geografiya kabinetida 300 m3havo bor. Mazkur havo +300li haroratda qancha namlikni o`zida tutib turishi mumkin?- 30 gr i300 m3= 9000 gr.
166. Termometr 8 km balandlikda –180C ni k`orasatadi. Bu vaqtda yer yuzasidagi harorat qanchaga teng bo`ladi?- 6i8 =48, 480+(-18)= +300 C.
Mavzu: Okean boyliklari va ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
167. Dunyo okeanida ovlanadigan organizmlarning qancha qismi baliqlar, umurtqasiz hayvonlar, dengiz sut emizuvchilarini tashkikl etadi?- 80 % ga yaqin baliqlar, 10-12 % umurtqasiz hayvonlar, 8-10 % dengiz sutemizuvchilari.
168. Nekton nima?- erkin ko`chib yuruvchi organizmlar.
169. Hozir biologik resurslarning necha % dan foydalanilmoqda?- 2%
170. Okean suvlaridan yiliga qancha treska, selt va shumbiriya baliqlari ovlanadi?- Treska-10,7 mln t, seld-22,3 mln t, shumbiriya-5,1 mln t.
171. Dunyo okeaning eng ko`p neft va gaz qazib olinadigan joyi?- Fors ko`rpasi.
172. Iqtisodiy savdo aloqalarining 80 %i, mahsulotlar tashishning 95 % qaysi taransport o`raqali bajarialdi?- Dengiz transporti.
173. Dunyo okeani sohillarida nechta port shaharlar bor?- 2700 ta.
174. Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk qanday mahsulotlarga tog`ri keladi?- Neft va neft mahsulotlari.
175. Dengiz truzmidan tushadigan yillik daromad qancha?- 220 mlrd dollar.
176. Halqaro dengiz tashkilotlariga nimalar kiradi?- Xalqaro dengiz komiteti, Davlatlar aro okeanografik komissiya.
177. Planktonlar turlari?- Fitoplankton va Zooplanktonlar.
178. Marmar dengizi qaysi bo`g`ozlar o`rtasida joylashgan?- Dardanel va Bosfor bo`g`ozlari.
179. Yerning shimoliy magnit qutbining geografik o`rnini aniqlagan olim?- R.Amundsen.
180. Bermuda orollari qaysi dengiz hududida joylashgan?- Sargasso.
181. Ochiq okeanda suvning ko`tarilish balandligi qancha?- 4 metrgacha.
182. 2 tonna okean suvidan 50 kg tuz olingan bo`lsa, uning sho`rligi qanchaga teng bo`ladi?- 1 t suvda-25 kg, demak, suvning sho`rligi 25 %.
183. Xonsiyu oroli qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan?- Subtropik va mo`tadil mintaqalarida.
184.Balandligi 2037 m bo`lgan cho`qqi?- Mitchell tizma. Appalachi tog`ida.
185. Krater nima?- Yer yuzasidagi yoki dengiz ostida uchraydigan tovoqsimon yoki varyonkasimon chuqurlik K.vulqonlar otilishi, yirik meteoridlarning tushushi natijasida hosil bo`ladi.
186. Mindanao` oroli, luson o, Samar o qaysi orollar tarkibiga kiradi?- Filippin.
Mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlik ta`siri.
187. Issiqlik mashinalari qanday ma`noni bildiradi?- Dunyo okeani Yer yuziga Quyoshdan kelayotgan issiqlikni 70m % ni yutadi. Va okean issiqlik akumlyatoriga aylanadi.
188. Atmosferada sodir bo`ladigan shamol, bo`ron va quyinlar bosh sababchisi?- «Okean Û atmosfera Û Quruqlik” tizimining modda va energiya almashividir.
189. Rekratsiyon resurslar nima?- Dam olish va turizm resurslari.
190. Sovuq oqim o`tgan hududlarda hosil bo`lgan cho`llar?- Namib, Samali, Atakama cho`li.
191. Jo`ybor nima?- Kanal, daryo, ariq, ariq bo`yidagi joy, yer.
Mavzu: Tinch okeani.
192. Tinch okeani haqida umumiy ma`lumot?- Okeanning dengizlar bilan birga maydoni-178700000 km2. O`rtacha chuqurligi –3960 m eng chuqur joyi- Mariana cho`kmasi 11022 m, suv hajmi- 710400000 km3, Dengizlar soni-25 ta, Eng yuqori suv ko`tarilishi- Penjin labi- 13,2 m, eng yirik qo`ltiq- Alyaska qo`ltig`i- 384 ming km2.
193. Tinch okeani dunyo okeani maydonini qancha qismini tashkil etadi?- yarmini, yer yuzini 1/3 qismini tashkil etadi.
194. Tinch okeani shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan janubga-12 ming km, g`arbdan sharqqa-17,2 ming km cho`zilgan.
195. Tinch okeanini birinchi bo`lib ko`rgan sayyoh kim?- 1513 yil Ispaniyalik sayyoh V.Balboa ko`rgan.
196. Tinch okeani haqidagi dastlabki ma`lumotlar kimlarning sayohatlari asosida to`plangan?- F.Magellan va J.Kuk.
197. 1741 yilda kimlar okeanni shimoliy qismini o`rganishdi?- V.I.Bering va A.I.Chirikov.
198. Tinch okeanini yillik siljish tezligi qancha?- 10 smdan katta.
199. Cho`kindi jinslarning qalinligi qayerlarda 100-200 m, 500-600 m ni tashkil etadi?- Botiqlarda –100-200 m, Ekvatorial mintaqada-500-600 m
200. Okeanda shelf qancha maydonni egallaydi?- 1,7 % maydonni.
201. Dengiz sayozligi okeanni qaysi dengizlarida mavjud?- Bering, Oxota va Arafur.
202. Chuqurligi 5 kmdan ortiq bo`lgan 35 ta botiqni qanchasi shu okeanda joylashgan?-25 tasi.
203. O`rtacha yillik yog`in miqdori okeanni ekvator atrofida, mo`tadil kenglikning g`arbida va sharqida, subtropiklarning sharqda qanchasini tashkil etadi?- Ekvator-3000 mm, mo`tadil kengliklar g`arbida 1000 mm va sharqida –2000-3000 mm subtropik sharqida-100-200 mm.
204. Okeanning eng sho`r qismi qayerga to`g`ri keladi?- Tropiklarda 36 %.
205. Tayfun so`zining ma`nosi?- Xitoycha- «tayfin”- katta shamollar degani.
206. Tayfunlarning tezligi qanday bo`ladi?- 30-50 kamdan 100 km gacha.
207. Dunyodagi tirik organizmlarning yarmi qaysi okeanga to`g`ri keladi?- Tinch okeaniga.
208.Okeanning shimoliy qismida losossimon baliqlarning qancha qismi yashydi?- 95 %.
209. Tinch okeanidagi eng yirik molyuska va uning og`irligi?- Tridakna og`irligi 30 kg.
210. Qayerlarda uzunligi 200 m bo`lgan gigant suv o`simliklari o`sadi?- Janubiy kengliklarda.
211. Yaponlar jon boshiga qancha okean mahsulotlari istemol qiladi?- 80 kg.
212. Tinch okean sohillarida nechta mamlakat joylashgan?- 50 ta mamlakat.
Mavzu: Atlantika okeani.
213. Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi okeandan boshlangan?- Atlantika okeanidan.
214. Atlantika okeani haqida umumiy ma`lumot?- Okeannning dengizlar bilan birga maydoni-91700000 km2. O`rtacha chuqurligi-3926 m. Chuqurligi-«Puerto-Riko cho`kmasi-8742 m, suv hajmi-330 mln km3. Dengizlar soni- 16 ta. Eng yuqori suv ko`tarilishi- Fandi qo`ltig`i-18 m. Eng yirik qo`ltiq-Meksika 1555000 km2.
215. Okean shimoldan janubga qancha masofaga cho`zilgan?- 12 ming km.
216. Okeanning eng keng va eng tor joylari qayerlarga to`g`ri keladi?- Eng keng joyi mo`tadil k (9450), eng tor joyi (2620 km) shimoliy qismi.
217. «Atlanta” so`zining ma`nosi?- Yelkasiga osmon gumbazini ko`tarib turuvchi Paxlavon.
218. Atlantika okeanini 1 chi bo`lib kesib o`tgan xalqlar?- Vikinglar.
219. Dastlab geografik xaritaga atlantika nomi qachon yozilgan?- 1507 yil.
220. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida kimlarning sayohatlari tufayli ko`plab ma`lumotlar berilgan?- B.Diash, Kolumb, J.Kabot, Vasko da Gama, F,Magellan, J.Kuklar Atlantika haqida ko`plab ma`lumot to`plagan.
221. Okean tabiatini, kompleks o`rganish qachon boshlanadi?- XIX asrning oxiridan.
222. Atlantika okeanida kotlavinalar soni qancha?- 15 ta.
223. Qaysi materiklarning gorizontal yo`nalishidagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo`lgan?-Gonduana va Lavrazeya materiklarning.
224. O`rta okean tizmalaridaqanday jinslar tarqalgan?- Bazaltli va vulkanli jinslar.
225. Dengiz sayozligi okeanning qayerlarida katta maydonni egallaydi?- Okeanning shimoliy qismida, Floruda yarim oroli, Folklend orollari yonida.
226. O`rta okean tizmasining tepa qismini nimalar kesib o`tgan?- Ko`ndalang va bo`ylama chuqur daralar-riftlar kesib.
227. Atlantika okean yuza suvlarining harorati qancha?- +16,50 C.
228. Okeanning qaysi kengligida bo`ronli kunlar ko`p?- 400 jk.
229. Okeanning qaysi qismida shitil-(shamolsiz kunlar) bo`ladi?- Subtropiklarda.
230. Atlantika okeanining qaysi hududlarida suvning sho`rligi 34-35 %, va 37-39 % ni tashkil etadi?- Shimoliy va janubiy chegaralarida 34-35 %, O`rta dengizda –37-39 %.
231. Qaysi oqim tufayli murmansik po`rti qishda muzlamaydi?- Golfistrim oqimi.
232. Atlantika okeanining qaysi mintaqasida yillik yog`in miqdori 1770mm va suvning o`rtacha sho`rligi 35 % ga teng?- Ekvatoryal.
233. Sargasso dengizi qaysi mintaqada joylashgan?- Shimoliy suptropik mintaqada joylashgan. Suvining sho`rligi 37 % harorati yozda 280 C, qishda 230 C.
234. Sargasso dengizining sho`rligi va harorati qancha?- Sho`rligi-37 % ga teng, qishda 230 C, yozda 280 C.
235. Dengiz transportining ahamiyati jihatidan qaysi okean 1- o`rinni egallaydi?- Atlantika okean.
236. Suaysh kanali qachon qurilgan?- 1869 yil.
237. Dunyo okeani quyoshdan kelayotgan issiqlikning necha % ni yutadi?- 70 %.
Mavzu: Hind okeani.
238. Hind okeani haqida umumiy ma`lumot?- Umumiy maydoni-76170000 km2, o`rtacha chuqurligi-3711m, eng chuqur joyi- Zond cho`kmasi-7729 m, suv hajmi-282700000 km3. Dengizlar soni –11 ta, eng yuqori suv ko`tarilishi- Kanbey qo`ltig`i-11,9 m. Eng yirik qo`ltig`i- Bengaliya-2191 ming km2.
239. Hind okeani misrliklar, finikiyaliklar, hind dengizchilari tomonidan qachon o`rganildi?- Bundan 6 ming yil avval.
240. Hind okeanini birinchi bo`lib g`arbdan sharqqa tomon kesib o`tgan sayyoh?- 1642-1643 yil A.Tasman.
241. YUNESKO tashabbusi bilan 1660-1665 yil tashkil etilgan ekspiditsiya?- Xalqaro Hind okeani ekspiditsiyasi.
242. Hind so`zining ma`nosi?- Pushti tilida «daryolar otasi”.
243. Qaysi xalqlar Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o`tib, g`arbdan qaytib kelganlar?- Finikiyaliklar.
244. Suvining o`rtacha chuqurligi qancha?- 3711 m.
245. Hind okeanining suvining o`rtacha sho`rligi?- 36,5 %.
246. Yog`in miqdori qayerlarida eng ko`p va eng kam deb kuzatilgan?- Ekvatoryal mintaqada eng ko`p-3000 mm, Shimoliy g`arbiy qismida eng kam yog`in miqdori-100 mm.
247. O`rtaliq Hind okean tog` tizmalarining kengligi va balandligi qancha?- Kengligi –400-800 km, balandligi 2-3 km.
248. Okeannning eng sho`r va eng chuchuk joylari?- eng sho`ri qizil dengizi-42 %, eng chuchigi-Bengaliya qo`ltig`i- 30-34 %.
249. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati qancha?- +250 C, +280 C.
250. Okeanda cho`kindi jinslarning eng qalinligi qanchagacha boradi?- 5,5 km. Gang deltasida.
251. Kim Hind okeaniga 7 marta katta ilmiy safar uyushtirgan?- ________________
252. XVIII asrni 2 –yarmida ingiliz sayyohi Jeyms Kuk (1771-1775) oekanda qanday ish bajardi?- Okean chuqurligini aniqladi.
253. O`rtalik Hind okeani tizmalari qaysi tarmoqlarga bo`lingan?- Arabiston- Hindiston, G`arbiy Hind tog`lar va Avstraliya-Antarktida ko`tarilmagan.
254. Sardolena, Skunbareya Uchar baliq Hind okeanini qaysi qismida uchraydi?- Shimoliy Ekvatorial min.
255. Dunyoda ovlanadigan baliqlarni qancha qismi Hind okeandan ovlanadi?- Atigi 5 % tog`ri keladi.
256. Imperator va Adeli pingvinlarining og`irligi qancha?- Imperator ping-45 kg. Adeliniki-6 kg.
257. Hind okeanidagi iliq va sovuq oqimlar?- Janubiy passat, mozambik, musson, igna burun kabi iliq oqimlar, hamda g`arbiy shamollar va somali sovuq oqimlar bor.
258. Hind okeanidagi chekka dengizlar?- Hamdo`stlik, Deyvit, Qizil, Timor dengizi.
259. Hind okeanining qayerlaridan marvarid va sadaf qazib olinadi?- Shiri-Lanka, Baxrayin orollari va Avstraliyaning shimoliy-g`arbidan.
260. Bassov bo`g`ozidan nima qazib olinadi?- Neft.
Mavzu: Shimoliy Muz okeani.
261.Shimoliy Muz okeani haqida umumiy ma`lumot?- Umumiy maydoni-14100000 km2. O`rtacha chuqurligi-1225m . Eng chuqur joyi-Litke cho`kmasi-5527 m. Suv hajmi-18 mln km3. Dengizlar soni-11 ta. Eng yuqori suv ko`tarilishi Mezen Labi-10 m. Eng yirik qo`ltiq-Gudzong-848 ming km3.
262. Shimoliy Muz okean haqidagi 1 chi ma`lumotni Eramizdan avvalgi 325-y kim yozib qoldirgan?- Yunon olimi Pifey-«Qayrilgan dengiz” deb nom bergan.
263.Shimoliy Muz okeanini yevropaliklar qanday nom bilan atashgan?- Giperborey-(yunoncha-shimoldagi shamollar xudosi” degani).
264. Okean bundan qancha yil oldin paydo bo`lgan?- 60 mln yil.
265. Eng yirik orollar va arxipelaglari?- Novaya Zemlya, Novaya Sibr, Severnaya Zemlya, Shipisbereng, Frans Iosif yeri.
266. Gollandiyalik dengiz sayyohi Villem Barens 1594-1597 yil qayerlarni o`rgandi?- Shipisbergen arxipelagini takror kashf etdi, Novaya Zemliya oroli xaritasini tuzdi, Okean chuqurligini o`rgandi.
267. 1893-1896 yillarda kim «Farim” kemasida Arktikani shimoliy qismlarigacha borib okean chuqurligi va oqimlarni o`rgandi?- Norvegiyalik sayyoh F.Nansen.
268. Shimoliy Muz okeanidagi muz uyumlari nima deyiladi?- Toroslar.
269. Okeandagi aysberg yotqiziqlarini qalinligi?- 1000-3500 m.
270. Suv osti tizmalari nechta va Lomonosov tizmasining uzunligi?- Tizmalar soni 3 ta, Lomonosov tog` tizmasining uznligi-2000 km.
271. Suvning sho`rligi yuza suvlarda va okean tubida qanday?- Yuza suvlar sho`rligi 30-32 %, tubida 34-35 %.
272. Suvning o`rtacha sho`rligi qancha?- 30 %.
273. Naviyatsiya davri qancha vaqt davom etadi?- 1-4 oy.
274. Arktikada dengiz qushlari nimani hosil qiladi?- Qushlar bozorini.
275. Qaysi dengizlarda yil davomida kemalar qatnaydi?- Norvegiya sohillari va Barens dengizida.
276. Shimoliy Muz okeanida ko`p yillik muzlarning qalinligi?- 3-5 metr.
Mavzu: Afrika. Geografik o`rni va o`rganilish tarixi.
277. Afrika materigi haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-303000 ming km3. Dengiz sathidan eng baland joyi- Klimanjaro vulqon-5895 m. Dengiz sathidan eng past joyi- Assal ko`li sathi-153 m. Materikning eng shimoliy chekkasi-Ras-Engel b. Materikning eng chekka janubiy nuqtasi- Igna b. Materikning eng chekka g`arbiy nuqtasi-Almadi b. Materik eng chekka sharqiy nuqtasi-Ras-Xafun b. Eng uzun daryo-Nil 6671 km. Eng katta ko`l-Viktoriya 69463 km3. Eng katta orol-Madakaskar-587041 km2.
278. Afrika so`zining ma`nosi va kelib chiqishi?- Afrika so`zi Er.av.II asrdan qo`llanilgan va qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan.
279. Afrika materigi dastlab nima deb atalgan?- Liviya.
280. Bosh meridian va ekvator kesishgan joy?- Gvineya qo`ltig`i.
281. Afrikani shimoliy qismida Sidra va Gabes qo`ltiqlaridan tortib Tunisgacha borgan xalqlar kimlar?- Finikiyaliklar Mil.av. VIII asr.
282. Sher og`zidan qolgan sayyoh?- David Livingston.
283. O`z sayohati davrida Afrikani tabiati va aholisi haqida qiziqarli ma`lumotlar to`plagan va topografik ishlar qilgan, gidrologik va meterolig ishlar olib borgan sayyoh?- XIX asr oxirida Yunker.
284. 6 mingdan ortiq madaniy o`simliklardan namunalar to`plab, Habashiston qimmatli qattiq bug`doyni vatani ekanligini aniqlagan geografik olim?- N.I.Vavilov.
285. Tana ko`li qaysi tog`da joylashgan?- Efiyopiya tog`ligida.
286. Olmosni 98 %, oltinni 76 % qaysi materikdan qazib olinadi?- Afrika materigidan.
287. Janubiy Afrikada yog`in miqdori qanday o`zgaradi?- Sharqdan g`arbga tomon kamayadi.
288. Afrikanining janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o`rgangan sayyoh?- 1487-yil Bartolomeu Diash.
289. «30500 km” bu nimani bildiradi?- Afrika qirg`oqlariuzunligi.
290. Sharqiy Afrika yer yorig`i o`tgan hududlar?- Akoba qo`ltig`idanZambezi daryosining quyi qismigacha.
291. 5199 m, 5109 m, 5895 m, 4620 m, 4165m,- bu qaysi tog` cho`qqilariga tegishli?- Keniya(5199m), Margerita(5109m), Klimanjaro(5895m), Ras-Dashen(4620m), Tubkal(4165m).
292. Nechanchi yili Afrika yili deb ataladi?- 1960 yil 17 ta davlat.
293. Afrika tabiatini, aholisini, urf-odatlarini, ho`jaligini o`rganishda mashhur qaysi Marokashlik sayyohning xizmati katta?- Ibn Battuta.
294. Ibn Battuta qayerlarni o`rgangan?- U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil xavzasini (1395-1349 y). Sahroyi-Kabrning g`arbiy qismi, Niger daryosining yuqori oqimidan o`rta oqimigacha o`rgangan .
295. 1498 yil 20 mayda qanday geografik voqea sodir bo`lgan?- Portugaliyalik Vosko da Gama Hindistonning Kalkutta portiga yetib keldi.
296. Ingiliz sayyohi David Livingiston Afrikaning qayerlarini o`rgangan?- Kalaxari cho`li, Zambezi daryosini, Kongoning yuqori oqimlarini Nyasa va Tanganika ko`llarini o`rganadi. Viktoriya sharsharasiga nom berdi.
297. Kim – Zanzibar orollarini, Viktoriya ko`lini va Nil daryosining boshlanish irmog`i Kagera ekanligini aniqladi?- Ingiliz sayyohi-G.M.Stenli (1817-1877).
298. Afrika tabiati vaxalqlari hayotini o`rgangan rus olimlari?- V.V.Yunker, Y.P.Kavalevskiy, A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirgan va o`rganganlar.
Mavzu: Geologik tuzulishi va foydali qazilmalari.
299. Af Mate qachon Arabiston yarim orol bilan yaxlit platforma hosil qilgan?- 180 mln yil muqaddam.
300. Qaysi burmalanish davrida Qizil dengiz o`rni ochilgan?- Alp tog` burmalanishida.
301. Sharqiy Afrika yer yorig`ining uzunligi qancha?- 6500 km.
302. Chuqur ko`llar qanday joylarda tarkib topgan?- Grabenlarda.
303. Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi nimalarning tarkib topishiga sabab bo`lgan?- Rudali foydali qazilma.
304. Afrika qanday foydali qazilmalarga boy?- Kristal jinslardan-temir, xrom, mis, rux, qalay, uran rudasi, oltin, cho`kindi jinslardan-toshko`mir, neft, tabiiy gaz, marganes rudasi, tuzlar fosforitlar.
305. Mashhur mis mintaqasi qaysi davlatlar chegara zonasida joylashgan?- Zanbiya va Kongo davlatlari.
306. Materikning botiq, cho`kindi jinslar to`plangan joylarida nimalar keng tarqalgan?- Toshko`mir, neft, tabiiy gaz, tuzlar, marganes rudalari va fosfaritlar keng tarqalgan.
307. Afrika reyef jihatdan qanday qismlarga bo`linadi?- Past va baland Afrikalarga.
308. «Past” afrikaga relyef shakllariga qayerlar kiradi?- Qumli past-balandliklar ko`p. Sahroyi-Kabr, Kongo botig`i, Darfur, Axaggar, Tibesti tog`liklari.
309. «Baland” afrikaga qayerlar kiradi?- Sharqiy va Janubiy Afrikani egallagan.
310. «Past” va «Baland” afrika o`rtasidagi chegara qayerdan o`tadi?- Angola-Efiopiya yo`nalishi.
311. Qaysi afrikada Efiopeya tog`ligi, sharqiy Afrika yassi tog`ligi va janubiy Afrika yassi tog`lari joylashgan?- Baland Afrika.
312. «Past” afrikaning eng past joyi?- Kattora botig`i (-133m).
313. Assal ko`li qaysi botig`da joylashgan?- Afar botig`ida.
314. «Past” afrikaning asosiy relyef shakllariga nimalar kiradi?- Shimoliy G`arbiy plato va cho`llar, tog`lar.
315. Temir ruda konlari qayerlardan qazib olinadi?- Atlas tog`larida.
316. Shimoliy Afrikada qanday konlar ko`p?- Neft konlari.
Mavzu: Afrika iqlimi va uning asosiy xususiyatlari.
317. Afrika iqlimi qanday omillar ta`sirida tarkib topadi?- Geografik o`rn, havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari.
318. Afrikaning eng ko`p yog`in tushadigan joyi?- Gveniya qo`ltig`idagi Debunja shahriga 10000 mm gacha.
319. Janubiy Afrikada joylashgan tog`lar?- Kap va Drakon tog`lari.
320. Nima uchun Afrika eng issiq materik hisoblanadi?- Uning katta qismi yoritilish mintaqasida joylashgan ya`ni tropiklarda kengliklarda.
321. Afrikaning qayerlariga 1 sm2yuzaga 160-200 kkal energiya tushadi?- Ekvatorga yaqin joylarga.
323. Qaysi passatlar yog`in keltirmaydi?- Shimoliy-sharqiy passatlar.
324. Janubiy sharqiy passatlar qayerlarga ko`plab yog`inlar keltiradi?-Drakon tog`larini sharqiy qismida Madakaskar orolidagi tog`larga, Mozambik bo`g`ozi sohillariga.
325. Afrikaning qaysi hududlariga 3000-5000 mm yog`in yog`adi?- Madakasker orolining sharqiy qismlarida, sharqiy Afrika yassi tog`larining g`arbiy yonbag`irlarida.
326. Iqlimga relyefning ta`siri Afrikaning qaysi qismlarida yaqqol namoyon bo`lgan?- Janubiy Afrikada.
327. Afrikaning qaysi tog`larida qor yog`adi?- Atlas, Kilimanjaroning eng baland qismlariga.
328. Namib cho`lida uchraydigan yog`in turi?- Shudring.
329. Noosfera nima?- Yunoncha-«aql kurrasi”- Insonning aqliy faoliyati asosiy omilga aylangan biosfera. Biosferaning oliy darajada rivojlangan bosqichi.
330.Afrikada quldorlikka asos solgan 1-davlat?- Portugaliya.
331. Afrikada eng past harorat qayerda kuzatilgan?- Marokashda –150C sovuq.
332. Afrikadagi eng baland sharshara?- Tugela shar.933 m.
333. Kanurun vulqonining balandligi qancha?-4070 metr.
334. Nubiya cho`lining asosiy qismi qaysi davlatga qarashli?- Sudan.
335.Afrika shimoldan janubga 8000 kmga, g`arbdan-sharqqa 7500 kmga cho`zilgan.
Mavzu: Ichki suvlari.
336. Nil daryosining necha % suvi sug`orishga, bug`lanishga va tuproqqa sarf bo`ladi?- 70 %.
337. Uzunligi 4320 km, havzasining maydoni 3,8 mln km2, Livinoston nomli 32 ta, Stenli nomidagi 7 ta sharsharasi mavjud bo`lgan daryo?- Kongo.
338.Kongni Nil daryosidan farqi?- Uning sersuv, havzasi katta va delta hosil qilmaydi.
339. Niger daryosining uzunligi va havzasining maydoni?- Uzunligi-4160 km, havzasining maydoni- 2 mln km2.
340. O`z havzasini o`zgartirib turuvchi ko`l?- Chad ko`li.
341. Chad ko`liga qaysi daryolar quyiladi va chuqurligi qancha?- Hiari daryosi quyiladi, chuqurligi –4-7 m.
342. Afrikadagi oqmas k`ollar nomi?- Chad, Rudolf, Rukva ko`llari.
343. Qaysi cho`llardan yer osti suvlaru topilgan?- Sahroyi-Kabr, Namib, Kalaxari-Somali cho`llari.
344. Afrikaning Hind okeani havzasidan o`rin olgan kichik daryolarini sanang?- Zambezi, Limpapo, Rufiji, Tana, Jubba, Uabi-Shebelle va boshqa daryolar.
345. Oranj daryosining manbayi va mansabi?- Manbayi-Drakon tog`i, mansabi Alantika okeani.
346. Zambezi daryosining uzunligi qancha?- -2660 km.
347. Qaysi daryoda Asvon to`g`oni qurilgan?- Nil daryosida.
348. Nil daryosi suvi sathini o`lchagan o`zbek olimi?- Al-Farg`oniy.
349. Dunyodagi eng uzun ko`lning uzunligi qancha ?- tanganika 650 km dan ortiq.
350. Ko`knil qaysi ko`ldan boshlanadi?- Tana ko`li.
351. Qaysi ko`lning nomi mahalliy aholi tilida «suv” degan ma`noni beradi?- Chad ko`li.
Mavzu: Iqlim mintaqalari.
352.Afrika ekvatorga nisbatan qanday joylashgan?- Simmetrik.
353.Afrikada nechta iqlim mintaqalari mavjud?- 1 ta ekvatorial, 2 tadan Subekvatoryal, tropik va subtropik iqlim min. joy.
354. Ekvatoryal mintaqaga qayerlar kiradi?- Ko`ngo daryosi havzasining bir qismi va Gvineya qo`l sohillarini qamrab olgan.
355.Qaysi iqlim mintaqada faqat yoz fasli kuzatiladi?-ekvatorial mintaqada.
356.Sernam yoz va quruq qish qaysi iqlim mintaqaga xos?- Subekvatorial o`rtacha harorat 200c pasayadi.
357. Shimoli Tropikda esadigan qum shamol?- Kuchli «samum” shamoli arabcha «jazirama shamol”.
358. Vodiy nima?- Quruq o`zan, to`satdan yog`gan yomg`irdan to`yinadi.
359. Subtropik iqlim mintaqada qaysi faslda tropik havo massalari hukumron bo`ladi?- Yozda.
360. Qaysi iqlim mintaqasi shimoliy va Janubiy yarim sharning 150-200kengliklarigacha cho`zilib ketgan?- Subekvatorial.
361. Suptropik iqlim mintaqaga tavsif bering?- Chetki shimoliy va janubiy hududlari suptropik iqlim mintaqa Materikning shimoli g`arbi (iyul oyi o`r.har +270 C, +280 C, yanvar +110 C, +120 C) va janubi-g`arbida (iyul+130 C, +140 C, yanvar +210 C) yozi quruq, qishi namgarchilik.
362. Sharq tomondan balandligi salkam 3000 m bo`lgan chiqib bo`lmas ulkan devor kabi qad ko`targan rayon?- Xabashiston tog`ligi.
363.Qaysi daryoning nomi lotin tilidan tarjima qilganda «qora” degan manoni bildiradi?- Niger daryosi
Mavzu: Tabiat zonalari. Ekvatoryal o`rmonlar va savannalar tabiati.
1. Afrikada qaysi tabiat zo`nalari mavjud?- Afrika materigida doimiy sernam ekvatorial o`rmonlar zo`nasi bir, fasliy nam o`r-lar, savannalar va siyrak o`r-lar, chalacho`l va cho`llar, qattiq bargli doimiy yashil o`r-lar va butazorlar zonalari 2 marta takrorlanib keladi.
2. Qizil-sariq laterit yoki ferralit tuproqlar qaysi tabiat zo`nasida uchraydi?- Ekvatorial o`rmonlar zonasida.
3. Afrika materigidan boshqa materikda uchramaydigan hayvonlar?- Jrafa, Zebra, sher, begemot, gorella, okapi, Af tuyaqushi, lemur, marabu, genu kiyigi, mirza qush, qizil g`oz.
4. Afrikada eng katta tabiat zo`nasi?- Savannalar 40 %.
5. Vilvechiya o`simligi qaysi cho`lda o`sadi va qancha vaqt yashaydi?- Namib cho`lida. 150-200 yil yashaydi.
6. Setse pashshasi orqali odamlarga qanday kasallik yuqadi?- Uyqu kasalligi.
7. Savannalarda yog`in asosan qachon yog`adi va yomg`irli fasl necha oy davom etadi?- Asosan yozda yog`adi, yomgirrli fasl 6 oy davom etadi.
8. Eng ko`p tarqalgan daraxt turlari qaysi, savannalarda?- sershox akatsiya, qum palmasi.
9. Eng katta afrika tuyaqushini bo`yi va og`irligi qancha?- boyi-2,8 m, og`irligi 90 kg.
10. Ekvatorial o`rmonlar zonasida qancha daraxt va o`simlik turi mavjud?- Daraxtlarning 1000 turi, o`simliklarning 25000 turi.
11. Qaysi T.Z.da soyabonsimon akatsiya, baobob, mimoza o`sadi?- Savanna va siyrak o`rmonlar zo`nasida.
12. Aloe va yovvoyi tarvuz o`sadigan T.Z ni toping?- Cho`l va chalacho`larda.
13. Qaysi T.Z da ko`pdan ko`p hayvonlar darxtlarda yashaydi?- Nam ekvatorial o`rmonlar.
14. Haddan tashqari ochko`z qush- Marabu qayerda yashydi?- Savanna va siyrak o`rmonlar.
15. Yog`li (moyli) palma- yomg`irli davrda necha litr shirin sharbat beradi va nimalar tayyorlanadi?- 15 litr, undan vino va ichimliklar tayyorlanadi.
16. Balandligi 20 m, tanasining aylanasi 30 m va o`z tanasida 120 litr suv saqlay oladigan, 5000 yilgacha umr ko`radigan daraxt nomi?- Baobab.
17. Dunyo bo`ylab sayohat qilgan 2-sayyoh kim?- Jeyms Kuk.
18. Afrikada ekvatorial o`rmonlar yana qanday ataladi?- Gileya.
Mavzu: Tropik cho`llar va suptropiklar.
1. Tropik cho`llar materikni qancha % ni va qaysi qismida joylashgan?- 30 % egallagan va shimoliy qismida joylashgan.
2. Dunyodagi eng katta va jazirama cho`l bo`lgan Sahroyi Kabrning maydoni qancha?- 7,8 mln km2.
3. Sahroyi Kabrda vohalar qancha yer maydonini egallaydi?- 3% ini yana 200000 km2.
4. Nimaning natijasida cho`llardagi tog` jinslari, darz va yoriqlar paydo bolib, toshloq sahrolar hosil bo`lishiga olib keladi?- Kunduzgi 400-500 C li harorat, kechasi 00 C ga pasayishi natijasida.
5. S.Kabrdagi toshloq sahrolarni mahalliy aholi nima deb ataydilar?- Gamada.
6. Atlas tog`ining 3000 m dan tepa qismida havo harorati qanday bo`ladi va qancha qor yog`adi?- havo –100-170 C gacha sovib, 2 m qor yog`adi.
7. Senegal davlatining poytaxti?- Dakar.
8. Qaysi davlatning 15 % hududi milliy bog`lardan iborat. Kongo davlati.
9. S.Kabir vohalarining asosiy o`simlik nomi?- Xurmo.
10. Liviya cholida nima qaib olinadi?- Neft.
11. S.Kabirda asosan qanday cho`lllar katta maydonni egallaydi?- Qumli cho`llar.
12. Shimoliy suptropikda sohil va tog` yonbag`irlarida qanday o`simliklar osadi?- Makvis, zaytun, pakana palma, probka emani osadi.
13. Daraxtsimon o`t osimlik bo`lgan Bonan qayerlarda o`sadi?- Nam ekvatorial o`rmonlarda.
Mavzu: Tabiiy-geografik o`lkalar. Aholisi.
1. Afrika tabiiy sharoitiga ko`ra nechta geografik o`lkaga ajratilgan?- 4 ta ular- shimoliy, markaziy, sharqiy va januby Afrika.
2. Savannali Sudan, Sahroyi Kabr va Atlas tog`lari qaysi o`lkada joylashgan?- Shimoliy Afrikada.
3. Markaziy Afrika hududi qayerlarni qamrab olgan?- Gvineya qo`l sohillari va Kongo havzasini.
4. Sharqiy Afrika o`lkasi asosan qanday tog`liklardan iborat?- Efiyopiya tog`ligi va sharqiy Afrika yassi tog`ligi.
5. Qaysi o`lkada eng issiq va sernam iqlim kuzatilgan?- Markaziy va Sharqiy Afrikada.
6. Olmos va oltinga boy o`lka?- Janubiy Afrika.
7. Afrikaning jami aholi soni qancha?- 869,2 mln kishi.
8. Qaysi o`lkada yosh burmali tog`lar joylashgan?- Shimoliy Afrikada.
9. Neft, gaz va fosfat qoldiqlari bor o`lka?- Shimoliy Afrikada.
10. Materikda nechta milliy bog` va qo`riqxonalar tashkil etilgan?- 392 ta.
11. Janubiy Afrika o`lkasi qaysi daryolar suayirg`ichidan janubdagi hududlarni egallaydi?- Kongo-Zambezi.
12. Kryuger milliy bog`i qaysi davlatda joylashgan?- Janubiy Afrika Res (JAR).
13. Markaziy Afrikada yashaydigan mitti qabila?- Pigmey 140-142 sm.
14. Shimoliy Afrika bir-biridan farq qiluvchi nechta tabiat kompleksi bor?- 3 ta
1) Qatliq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar.
2) Qumli, toshloq cho`lli Sahroyi Kabr.
3) O`t o`simlikka boy savannali Sudan yoki Saxel hududlari.
15. Qaysi o`lkada qimmatbaho mebellar ishlanadigan qizil darxt, yog` olinadigan palma, seyba, maskat daraxtlari, kauchik olinadigan daraxtlar o`sadi?- Markaziy Afrikada.
16. Afrikaning shimolida qaysi xalqlar yashaydi?- Arablar bilan berberlar.
17. Janubiy Afrika subtropik lanshaftida qanday o`simliklar osadi?- Kiparis, kap zaytuni, kumush daraxt, kedr, afrika yong`og`i, kap kashtani, sariq daraxt.
18. Eng yirik milliy bog`lar qaysi o`lkalarda tashkil etilgan?- Sharqiy va Janubiy Afrika o`lkalarida.
19. Alp va Ximolay tog`lari bilan bir vaqtda paydo bo`lgan tog`lar?- Atlast tog`lari.
20. Mongoloid va negiroid irqlarining aralashmasi?- Malagasiy.
21. Nil daryosi deltasida aholi zichligi qancha?- 1 kv.km da 1000 kishi juda zich.
22. Savannalarning Niger va Senegal daryolari vodiysida nima yetishtiriladi?- Sholi.
23. Yevropoid va negiroid irqlarining aralashmasi?- Mulat.
Mavzu: Avstraliyaning geografik o`rni. O`rganilish tarixi, Relyefi.
1. Avstraliya haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-8959000 km2. Dengiz sathidan eng baland joyi-Jaya tog`i-5030 m. Dengiz sathidan eng past joyi- Eyr-Nort k-16 m. Eng chekka shimoliy nuqtasi-York b, Eng chekka janubiy nuqtasi-Janubiy-sharqiy b, eng chekka g`arbiy nuqtasi-Stip-Poyntb eng chekka sharqiy burni- Bayron b. Eng uzun daryosi- Murrey 3490 m, Eng yirik ko`l-Eyr-Nort-15000 km2. Eng yirik orol Yangi Givineya 792540 km2.
2. Avstraliya so`zining ma`nosi?-Lotincha-janubiy.
3. Yevropaliklardan birinchi bo`lib Avstraliya quruqligiga qadam qo`ygan kishi kim?- Gollandiyalik Villyem Yanszan.
4. 1606 yil Villyem Yanszan qaysi yarim orolni tekshirdi va materikka qanday nom berdi?- Keyp-York ya orolini tekshirdi. Yangi gollandiya deb.
5. Materikni shimoliy-g`arbiy qirg`oqlarni kashf etgan, Avstraliya alohida materik ekanligini aniqlagan sayyoh?- 1769-1770 yil Jeyms Kuk.
6. Materikning qirg`oqlari uzunligi qancha?- 19700 km.
7. Orollar va yarimorollar salmog`i qancha?- 22%.
8. 1642-yilda kim Tasmaniya orolini kasf etdi?- Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman.
9. Sharqiy qismidagi Katta Suayirg`ch tizmasi qaysi tog` burmalanishida ko`tarilgan?- Gersin tog burmalanishida.
10. Platformalarning zaminida qanday qazilmalar joylashgan?- temir, mis, qo`rg`oshin, rux, uran rudasi, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar.
11. Avstraliya nimalar qazib chiqarishda dunyoda mashhur?- Ruz, qo`rgoshin va kumush qazib chiqarishda.
12. Fosforit, osh tuzi, toshko`mir va qo`ng`ir ko`mir, neft tabiiy gaz qanday jinslar bag`rida tarkib topgan?-Cho`kindi jinslar.
13.Avstraliya qaysi zahiralar bo`yicha dunyoda yetakchi?- Temir va rangli metallar(boksit, qo`rg`oshin, rux,nikel).
14. Avstraliya relyef tuzilishiga ko`ra necha qismga bo`linadi?- 3 qismga: 1) G`arbiy Avstraliya yassi tog`ligi 2) Markaziy tekislik 3) Katta Suayirg`ich tizmasi.
15. Aholisining yarmi qaysi shaharlarda yashaydi?- Sidney va Melburun.
16. Kossyushko cho`qqisining balandligi?- 2228 metr.
17. Avstraliya shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qarab qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan janubga-3200 km, g`arbdan sharqqa-4100 km.
18. Kofening vatani?- Efiopeya.
19. Avstraliyada joylashgan tekisliklar?- Nallabor, Ayers-Rok, G`arbiy Avstraliya yassi tog`ligi.
20. Avstraliya shimolida joylashgan yarim orollar?- Keyb-York va Arnem-Lendlar.
21. Katta to`siq rifining uzunligi qancha?- 2300 km.
22. Avstraliyani o`zlashtirish qachon bohslandi?- XVIII asr oxiriga kelib.
23. Qaysi materikda xozirgi zamon muzliklari va so`nmagan vulqonlar uchramaydi?- Avstraliya materigida.
24. Eng yirik tosh ko`mir xavzasi qayerda joylashgan?- Yangi janubiy Uels.
25. Asosiy oltin konlari qayerda joylashgan?- Avstraliyaning g`arbidagi yassi tog`liklarda.
Mavzu: Avstraliya iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.
1. Avstraliya afrikaga nisbatan necha baravar quruq hisoblanadi?- 5 baravar.
2. Qaysi shamollar Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy yonbag`irlariga ko`plab yog`in keltiradi?- Janubi-sharqiy passatlar.
3. Avstraliyada nechta iqlim mintaqasi mavjud?- 4 ta:1) Subekvatoroal iqlim, 2)Tropik iqlim mintaqa 3)Subtropik iqlim mintaqa, 4)Mo`tadil iqlim mintaqa.
4. Subekvatorial iqlim mintaqasiga tavsif bering?- 200 j.k. gancha bo`lgan hududni egallaydi. Yozda ekvatorial havo massalari yog`in ko`p keltiradi.(800-2000 mm), qishda tropik havo massalari esadi, havo quruq yog`i yog`maydi.
5. Tropik iqlim mintaqasi qanday iqlim oblaslarga bo`linadi?- Quruq va Nam tropik iqlim mintaqa.
6. Qaysi iqlim mintaqasi materikni janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy qismini egallab olgan?- Subtropik iqlim mintaqalar.
7. Subtropik iqlim mintaqada yog`in miqdori qanday taqsimlangan?- G`arbdan sharqqa tomon subtropik iqlim tipi (300-1000mm) Kontinental iqlim tipi (yog`in100-500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iq.tipi (yog`in 2000-3000 mm).
8. Avstraliyada nima uchun daryolar oz?- Materikning katta qismi quruqtropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz.
9. Avstraliya ichki suvlarining 60 %, 7%, 33% qanday okean havzalariga tegishli?- 60% oqmas berk xavzaga, 7 % Tinch okean va 33 % Hind okean qaraydi.
10. Krik nima?- Daryolarning quruq o`zanlari.
11. Avstraliyada daryolar nimalardan to`yinadi?- Yomg`irdan va yer osti suvlaridan to`yinadi.
12. Eyr ko`lining maydoni qancha?- 15000 km2.
13. Materikning qayerlarida yer osti suvlari ko`p?- Cho`l va chala cho`l.
14. Avstraliyada qanday tabiat zonalari mavjud?- Nam ekvatoryal o`rmonlar, doimiy yashil qattiq bargli o`rmonlar, cho`llar, savanna va siyrak o`rmonlar, aralash o`rmonlar, tropik o`rmonlar.
15. Qaysi orol aralash o`rmonlar bilan qoplangan?- Tasmaniya.
16. Avstraliya aborigenlari qatyerdan ko`chib kelgan?- (Indoneziyadan) Janubi-Sharqiy Osiyodan.
17. Savannalarda qanday o`simlik va hayvonlar xos?- Evkalipit, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar, kenguru, vambatlar, xaltali chumolixo`r yashaydi.
18. Koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o`rdakburun yexidna, rang-barang to`tilar qaysi o`rmonlarda yashaydi?- Tropik o`rmonlarda.
19. Avstraliyaning cho`l va chalacho`l zonalarida past bo`yli, tikanli akatsiya va evkaliptlardan tarkib topgan quruq butazorlar- nima deb ataladi?- Skreb.
20. Evkaliptlarning turlarining soni?- 600 dan oshadi.
21. Avstraliyadagi 12 ming tur o`simlikdan qanchasi endemik?- 9000 tasi, 75 %.
22. Materik xayvonlarining necha % yer yuzining hech qayerida ucramaydi?- 90 %.
23. Avstraliyadagi 670 ta tur qushlardan qanchasi endemik?- 450 ta turi.
24. Avstraliyadagi eng ko`p yillik yog`in qayerda qayd etilgan?- Innesfeyim qishlog`ida 3535 mm.
25. Avstraliya aholisi qancha?- 19,9 mln (2004 y) kishi.
26. Avstraliyada qanch tur xaltalilar mavjud?- 162 ta tur.
27. Grud-Aylent oroli qayerda joylashgan?- Karpentariya qo`ltig`i.
28. Keyp-York yarim oroli bilan yangi Gvineya oroli orasidagi bo`g`oz?- Torres bo`g`ozi.
29. Adelaida shahri avstraliyaning qaysi tomonida joylashgan?- Janubida.
Mavzu: Okeaniya.
1. Okeaniyada orollar maydoni qancha?- 1,3 mln km2.
2. Okeaniya o`z tarkibiga qancha orolni birlashtiradi?- 7000dan ziyod.
3. Okeaniyaning qariyib 90 % hududi qaysi orollar tarkibiga kiradi?- Yangi Gvineya va Yangi Zellandiya.
4. Okeaniya qanday geografik oblastlarga bo`linadi?- Melaneziya, Mikroneziya, Polineziya.
5. O`rtacha yillik harorat qancha?- +230C, +280C.
6. Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gibred, Yangi Kaledoniya qanday orollar?- Melaneziya (qora orollar).
7. Yangi Gveniya orolida o`simliklarning qancha turi bor?- 2000 dan ortiq.
8. Okeaniyada qaysi orollar geosinklinal orollar hisoblanadi?- Mariana, Yangi Kaledoniya.
9. Qanday qazilma boyliklariga tegishli?- rangli metal rudalari, ko`mir, fosfarit, boksit, neft kabilarga.
10. Bo`yi 3 m keladigan Moa tovug`i, 3 ko`zli kaltakesak, kivi tovug`i qaysi orollarda yashaydi?- Yangi Zellandiya.
11. Gavayi orolidagi tog` yonbag`rilarida yiliga yog`in miqdori necha mm yog`adi?- 12500-14000 mm.
12. Mikroneziya (kichik orollar) geo.oblastiga kiruvchi orollar?- Guam, Marian, Marjon Marshall, Gilbert, Ellis orollari, Karolin orollari.
13. Gavayi, Pakxa, Tuamotu orollari kelib chiqishiga ko`ra qanday orollar?- Vulkanik orollar.
14. Okeaniya aholisi qancha?- 12,7 mln kishi (2004 y).
15. Yangi Zellandiya tub joy aholisi jami aholining necha % ni tashkil etadi?- Maorlar 9 % ni.
16. Mahalliy aholi qanday o`simliklar yetishtiradi?- Kakos palmasi, banan, shakarqamish, ananos, kofe, kakao yetishtiradi.
17. Gavayi orollari qancha masofaga cho`zilgan?- 2500 km.
18. Okeaniya maydoni jami quruqlikni necha % egallagan?- atigi 2 % ni.
19. Yangi gvineya tog`larida necha metrdan yuqorida doimiy qorlar, kichik muzliklar bor?- 4420 m.
20. Poliniziyaga- Gavayi, Tuamotis, Tonga, Kuk, Jamiyat, Markiz.
Mavzu: Antarktida. Geografik o`rni, o`rganish tarixi, relyefi geologik tuzilishi, qazilmlari.
1. Antarktida haqida umumiy ma`lumotlar?- Maydoni-14 mln km2, eng baland yeri- Vinson massivi-(Elsuer tog`lari) 5140m, eng past yeri-Bentli cho`kmasi-(Muz tog`i)-2555 m. Muz yuzasining o`rtacha balandligi – 2040 m.
2. Antarktika va antarktida tushunchalarini taqqoslang?- Antarktika janubiy geografik o`lka. Uning tarkibiga Antarktida va uning atrofidagi orollar va dengizlar kiradi. Maydoni 52,5 mln km2. Antarktida-muzli materik, Uning maydoni-14 mln km2.
3. Antarktida so`zining lug`viy ma`nosi?- Arktikaning teskari tomoni.
4. Antarktida qirg`oq chiziqlarining uzuznligi qancha?- 30000 km.
5. Eng katta yarim oroli?- Antaktika.
6. Antarktidagi erebus vulqoni qaysi dengiz sohilida joylashgan?- Ross dengizida.
7. Qaysi materikni Ilm fan va Tinchlik materigi deb ataydilar?- Antarktida materigi.
8. Antarktida atrofida nechta dengiz bor?- 12 ta.
9. Janubiy qutibda 1-chi va 2-chi bo`lib borgan sayyohlar?- 1) Norvegiyalik R.Amundsen (1911 yil 14-dekabrda) 2) Ingiliz R. Skott borgan. (1912 yil 18 yanvar).
10. Xalqaro geofizika yili deb qaysi yillar aytiladi?- 1957-1959 yil.
11. » Antarktida ” to`g`risidagi shartnoma qachon qabul qilindi?- 1959 y 11 ta mamlakat o`rtasida.
12. Transanfarktida to`g tizmasi qaysi burmalanishda ko`tarilgan?- Alp tog` burmalanishida.
13. Muz bosish qachon boshlangan?- 360 mln yil aval.
14. Hozirgi muzliklar qachon hosil bo`lgan?- 20 mln yil muq.
15. Antarktidada muzlarning eng qalin joyi necha m ga boradi?- 4500 metr.
16. Eng baland materik?- Antarktida o`rtacha baland 2000 km.
17. Antarktidada muz tagi relyefining qancha qismi dengiz sathidandan pasda joylashgan?- 70 %.
18. Bentli cho`kmasi qaysi tekislikda joylashgan?- Berd tekisligida –2555m.
19. Nunutak nima?- Tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qilarini fanda nunutaklar deb atashadi.
20. Janubiy magnit qutbi hozirda qayerda joylashgan?- Adeli yerida.
21. 1898-yil, 1900 yillarda qaysi norvegiyalik sayyoh Antarktidaning viktoriya yerida qishladi. K.Borxgreving.
22. Qachondan boshlab Antarktidani samolyotlar yordamida o`rgana boshlandi?- 1928 yildan.
23. Hozirgi vaqtda materikda qaysi stansiya ishlab turibdi?- Molodyojnaya stansiyasi.
Mavzu: Iqlimi va organik dunyosi.
1.Yer yuzidagi muzliklarning va chuchuk suv zaxirasining necha % Antarktidaga to`g`ri keladi?- Muzliklarning 87 %, chuchuk suv zaxirasining 80 % i shu yerda.
2. Antarktidada shamollar qanday esadi?- Kuchli shamollar okeanga qarab esadi, 1 soniyada 30-35 m, ba`zan 90 m gacha tezlikda esadi.
3. Qish oylarida havoning o`rtacha harorati qanday bo`ladi?- -600 C ko`pincha –700-800C dan past bo`ladi.
4. Antarktidada yog`inlar qanday taqsimlangan?- Materik markazida yog`in miqdori 30-50 mm, sohilga tomon ortib boradi. 600-700mm. Yog`in qor holatda yog`adi.
5. Antarktida hududi qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan?- Antarktika va subantarktika.
6. Antarktida sohil zonalarida qanday hayvonlar yashaydi?- ko`k kitlar, tyulentlar, dengiz qoploni, janubiy dengiz mushugi va dengiz sheri va pingvinlar yashaydi.
7. Antarktidada qachondan boshlab ko`k kitlarni ovlash taqiqlangan?- 1967-yildan.
8. Antarktida yaqinidagi orollar maydoni qancha?- 75000 km2.
9. Antarktida muzligining eng qalin joyi qayerda?- Viktoriya yeri. Tiz
10. Antarktikaga tegishli bo`lmagan dengizni aniqlang?- Fidji.
11. Pinvinnlarning nechta turi tarqalgan?- 17 ta turi.
12. » Antarktika vohalari ” nima?- Materik qirg`oqlarida butunlay muz va qorlardan xolos bo`lgan quruqliklar.13. Muzsiz tog`yonbag`irlarida yozda harorat qanchaga yetishi mumkin?- +200C gacha yetishi mumkin.
Mavzu: Janubiy Amerika. Geografik o`rni, o`rganilish tarixi, geologik tuzilishi.
1. Eng sernam materik?- Janubiy Amerika.
2. Janubiy Amerika haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-17800000 km2. Dengiz sathidan eng yuqori balandlik-Akangkagua t, 6960 m. Dengiz sathidan eng past joyi- Valdes ya.o –40 m. Materikning eng chekka shimoliy nuqtasi- Galinos b. Eng chekka janubiy nuqtasi- Frouerd b. Eng chekka g`arbiy nuqtasi-Prinyas b. Eng chekka sharqiy nuqtasi- Kabu-Branku b. Eng uzun daryosi- Amazonka 6400 km. Eng yirik ko`l- Marakaybo-14343 km2, Eng yirik orol-Olovli yer 48200 km.
3. Janubiy Amerika shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan janubga –7000 km. G`arbdan sharqqa-5000 km ga cho`zilgan.
4. Janubiy Amerikaning janubiy sharqiy qismida qaysi oqim oqib o`tadi?- Folklend sovuq oqimi.
5. Vatandoshimiz A.Beruniy Amerika quruqligining mavjudligi haqida qanday fikr bildirgan?- «Bizning tekshirishimizcha, Yerning shimoliy choragidan biri quruqlik bo`lganligidan uning hamqurt choragi ham quruqlik bo`lishini taxmin qilamiz” deb aytgan.
6. X.Kolumb 1492 yil 12 oktyabr kuni qayerga boradi?- San-Salvador oroliga.
7. 1499-1504 yillarda asli italiyalik bo`lgan qaysi sayyoh Janubiy Amerika shimoliy qirg`oqlarini o`rganadi?- Amerigo Vespuchchi.
8. Nechanchi yildan boshlab yangi dunyo materigiga Amerika deb nom beriladi?- 1507-yil.
9. Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o`rganishda kimlarning xizmatlari katta?- Nemis sayyoxi- A.Gumboldt, Frasuz botanigi- E.Bonplan.
10. And tog`lari tabiatini o`rgangan nemis sayyohi?- A.Gumboldt.
11. Materik tabiati va aholisi haqida qiziqarli ma`lumotlar to`plagan rus olimi?- N.G.Rubsov, G.I.Longsdarf, A.I.Voyeykov, N.I.Vavilovlar.
12. Gorin burni qachon kim tomonidan kashf etilgan?- 1616 yil V.Sxayten (gollandiyalik).
13. Janubiy Amerika qirg`oqlarini uzunligi qancha?- 28700 km.
14. Janubiy Amerikaning eng katta yarim oroli?- Guaxira ya.oroli.
15. Balandligi 3014 m bo`lgan Neblina cho`ggisi qaysi yassi tog`likda joylashgan?- Gviana yassi tog`ligida.
16. Janubiy Amerikada qanday past tekisliklar bor?- Amazonka va La-Plata pasttekisliklari, Orinoko pasttekisligi.
17. And tog`larining magmatik va metomorfik jinslarida qanday konlar mavjud?- Mis, qalay, qo`rg`oshin, oltin, kumush, platina.
18. Janubiy Amerikada noruda konlardan qaysilar uchraydi?- Bor, yod, oltingugurt, tabiiy selitra.
19. Braziliya yassi tog`ligidagi bazaltli va metomorfik jinslarda qaysi foydali qazilmalarning zahiralari ko`p?- Temir, olmos, ura, marganes, nikel, kobalt, volfram.
20. Materikning qaysi hududlarida neft, tabiiy gaz, toshko`mir konlari bor?- Cho`kindi tog` jinsi to`plangan botiqlarda.
21. Janubiy Amerika hududi relyef jihatdan qanday qismlarga bo`linadi?-2qismga: 1) tog`li g`arb 2) tekislik va yassi tog`lik.
22. Janubiy Amerikadagi eng baland harakatdagi vulqon?- Lyulyaylyako-6723 m.
23. And tog`larining uzunligi qancha?- 9000 km.
24. Balandligi 2890m bo`lgan bandeyra cho`qqisi qaysi tog`da joylashgan?- Brazilya yassi tog`ligi.
25. Makarena milliy bog`i qaysi davlatda joylashgan?- Kolumbiyada.
26. Janubiy Amerikaning eng keng sharsharasi?- Iguasu 2700 m.
27. San-Pedro vulqonining balandligi qancha?- 5974 m.
28. Maydoni 14343 km2 bo`lgan geografik obyekt?- Marakay ko`li.
Mavzu: Iqlimi va ichki suvlari.
1. Materikning qaysi qismlari ekvatorial va Tropik havo massalari ta`sirida bo`ladi?- Markaziy va shimoliy.
2. Janubiy Amerikaning janubiy qismlarida qanday havo massalari hukumronlik qiladi?- Mo`tadil havo massalari.
3. Nima uchun materikning g`arbiy va janubi-sharqiy sohillariga yog`in kam yog`adi?- Peru va Folklend sovuq oqimlari quruq havo massalarini olib keladi.
4. Janubiy Amerikada nechta iqlim mintaqasi mavjud?- 6 ta. Ekvatorial, tropik, suptropik va mo`tadil. 1 marta subekvatoryal iqlim mintaqa 2 bor takrorlanadi.
5. Qaysi iqlim mintaqada yog`in miqdori 3500 mm dan ko`p, yil davomida havo harorati 240-250 C atrofida bo`ladi?- Ekvatorial iqlim mintaqasida.
6. subekvatorial iqlim mintaqaga tavsif bering?- 2 ta fasl aniq ifodalanadi. Yozda 1000-2000 mm yog`in yog`adi. O`rtacha oylik harorat +250 C.Qishda yog`in yog`maydi, havo harorati +200 C atrofida.
7. Tropik iqlim mintaqaga tavsif bering?- Braziliya yassi tog`ligining sharqiy qismida 1500-2000 mm atrofida yog`in yog`adi. Yanvarning o`rtacha harorati +250 C, iyulda esa +170C,+190C ni tashkil etadi. And tog`lariga yaqin joylariga 250-500 mm yog`in tushadi.
8. Qaysi sovuq oqim ta`sirida Atakama cho`li hosil bo`lgan?- Peru sovuq oqimi.
9. Qaysi iqlim mintaqasi materikning 300 va 400 j klari oralig`ida joylashgan?- Subtropik iqlim mintaqa.
10. Mo`tadil iqlim mintaqaga tavsif bering?- Tinch okeani sohilida yil davomida 2000-3000 mm yog`in yog`adi. Sharqda mo`tadil kontinental iqlim bo`lib yog`in 300-400 mm. Qishi sovuq qorli. Yozda qorli bo`ronlar bo`lib turadi.
11. Qaysi daryoning 500 dan ortiq irmog`i bor?- Amazonka daryosi.
12. Amazonka daryosining o`rta oqimida, quyi oqimida, quyilish joyida kengligi qancha?- O`rta oqimining kengligi-5 km, quyi oqimining kengligi-80 km, quyilish joyi-320 km.
13.Parana daryosidagi Iguasu sharsharasining kengligi va balandligi qancha?- Kengligi-2700 m, balandligi-2 m.
14. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi daryodan oqib tushadi?- Orinoko daryosining Churuk irmog`idan Anzel.1054 m.
15. Qaysi daryoda «Tezkori oqish” hodisasi 1400 kmgacha kuzatiladi?- Amazonka daryosida.
16. Amazonka daryosida uchraydigan yirtqich baliq?- Piraniya balig`i.
17. Magdalna daryosi qayerqa quyiladi?- Karib dengiziga.
18. Janubiy Amerikaning qaysi daryolari Atlantika okeani havzasiga tegishli?- Amazonka, Parana, Tokantins, Orinoko, San-Fransisko, Urugvay.
19. Parana daryosi qaysi tog`lardan boshlanadi?- And tog`laridan va Braziliya yassi tog`laridan.
20. Amazonka daryosidagi barglarning diametri 2 m ga yatedigan chiroyli gulli o`simlik?- Nilufar (Vektoriya) regiya.
21. Janubiy Amerikaning eng issiq joyi?- +460 C Rivadaviyada.
22.Janubiy Amerikada eng past harorat qayerda qayd etilgan?—330C Sarmyentada.
23. Janubiy Amerikaning eng ko`p yog`in tushadigan joyi?- 7155 mm Kolumbiyaning Buenaventura hududi.
24. Janubiy Amerikada qaysi iqlim mintaqasi 2 ta?- Subekvatorial.
25. Anxel sharsharasi qachon kashf etilgan?-1935 yilda.
Tabiat zonalari, balandlik mintaqalari.
1. Maranon va Ukayali daryolarining qo`shilishidan qaysi daryo hosil bo`ladi?-
Amazonka.
2. Janubiy Amerikada qanday tabiat zonalari bor?- Ekvatorial, subekvatorial o`rmonlar, savannalar, dasht, chalacho`l, cho`l va keng bargli o`rmonlar zonalari.
3.Ekvatorial o`rmonlar mahalliy aholi tilida nima deb atashadi?- Selva (portugalcha «o`rmon”)
4. Amazoniya nima?- Amazonka havzasidagi o`rmonlar egallagan hududlar shunday ataladi.
5. Amazoniya hududidda qanday qimmatbaho daraxtlar o`sadi?- Kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xili, kakao daraxti, seyba, qovun daraxtlari vatani ham.
6. T.Xeyerdal o`zining «Kon-Tiki” kemasini qaysi daraxtdan yasagan?- Balsa daraxtidan.
7. Podzollashgan laterit tuproqlar- qizil-sariq ferralitlar qaysi o`rmonlarga xos?- Ekvatorial o`rmonlar.
8. Seyba daraxtining balandligi?- 80 metr.
9. Ekvatorial o`rmonlar zonasida yashovchi hayvonlar?- Maymunlar, yalqovlar, tapirlar, piranya balig`i, suv cho`chqasi- Karibarlar, anakonda iloni, yaguar, qurbaqalar, qushlardan- kalibri, to`tilar, shaftolixo`rlar, kapalaklar, qo`ng`izlar.
10. Subekvatorial o`rmonlar zonasigaqaysi hududlar kiradi?- Brazilya va Gviana yassi tog`liklarini shimoliy yonbag`irlari kiradi.
11. Subekvatorial o`rmonlarda yiliga qanchayog`in yog`adi?- 2000-3000 mm.
12. Savannalar hayvonot dunyosi qanday?- Kichik bug`ilar mazamlar, yovvoyi cho`chqalar-pekarlar, zirhlilar-shox moddadan iborat qalqoni bo`lgan sutemizuvchilar, chumolixo`rlar kemiruvchilar, Nandu tuyaqushi yashaydi.
13. Janubiy Amerikada dasht zonasini nima deb atashadi?- Panpa (indeislar tilida «daraxtsiz” yerlar).
14. Dashtlarda qanday o`simliklar va hayvonlar uchraydi?- O`t o`simliklardan- chalov, betaga, yovvoyi tariq, Hayvonlardan-lamalar, tuyaqushlar, pampa bug`usi. Pampa mushugi yashydi.
15. Patagoniya nima?- Tabiiy sharoiti qattiq, yog`in kam yog`adigan o`lka.
16. Chalacho`llar zonasi qaysi iqlim mintaqada tarkib topgan?- Mo`tadil iqlim mintaqada.
17. Patagoniyaga xos o`simliklar va hayvonlar qaysi?- Chimli g`allagullilar va tikanli butalar o`sadi. Kemiruvchilar, nutriya, mayda zirxlilar kabi hayvonlar yashaydi.
18. Yog`och qattiqligidan «Bolta sindirar” nomini olgan daraxt qaysi tabiat zonada o`sadi, bu o`simlik nomi nima?- Kebracho daraxti Savanna va siyrak o`rmonlar zonasi.
19. «Sayyoramiz o`pkasi” deb qayerni ataymiz?- Amazoniya o`rmonlari.
20. Kampos nima?- Brazilyadagi tirik savannalar zonasi.
21. Janubiy Amerikadagi subtropik chalacho`llar va cho`llar zonasi nima deyiladi?- Patagoniya.
22. Eng kichik qush?- Kalibri o`girligi 1,6-1,8 gr, uzunligi 5,5 sm. 500 ta turi bor.
23. Shinshilla qanday hayvon?- Mo`ynasi eng qimmatbaho kemiruvchi hayvon.
24. Baland tog`lardagi quruq tog` dashtlarini va chalacho`llarni nima deb atashadi?- Puna.
25. And tog`laridagi balandlik minlarini tartib bilan ayting?- 1) Hamma ekvatorial o`rmonlar 1000 m gacha. 2) tog` o`rmonlar 1000-2000 m. 3) Baland tog` o`rmonlari 2000-3000 m. 4) Baland tog` o`tloqlari 3000-4000 m. 5) Qor va muzliklar 5000-6000 m.
26. Paramas nima?- Baland tog` o`tloqlari.
27. And tog`laridagi yirtqich qush?- Kondor.
28. Patagoniyada qanday tuproqlar tarqalgan?- Kam hosilli bo`z tuproqlar.
29. Savannalar sonasi qayerda tarkib topgan?- Subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi pastekisliklarda, yassi tog`liklarda.
30. Uzunligi 2730 km bo`lgan daryo?- Orinoko.
Mavzu: Tabiiy geografik o`lkalari. Aholisi.
1. Janubiy Amerika qanday yirik tabiiy geografik o`lkalarga ajratiladi?- 2ta yirik o`lkaga- Tog`li g`arb va tekislik sharq.
2. Amazoniya qaysi yassi tog`liklar orasida joylashgan?- Gviana va Brazilya yassi tog`liklari.
3. Janubiy Amerikaning qaysi o`lkasida yil bo`yi harorat +240, +270atrofida yog`ingarchilik 1500-3000 mm ni tashkil etadi.?- Amazoniya.
4. Amazonkaning chap va o`ng irmoqlari qaysi oylarda to`lib oqadi?- Chap irmoqlari apreldan iyungacha, o`ng irmoqlari esa dekabrdan fevralgacha to`lib oqadi.
5. Brazilya nomi qanday kelib chiqqan?- Paul-Brazil daraxti nomidan.
6. Amazoniya hududidagi cho`kindi jinslar orasidan qanday konlar topilgan?-Neft, tabiiy gaz, rangdor metallar, marganes, temir konlari topilgan.
7.Brazilya yassi tog`liglari qayerda joylashgan?- Amazonka va La-Plata pastekisliklari hamda Atlantika okeani oralig`ida joylashgan.
8.Brazilya yassi tog`ligi yer yuzasi qanday jinslardan tuzilgan?- Asosan, eng qadimgi kristall va metamorfik tog` jinslari.
9.Brazilya yassi tog`ligining katta va janubiy qismlari qaysi mintaqalarda jo`ylashgan?-Katta qismi subekvatorial va tropik janubiy qismi esa subtropik mintaqada joylashgan.
10. Brazilya yassi tog`ligini iqlimiga tavsif bering?- Yanvarning o`rtacha harorati +220C dan +290 C gacah, iyulning o`rtacha harorati +120 gacha. O`rtacha yog`in miqdori 1400-2000 mm ga teng.
11. Brazilya yassi tog`ligidagi daryolar nimalardan to`yinadi?- Yomg`irlardan.
12. Brazilya yassi tog`ligining o`simlik va hayvionlari?- Shimoliy qismidagi o`rmonlarda yilimli palma, janubida brazilya akaukariyasi, doimiy yashil o`rmonlarda-paragvay choyi o`sadi. Siyrak o`rmon va savannalarda qizil tumshuq, yolli bo`ri, qizil bug`u, nandu tuyaqushi tapirgan yashaydi.
13. Janubiy Amerika aholisi qancha?- 367,2mln kishi (2004 yil).
14. Materikka kishilar qachon Osiyodan kelgan?- 20 ming yil ilgari.
15.Qaysi davlat aholisi portugal tilida so`zlashadi?- Braziliya.
16. Dastlab Janubiy Amerikaga ispanlar va portugallar nechanchi asrda kelib o`rnashgan?-XVI asrda.
17. Metis, mulat, sambo tushunchalarini tavsiflang?-
Yevropalik bilan indeyislar chatishmasi-Metis.
Yevropalik bilan negrlar chatishmasi-Mulat.
Ideyrslar bilan negrlar chatishmasi- Sambo deyiladi.
18. Qaysi davlat aholisi ispan va kechna tilida gaplashadi?- Peru
19. Oltin va olmosga boy tog`lik?- Birazilya yassi tog`ligi.
20. Janubiy Amerikadagi neftga boy bo`lgan tekislik?- Orinoko pastekis.
Mavzu: Shimoliy Amerika geografik o`rni, o`rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari.
1. Shimoliy Amerika haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-24200000 km2. Dengiz sathidan eng yuqori balandlik-Mak-Kinli ch, 6194 m. Dengiz sathidan eng past joyi-Ajal vodiysi-86 m. Materikning eng chekka shimoliy nuqtasi Merchison b, eng chekka janubiy b –Maryato b, eng chekka g`arbiy nuqtasi- Uels Shahzodasi b, eng chekka sharqiy nuqtasi –Sent Charlz, eng uzun daryosi- Missisispi 6019 km. Eng yirik ko`l-Yuqori ko`l-82100 km2. Eng yirik orol-Gerelandiya –2175600 km2.
2. Shimoliy Amerika qirg`oqlarining uzunligi?- 75600 km.
3. Orollar va yarim orollar materikning necha %ini tashkil etadi?- 25 %.
4. 1732-yilda rus sayyohlaridan kimlar materikni shimoli-sharqiy sohillarini o`rganadi?-I.Fyodorov va M.Gvozdev.
5. Shimoliy magnit qutbining geografik o`rnini kim aniqladi?- XX asr boshida R.Amundsen.
6. Shimoliy Amerikaning qaysi qirg`oqlari kuchli parchalangan?- Shimoliy va sharqiy.
7. X asr oxorida kim Gerelandiyani, materikni shimoliy-sharqiy qismlarini o`rganadi?- Erik Randa.
8. 1609-1610-yillarda kim gudzon qoltig`ini va bo`g`ozini kashf etgan?- G.Gudzon.
9. 1741 yilda Bering va Chirikovlar qayerlarni o`rganishdi?- Aleut orollari va Alyaska sohillariniva o`rgandi, xaritasini tuzdi.
10. Savdo –sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda kimning xizmati katta?-G.Shelixov.
11. 1798-yil ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan hudud?- «Rus Amerikasi” ya`ni Alyaska ya. oroli.
12. Rossiya «Alyaskani” qachon AQShga sotib yubordi?- 1867 yil.
13. Qaysi erada Simoliy Amerika Yevroosiyodan ajralgan?-Mezazoy erasi boshida.
14. So`ngi 1mln yil davomida Yevroosiyo va Shimoliy Amerika bir-biridan qancha masofaga uzoqlashdi?- 40 km.
15. Magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan tog` va yassi tog`liklardan qanday konlar bor?- Temir, Uran, mis, nikel, oltin, kumush.
16. Apallachi tog`lari qanday qazilma boyliklarga boy?- Rudali qazilmalarga.
17. Apallachi tog`ining qaysi yonbag`rida Flint-Mamont g`ori joylashgan?- Janubiy-g`arbiy yonbag`rida.
18. Dunyodagi eng chuqur va tor dara nomi nima?- 320 km-Kalarado daryosidagi-Katta Kanyon (2km ga yaqin)
19. Shimoliy Amerikaning eng tor joyi?- Panama bo`yni 48 km.
20. Bering bo`g`ozini kengligi qancha?- 85 km.
21. Cho`kindi tog` kinslari qatlamlarida qanday qazilmalar tarkib topgan?- Neft, gaz, ko`mir, tuz.
22. Qaysi qo`ltiqni obrazli qilib «qaynoq tova” deb atashadi?- Meksika qo`ltig`i.
23. «Muz solingan qop” deb ataluvchi geografik obyekt?-Gudzon qo`ltig`i.
24. Qaysi tog`larning sharqiy yonbag`irlari toshko`mirga boy?- Kordolyera tog`i.
25. Qo`yho`kiz qaysi zonada yashaydi?- Arktika sahrolari zonasi.
Mavzu: Iqlimi va ichki suvlari.
1. Nima uchun Shimoliy Amerika iqlimi xilma-xil?- Shimoldan janubga uzoq masofaga cho`zilganligi uchun.
2. Qaysi oqimlar yog`inlarning ko`p yog`ishiga sabab bo`ladi?- Shimoliy, Tonch okean va Golfstrim iliq oqimlari.
3. Nisbatan shimolda joylashgan ko`l?- Katta qo`llar ko`li.
4. Shimoliy Amerikada nechta iqlim mintaqalari mavjud?- 6 ta: arktika, subarktika, mo`tadil, subtropik, tropik, subekvatorial.
5. Yil davomida havo harorati manfiy bo`lib, g`arbida 50-100 mm, sharqida 300-400 mm gacha yog`in yog`adi, bu qaysi iqlim mintaqaga xos?- Arktika iqlim mintaqasi.
6. Subarktika iq. min-ga tavsif?- Yanvarning o`rtacha harorati-250 dan-300 C, iyulda +50dan+70 C gacha. Namgarchilik sharqdan g`arbga kamayib (300-600 mm) boradi.
7. Qaysi iqlim mintaqa katta maydonni egallagan bo`lib yoq`in miqdori unda sharqdan g`arbga tomon 1500-1000 mm kamayib boradi?- Mo`tadil iqlim mintaqa.
8. Subtropik iqlim mintaqaga tavsif?- 400 sh.kdan Meksika qo`ltig`i gacha hududlarni egallaydi. Qishda +60 C +80 C gacha iliq, nam 400-500 mm keladi, yozi esa quruq va iliq bo`ladi. Tinch okean sohillariga sovuq Koliforniya oqimi ta`sir etadi.
9. Materikning eng janubiy tor qismida qanday iqlim mintaqa uchraydi?- Subekvatorial iqlim mintaqa.
10. Materikning eng yirik daryosi?- Missisipi (hindu tilida katta daryo).
11. Missisipi daryosi qayerlardan boshlanadi?- Qoyali tog`lardan, Markaziy va Buyuk tekisliklardan, Appalachi tog`laridan.
12. Qaysi daryo «Loyqa daryo” deb nomlanadi?- Missuri.
13. Qaysi daryo quyi oqimoda uzun va keng estuariy hosil qiladi?- Avliyo Lavrentiy.
14. Estuariy nima?- Lotinchada daryoning suv bosgan quyi oqimi.
15. Rio-Grande daryosi qayerdan boshlanib qayerga quyiladi?- Kordilyera tog`laridan boshlanib, Meksika qo`ltig`iga quyiladi.
16. Niagara sharsharasi qaysi ko`llar oralig`ida joylashgan?- Eri va Ontario ko`llari.
17. Shimoliy Amerikaning qaysi daryolari qor va muzlardan to`yinadi?- Yukan va Makkenzi.
18. Qaysi daryolar tinch okean havzasiga tegishli?-Yukong, Kalumbiya, Kalarado daryolari, Freyzer.
19. Alyaskadagi eng uzun Xabbort muzligining uzunligi qancha?-145 km.
20. Buyuk ko`llar maydoni qancha?- 246000 km2.
21. Buyuk ko`llarni qaysi daryo atlantika okeani bilan bog`lab turadi?- San-Lavrentiy.
22. Qaysi ko`l Indeislar tilida, «Suv” degan ma`noni bildiradi?- Vinnipeg ko`li.
23. Qaysi daryoning uzunligi 3700 km?- Yukon.
24. Eng ko`p yog`in qayerda kuzatilgan?- Ketchikan degan joyda 3830 mm yog`in.
25. Eng kuchli shamollar qayerda kuzatilgan?- 1934 yil 12 aprelda Vashington tog`ida 41,6 m/sek.
26. Shimoliy Amerikaning eng baland sharsharasi?- Yosemid 757 m. Merdes daryosida.
27. Qaysi daryoni Eri va Ontariyo ko`llari tutashtirib turadi?- Niagara.
Mavzu: Tabiat zonalari, balandlik mintaqalari.
1. Materik janubidagi tabiat zonalari qaysi yo`nalishda joylashgan?- Meridian yo`nalishda.
2. Shimoliy Amerikada qanday tabiat zonalari almashinadi?- Arktika cho`l, tundra va o`rmon-tundra zonalari, tayga zonalari, aralash keng bargli o`rmonlar, o`rmon-dasht va dasht zonalari, chala cho`l va cho`l zonalari, savannalar va siyrak o`rmonlar, fasliy nam o`rmonlar.
3. Qaysi tabiat zonasi Gerelandiya oroli va Kanada Arktika arxipelagini egallab, asosan mo`x va lishayniklar, hayvonlardan oq ayiq, morj, qo`y-xo`kiz, oq yapaloq. qushlardan tashkil topgan?- Arktika cho`llar zonasi.
4. Tundra va o`rmon tundra zonasining janubiy chegarasi qanday kengliklardan o`tadi?- Sharqda 530 sh k dan, g`arbda 620 sh.k.
5. Tundrada qanday hayvonlar yashaydi?- Shimol bug`usi, qo`yho`kiz, lemming, qutb tulkisi, qutb bo`risi,oq kaklik, oq quyon. Alyaskada tog` qo`yi, gor echkisi yashaydi.
6. Tayga zonasi qanday kenglikkacha tarqalgan?- 450sh k gacha.
7. Tayga zonasining o`simlik va hayvonlari hamda tuproqlari- qora va oq qarag`ay, amirika tilog`ochi, balzam pixtasi, qarag`ay. Tinch okeani sohillarida duglas qarag`ayi, kedr oq va qora qarag`ay o`sadi.botqoq, podzol muzloq tuproq.
8. Labrador yarim orolidagi daraxtlarning necha % qora qarag`ayga to`g`ri keladi?- 90 %.
9. Tayga zonasida qanday hayvonlar yashaydi?- Qora va qon`q`ir ayiq, amerika to`ng`izi, kiyik, o`rmon bizoni, bug`u, bo`ri, kanada silovsini, shuns, andatra, qizil tulki.
10. Tinch okean sohillarida uchraydigan o`simliklar?- Duqlar qarag`ayi, oq va qora qarag`ay kedr.
11. Keng bargli o`rmonlar faqat qayerda saqlanib qolgan?- Appalachi tog`larida.
12. Aralash va keng bargli o`rmonlar zonasining sur o`rmon zonasida qanday o`simliklar o`sadi?- Qarag`ay, qayin, terak, tol, kashtan, eman, buk, amerika yong`og`i, marvaridgul, yertut kabi o`simliklar.
13. O`rmon dasht va dashtlar zonasida tavsif bering?- Kashtan va qora tuproqlarda chalov, betaga, bizon o`ti, dub akatsiyasi, tikanli butalar o`sadi. Bizon, bo`ri, tulki, kiyik, shuns, apossum oq boshli burgut yashydi.
14. Qaysi tabiat zonasida qizil va qizilqo`ng`iz tuproqlar hosil bo`lgan?- Savanna va siyrak o`rmonlar zonasida.
15. Anakonda ilonlari qayerda yashaydi?- Nikaragua sohilida.
16. Savanna va siyrak o`rmonlar zonasida qanday o`simliklar uchraydi?- Baland o`tli o`simliklar kaktos-akatsiyalar, eman, qarag`aylar.
17. Eman, karob qarag`ayi, palma, kiparis, hayvonlardan: alligator, qora ilon, kurka, qaysi tabiat zonasiga xos?- Fasliy nam o`rmonlar zonasi.
18. Chalacho`l va cho`l zonalarida uchraydigan o`simlik va hayvonlar?- Qora shuvoq, kaktus va yukka o`simliklari, hayvonlardan sudralib yuruvchilardan qora ilon va kemiruvchilar, qalqondorlar yashaydi.
19. Balandlik mintaqalari qaysi tog`larda shakillangan?- Kordilyera va Appalachi tog`larida.
20. Kordelyera tog`larida qanday balandlik mintaqalari almashinadi?- Dasht, o`rmon-dasht, keng va ignabargli o`rmonlar siyrak past egri-bugri daraxtli o`rmonlar baland tog`lar o`tloqli qoyalar, qor va muzliklar.
21. Shimoliy Amerikadagi eng katta kaktus?- Saguara balandligi 24 m.
22. Balandligi 100 m eni 9 m keladigan sekvoya daraxti qayerda o`sadi?- Subtropik tog` o`rmonlarda.
23. Kanadadagi qaysi milliy bog`da bizonlar qo`riqlanadi?- Vud-Buffala milliy bog`i.
24. Qaysi qo`riqxonada sekvoyalar qo`riqlanadi?- AQShdagi Yosimid qo`riqxonasida.
25. Buyuk ko`llar atrofida qanday tabiat zonasi shakillangan?- Aralash va keng bargli o`rmonlar.
26. Qaysi daryo uzunligi 54 km?- Niagara daryosi.
27. Preriya nima?- Shimoliy Amerikada dashtlar zonasi.
Mavzu: Tabiiy geografik o`lkalari, Aholisi.
1. Shimoliy Amerika qanday yirik tabiiy geografik o`lkalarga bo`linadi?-2 ta qismga:1. Sharq-Tekislik o`lkasi. 2. G`arb- Kordilyera tog`li o`lkasi.
2. Makkinli cho`qqisi (6194m) Kordilyeraning qaysi tizmasida joylashgan?- Alyaska tizmasida.
3. Qayerda kuchli zilzilalar 10 lab harakatdagi vulqonlar sodir bo`lib turadi?- Alyaska ya.oroli va Aleut orollarida.
4. Tog` tundralarida qanday hayvonlar yashaydi?- Shimol bug`usi qutb tulkisi lemminglar.
5. Katta havza va Kalaroda platosi qaysi o`lkada joylashgan?- Kordilyera tog`li o`lkasida.
6. Shimoliy Amerikaning eng issiq joyi?- Ajal vodiysi +570 C.
7. Shimoliy Amerika aholisi qancha?- 512,5 mln kishi (2004).
8.Shimoliy Amerikaning tub joy aholisini kimlar tashkil etadi?- Indeislar, eskimoslar, aleutlar.
9. Bundan necha ming yil ilgari materikning tub joy aholisi bering bo`g`ozi orqali kelgan?- 25-30 ming yil avval.
10. Metis va mulatlar qayerlarda ko`pchilikni tashkil etadi?- Meksika va Markaziy Amerika hududi.
11. Shimoliy Amerikada qancha hindular yashaydi?- 15 mln.
12. Kanada hududining necha % o`rmonlar bilan band?- 50 %.
13.Shimoliy Amerikada negrlar soni qancha?- 25 mln kishi atrofida.
14. Eskimollar uyi- nima deyiladi?- Igla deyiladi.
Mavzu: Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o`rni, o`rganish tarixi.
1.Yevrosiyo haqida umumiy ma`lumot?- Maydoni-54600000 km2, Dengiz sathidan eng yuqori balandlik-Jamolungma 8848 m. Dengiz sathidan eng past joyi-O`lik dengizi-405 m, Materikning eng chekka shimoliy nuqtasi- Chelyuskin b, eng chekka janubiy nuqtasi- Piay b. Eng chekka g`arbiy nuqtasi – Rok b, eng chekka sharqiy nuqtasi-Dejnev b, eng uzun daryosi- Yanszi 6300 km.
2. Yevrosiyo jami quruqlik maydonining qancha % egallaydi?- Deyarli 30 % ni.
3. Yer sharidagi «Sakkizminglik” cho`qqilarning nechtasi Yevrosiyoda joylashgan?- 14 ta cho`qqining barchasi.
4. Yevrosiyo qirg`oqlarining uzunligi?- 100000 km.
5. Yevropa va Osiyo atamasi qanday kelib chiqqan?- Qadimgi finikiyaliklarning Yerep-g`arb, Osu-sharq so`zlaridan.
6. Yevropa qirg`oqlarining uzuznligi qancha?- 38000 km.
7. Osiyo qirg`oqlarining uzunligi qancha?-62000 km.
8. Yer sharida quruqlikdagi dengizdan eng uzoq bo`lgan obyekt qaysi?- Jung`oriya Olatovi.
9. Yevrosiyoning qaysi qirg`oqlari kuchli parchalangan?- Atlantika va Tinch okean qirg`oqlari.
10. Osiyo va Yevropa o`rtasidagi chegara qaysi obyektlardan o`tgan?- Ural tog`lari, Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimolda Kuma-Manch cho`kmasi, Azov dengizi, Qora dengiz.
11. Yevropa bilan Osiyo o`rtasidagi chegara quruqlikda qayerlardan o`tgan?- Ural tog`larining sharqiy etaklari, Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimoliy qirg`oqlari va Kuma-Manch botig`i orqali.
12. Materik to`g`risidagi dastlabki geografik ma`lumotlar kimlarning asarlarida berilgan?- Geradot, Geraklit Strabon, Aflotun(Aristotel), Ptolemeylarning.
13. Muhammad al–Xorazmiy geografiya faniga qo`shgan hissasi nimalardan iborat?- O`rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan, 70 ga yaqin olimlar bilan «Jaxon xaritalari” ni tuzgan.
14. «Hindiston” geodeziya kabi asarlar kimga tegishli?- Abu Rayxon Beruniy.
15. Beruniy qonunining mohiyati nimadan iborat?- Daryolar keltirayotgan tog` jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga tog`ripropqrsional.
16. «Sayyoh olimlar” asari muallifi kim?- H.Hasanov (1981 yil).
17. Yevrosiyo qirg`oqlarini qaysi iliq va sovuq oqimlar yuvib turadi?Karosio, musson, shimoliy atlantika kabi iliq oqimlar.
18. Yevrosiyo materigi shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Shimoldan -janubga 8 ming km, g`arbdan -sharqqa 16 ming km.
19. Xorazmiyning «Kitob sutrat al-ard” kitobida qancha muhim joylar va tog`larning geografik tafsiloti berilgan?-
20. 1787 yilda kim Saxalin orolini kashf etadi?- J.Laperuxa.
21. 1857-1885 yillarda markaziy Osiyoda 4 marta ekspiditsiya uyushtirgan sayyoh?- Rus M.M.Prijavolski.
22. 1648 yilda S.Dejnev qayerlarni o`rganadi?- Bering bo`g`ozi va Chukotkerni o`rgandi.
23. Dunyodagi eng yirik yarim orolning maydoni qancha?- Arabiston yarim oroli, 2730000 km2.
24. Balandligi 7495 m bo`lgan cho`qqi qaysi tog`da joylashgan?- Ismoil Samoniy cho`qqisi, Pomir tog`ida.
25. Yer yuzining «Qor chizig`i-balandlik qutbi” eng balanddan o`tgan joy?- 6400 m. Markaziy Tibet.
Mavzu: Geologik tuzilishi. Foydali qazilmalari.
1. Bundan 65 mln yil muqaddam Yevrosiyo qaysi materikdan ajralib chiqqan?- Lavraziya.
2. Yevrosiyo materigida qanday geosinklinal mintaqalar mavjud?- Alp- shimoliy va tinch okean, Olovli halqasi.
3. Etna, Stromboli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar qaysi geosinklinal mintaqada joylashgan?- Alp-shimoliy geosinklinal mintaqasining O`rta dengiz qismida.
4. 1948, 1966, 2002, 2003, 2004 dekabrda qayerlarda zilzilalar bo`lgan?- Ashgabad-1948, Toshkent-1966, Hindikush- 2002, Eron- 2003, Indoneziya-2004 dekabr oyi.
5. Rudali foydali qazilmalar qanday joylarda ko`p uchraydi?- Magmatik va metamorfik tog` jinslari tarkibida.
6. Yevrosiyoning qayerlaridan temir rudasi qazib olinadi?- Shimoli-sharqiy Xitoy, Skandinaviya va Hinditon yarim orolidan.
7. Piriney yarim orolida, Sibrda, O`rta Osiyoda koreya ya. orolida qanday konlar bor?- Oltin konlari.
8. Yevrosiyoning qaysi hududlaridan zangori sapfining (ko`k yoqut), qizil yoqut konlari bor?- Uralda, Hindiston ya o, Shiri-Lanka orolida.
9. Cho`kindi jinslar qatlamida qanday foydali qazilmalar tarkib topgan?- Neft, gaz, toshva qo`ng`ir ko`mir konlari.
10. Yevrosiyoning qaysi dengiz shelflaridan neft va gaz qazib olinadi?- Shimoliy, Kaspiy, Arabiston, Janubiy Xitoy dengiz shelflaridan.
11. Yevrosiyoning qaysi hududlaridan neft va gaz qazib olinadi?- Fors ko`rpasi, sharqiy Yevropa, G`arbiy Sibr, Buyuk Xitoy tekisligi, Turon pastekisligi, Katta Zond orollari, Kalimantan orollari Hind-Gang pastekisligidan.
12. Yevrosining eng kekesa qadimgi tog`lari?- Ural, Dekan, Qozog`iston yassi tog`lari.
13. Yevrosiyodagi eng yosh tog`lar?- Alp, Karpat, Kavkaz, Pomir, Hindikush, Kopetdog`.
14. Vulkanik tog`lar Yevrosiyoning qayerlarida tarqalgan?- Kamchatka ya.orolida, Kuril o, Sitsilya va Islandiya orollari, Apenin ya. o dagi tog`lar, Karpat va Kavkaz tog`lari.
15. Yevrosiyo hududidagi eng keksa platformalarga qayerlar kiradi?- Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibr, Hindiston Buyuk Xitoy, Arabiston ya.orolidagi tekisliklar.
16. Qaysi tekisliklar zomini yosh bo`lib, cho`kindi jinslar bilan qoplangan?- G`arbiy Sibr, Hind-Gang va Turon pastekislik.
17. Volga bo`yi, Valday, O`rta Rossiya hududlari o`rtasidagi umumiylik nimadan iborat?- Qirlar.
18. Qizilqum cho`lida joylashgan past tog`lar?- Sulton Uvays, Bukontog`, Quljuqtog`, Tomditog`.
19. Oltoy tog`laridagi tog` vodiy muzlarining uzunligi qancha?- 300 km ga yetadi.
20. Yevrosiyoda muz bosish qaysi davrda sodir bo`lgan?- Kaynazoy erasining to`rtlamchi davri.
21. Yerning shimoliy yarim shardagi sovuqlik qutbi qayerda joylashgan?- Oymyakanda-710 C.
22. Bokslid konlari qayerlarda uchraydi?- Qozog`istonda Buyuk Xitoy tekisligida Alp yog`lari etaklarida.
23. Kursk magnit anamalya nima qazib olinadi?- Eng katta temir ruda koni.
24. Quyidagilardan qaysi davlat yarim orolda joylashgan?- Qatar.
Mavzu: Iqlimi va uning xususiyatlari.
1. Qish Yevropaning janubi g`arbida va Osiyoning janubida qanday bo`ladi?- Yevropa janubi-g`arbida iliq, Osiyoning janubi-g`arbida esa issiq +200 C bo`ladi.
2. Iyulning o`rtacha harorati qayerda +320 C ni tashkil etadi?- Arabiston yarim orolida.
3. 1856-yil Cherapunja rayoniga qancha yog`in tushgan?- 2300 mm.
4. Sibrda yanvar oyining o`rtacha harorati necha gradusgacha pasayadi?- -480 C gacha pasayadi.
5. Cherapunjada o`rtacha yog`in miqdori qancha?- 12665 mm.
6. Nima uchun Yevrosiyoda iqlim g`arbdan sharqqa tomon kam o`zgaradi?- Yevrosiyo materiginining g`arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta`sirida bo`lganligidadir.
7. Nima uchun O`rta Osiyoga qishda Arktika havo massalari bemalol kirib keladi?- Chunki shimol tomondan keladigan sovuq shamollarni to`sib qoluvchi tog`lar yo`q.
8. Qish oylarida qaysi pastekislikka qor yog`maydi?- Kolxidu pastekisligiga.
9. Tibet va Pomir tog`larida iqlim boshqa joylardan qanday farq qiladi?- Yozning iliqligi, qishning qattiq sovuqligi va atmosfera yog`inlarining juda kam yog`ishi bilan.
10. Qaysi tog`larda balandlik iqlim mintaqalari yaqqol ko`zga tashlanib turadi?- Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan va Himolay tog`larida.
11.Qaysi shaharda haroratning absalyut maksimumi +380C, absolyut minimumi –80C ni tashkil etadi?- Tokio shahri.
12. Qaysi daryo sariq dengizga quyiladi?- Xuanxe daryosi.
13. Eng kam yog`in Yevropa va Osiyoda qayerlarda kuzatilgan?- Osiyoda masira 14 mm, Yevropada astraxan 160 mm.
14. Balandligi 3676 m bo`lgan semeru vulqoni qayerda joylashgan?- Yava orolida.
Mavzu: Sovuq va mo`tadil iqlim mintaqalari.
1. Materikning iqlim sharoiti nima uchun juda hilma-xil?- Shimoldan janubga qarab katta masofaga cho`zilganligi tufayli.
2. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning qaysi hududlarini ishg`ol etadi?- Arktikadagi orollarini va quruqlikning shimoliy muz okeaniga tutashib turgan qismi.
3. Harorat yoz oylarida necha gradus bo`ladi?- Harorat past +10C +30C.
4. Arktika iqlim mintaqasida qishning o`rtacha harorati qancha bo`ladi?- -400 C.
5. Qaysi iqlim mintaqasida yoz oylarida o`rtacha harorat +40C dan +140 C gacha yog`in miqdori 200-400 mm ni tashkil etadi?- Subarktika iqlim mintaqasi.
6. Mo`tadil iqlim mintaqasida qanday havo massalari harakatlanadi?- Atlantika okeanidan keladigan dengiz, materik ichkarisida kontinental. Tinch okeanidan keladigan musson havo massalari harakatlanadi.
7. Mo`tadil iqlim mintaqasi qanday iqlimiy tiplarga ajratiladi?- Dengiz, kontinental va musson iqlim tiplari.
8. Musson iqlimiy oblastida yillik yog`in miqdorining 90 % qaysi oylarga to`g`ri keladi?- Aprel-Noyabr.
9. Orollar orasidagi dengizlarga qaysi dengizlar kiradi?- Yava, sulavesi, Banda, sulu dengizlari.
10. Shipisbergen orolidan nima qazib olinadi?- Toshko`mir.
11.Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalarini sanang?- Subtropik tropik, subekvatorial (2ta) va ekvatoryal iqlim mintaqalari.
12. Subtropik iqlim mintaqasiga tavsif bering?- Yozda tropik havo massalari ta`sirida harorat +300 C, +35C, yomg`ir juda kam yog`adi. Qishda mo`tadil kenglik havo massalari hukmronlik qiladi.
13. Subtropik iqlim mintaqada qaysi okean ham havo massalari ta`sirida o`simliklarning vegetatsiya davri yil davomida top`lamaydi?- Atlantika okeanidan g`arb shamollar ta`sirida.
14. Qaysi iqlim tarkibida yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq, yog`ingarchilik kam, 100-150 mm atrofida yog`adi?- Subtropik kontinental iqlim.
15. Gruziyaning Qora dengiz sohillari yillik yog`in miqdori qancha?- 3000-3500 mm.
16. Yevrosiyoning qayerlarida yog`in 100-350 mm yog`ib, asosan quruq subtropik hududlar hisoblanadi?- Ozorbayjonning Kaspiy bo`yi tekisliklari, Turkmaniston, O`zbekiston janubi.
17. Arabiston yarim oroli, Eron tog`lari va Hind daryosi havzasi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?- Tropik iqlim mintaqa.
18. Tropik iqlim mintaqaga tavsif bering?- Yozi juda issiq +30+35C, qishi iliq +18+240 C bo`lib, 500-2000 mm atrofida yog`in yog`adi.
19. Qaysi iqlim mintaqada musson iqlim tipi shakillangan bo`lib, yog`in ko`p yog`adi? – Subekvatorial iqlim mintaqa.
20. Ekvatorial iqlim mintaqa qaysi hududlarni qamrab olgan?- Shri-Lanka oroli bilan Malakka yarim orolining janubi, Osiyoning janubi-sharqidagi orollari.
21. Yava orolining yarmi va undan sharqdagi orollar, Yangi Gvineya orolining janubi g`arbi qaysi iqlim mintaqaga xos va yog`in miqdori qancha?- Janubiy subekvatorial mintaqasiga, yog`in 1000-2500 mm.
Mavzu: Ichki suvlari.
1. Amudaryo, Sirdaryo, Volga qanday havzaga tegishli?- Berk havzaga tegishli.
2.Yevrosiyo daryolari to`yinishi tipiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?- Yomg`ir, qor, muz va yer osti suvidan.
3. Daryolarning suv rejimi va to`yinishi nimaga bog`liq?- Fasllarga bog`liq.
4. Musson iqlimli o`lkalarda va ekvatorial mintaqalardagi daryolar nimadan to`yinadi?- Yomg`ir suvlaridan.
5. Yevrosiyodagi qaysi daryolar qor va yomg`ir suvlaridan to`yinadi?- Volga, Ob, Irtish, Yavsey, Lina, Pechora.
6. Qaysi daryo ko`plab loyqa oqizib keladi?- Zuanxe.
7. Yevrosiyodagi tektonik ko`llar?- Baykal, Jeneva, Issiq ko`l.
8. Kaspiy, Orol kelib chiqishiga ko`ra qanday ko`l hisoblanadi?- Qoldiq ko`llar.
9. Fetchenko muzligining uzunligi, qalinligi va eni qancha?- Uzunligi-72 km, qalinligi-1000 m, eni 1700m-3100m.
10. Onega ko`lidan qaysi daryo oqib chiqadi?- Svir.
11. Oqmas ko`llarga qaysi ko`llar kiradi?- Issiqko`l, Balxash, Kaspiy, Orol.
12. Ko`p yillik muzloq yerlar Yevrosiyoning qaysi qismida uchraydi?- Shimoliy qismida.
13. Ko`p yillik muzloq yerlar qanday hosil bo`ladi?- Yer osti suvi bilan cho`kindi jinslarning muzlashidan.
14. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi qanday o`zgarib boradi?- 0 m dan 1500 m gacha.
Mavzu: Tabiat zonalari. Sovuq va mo`tadil iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari.
1.Arktika mintaqasida qanday tabiat zonasi mavjud?- Arktika sahrolari.
2. Arktika mintaqasining tabiat zonalarida qanday o`simlik va hayvonlar yashaydi?-moh va lishayniklar o`sadi, oq ayiq, morj, tulen, oq kaklik yashaydi.
3. Tundra va Ormon tundra qaysi mintaqada joylashgan?- Subarktika mintaqasida.
4. Tundra zonasida qanday tuproq va o`simliklar uchraydi?- Tundra- gleyli, torfli-gleyli tuproqlari, mox-lishayniklar, Pakana qayin, butalar qutb qizg`aldog`i uchraydi.
5. O`rmon-Tundra zonasiga tavsif bering?- Iyulning o`rtacha harorati +110,+130C. Yog`in 300-400 mm, podzolli-gleyli, botqoq torfli-poqzolli tuproqlar tarqalgan.
6. O`simliklardan pakana qarag`ay, qayin, tilag`och, tol, hayvonlardan qutub tulkusi, qutb kakligi, rosomaxa kabilar qaysi tabiat zonasiga xos?- O`rmon-tundra zonasi.
7. Tayga zonasida qanday o`simlik va hayvonlar uchraydi?- Yevropa qoraqo`yi, qora va oq qorag`ay, kedr, tilog`ochlar o`sadi, bug`ular, qo`ng`ir ayiq, silovsin, olmaxon, qarqur kabilar uchraydi.
8. Eman, qora qayin, lipa, zarang, grab jo`ka kabi daraxtlar qanday o`rmonlarga xos?- Aralash o`rmonlar zonasi.
9. Yevrosiyoning faqat g`arbiy va sharqiy qismlarida mavjud bo`lgan, mo`tadil mintaqaga tegishli bo`lgan tabiat zona?- Keng bargli o`rmonlar zonasi.
10. O`rmon dasht va dasht zonasida qanday o`simlik va tuproqlar uchraydi?- Iloq betaga shuvoq o`sadi. O`rmonlarda sur-qo`ng`ir, dashtda qora tuproqlar uchraydi.
11. Mo`tadil mintaqaning janubida joylashgan cho`l zonasiga tavsif bering?- Yozi quruq va issiq +250 C, +320 C, yog`ingarchilik asosan bahor va kech kuzda bo`ladi, qishi sovuq tez-tez takrorlanib turadi.
12. Qaysi cho`llarda qumoq, sho`rxak, sur-qo`ng`ir, tog` etaklarida och bo`z tuproqlar hosil bo`lgan?- Qoraqum, Qizilqum, Taklamakan va Gobi cho`llarida.
13. Osiyodagi ikki o`rkachli tuya, Prjevalskiy oti, jayron sayg`oq, echkemar, toshbaqa, ilonlar va yavvoyi eshaklar uchraydigan tabiat zonasini toping?- Chalacho`l va cho`llarda.
Mavzu: Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari.
1. Subtropik tabiat zonalariga qaysi iqlim mintaqalari kiradi?- Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar.
2. Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar zonasi tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi?- Tuprog`i hosildor, jigarrang tuproqlar, bast bo`yli daraxtlar, mayda bargli tosh eman, yertut darxtlari, mirta, anjir, anor, uzum,va zaytun va sitrus mevalar.
3. Kameliya, kamforali, dafna, paparotniklar qaysi zonaga xos?- Subtropik, sernam musson o`rmonlar zonasi.
4. Subtropik chol` va chalacho`llar zonasida qanday o`simlik va hayvonlar uchraydi?- O`simlik: oq va qora saksovullar, shuvoq, yantoq, qumli majnuntol, lolaqizg`aldoqlar, iloq, hayvonlardan: jayron, sayg`oq, turli kaltakesaklar va ilonlar, kemiruvchilar, cho`l bug`usi, kalxat, yovvoyi kaptarlar, toshbaqa, quyon, tulki, yovvoyi cho`chqa, andatra, yovvoyi mushuk yashydi.
5. Qayerda yovvoyi eshshak-onagr, uchqur kiyik, sirtlon va chiyabo`ri uchraydi?- Arabiston cho`llarida.
6. Tropik savannalar zonasiga xos o«simliklar?- Baland bo`yli g`allagulli o`simliklar, sal, tik, akatsiya va palmalar o`sadi.
7. Savannalar zonasi Yevrosiyoning qayerlarida uchraydi?-Hindiston va Xindi–Xitoy yarim oroli.
8. Qaysi yarim orolda bambuklar ko`p?- Xindi-Xitoy yarim orolida.
9. Subekvatorial fasliy nam o`rmonlar zonasiga tavsif bering?- Daraxt turlariga juda boy. Yanvarning o`rtacha harorati +15 +180 Cga teng. Hindiston va Shiri Lanka orolida hozir ham yovvoyi fillar uchraydi.
10. Ekvatorial o`rmonlar zonasida uchraydigan o`simlik va hayvonlar?- Palma, mangra, hayvonlardan gibbon, oranguton, jannat qusi qora makak, kazuar, karkidon, yovvoyi buqa.
11. Bug`u, shoqol, maymunlardan dumsiz makak, jayra qaysi tabiat zonasida yashaydi?- Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar.
12. Balandlik mintaqalari qaysi tog`larda aniq namoyon bo`lgan?- Himolay va Alp tog`larining janubiy yonbag`rida.
Mavzu:
1. Tiraya nima?- Himolay tog`ining etaklarida botqoqlashgan changalzorlar.
2. Tirayalarda qanday darxtlar o`sadi?- O`t o`simliklar, sovun daraxti, mimoza, palma, bambuklar.
3. Himolay tog`larida qanday tabiat zonalari almashinadi?- Tropik nam o`rmonlar, subekvatorial o`rmonlar, subtropik doimiy yashil o`rmonlar, keng bargli, igna bargli o`rmonlar, baland b`oyli subalp va past bo`yli alp o`tloqlari.
4.Kavkaz tog`larining shimoliy yonbag`irlarida qanday balandlik mintaqalari almashiniladi?- Dasht, o`rmon-dasht, keng bargli o`rmonlar aralash o`rmonlar, igna bargli o`rmonlar, subalp va alp o`tloqlari, eng baland qor muzliklar.
5. Baland tog`lardagi mintaqalar soni qayerdan qaysi tomonga ortib boradi?- Qutblardan ekvatorga tomon.
6. Og`irligi 2 gm keladigan ko`rshapalak qayerda yashaydi?- Hindi-Xitoy.
7. Hindiston Fili necha yil umr ko`radi?- 80 yil.
8. Eng uzun chirmoviq?- Rotang bo`lib uzunligi 300 m.
9. Alp tog`laridagi alp o`tloqzorlari necha metr balandda joylashgan?- 2000-2500m.
10. «Tongi musaffolik o`lkasi” deb ataladigan davlat?- Koreya.
11. Quyidagi davlatlardan qaysilari berk havzada joylashgan?- Tojikiston, Afg`oniston, Nepal.
12. Rudolf oroli qaysi arxipelagga kiradi?- Frans iosif yeri.
13. Kukunor ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Xitoyda.
14. Rur ko`mir havzasi qaysi davlatda joylashgan?- Germaniyada.
Mavzu: Antropogen tabiat komplekslari.
1.Yevrosiyodagi qaysi hududning 80 % maydoni o`zlashtirilgan?- Sharqiy Yevropa tekisligining qora va kashtan tuproqli dashtlari.
2. Ilmen qo`riqxonasi qayso tog`da joylashgan?- Ural tog`ida.
3. Belavej pushasi milliy bog`i qaysi davlatda?- Polshada.
4. O`rta okean tog` tizmalari qachon aniqlangan?- XX asrning 50-60 yillari.
5. Miloddan avvalgi 6 asrda kim birinchi bo`lib «Yer shar shaklida «deb aytib o`tgan?- Pifagor.
6. Eng ko`p o`zlashtirilgan tabiat zonasi?- Dashtlar zonasi.
7. 690 JK va 910 G`U da joylashgan orol?- Pyotr I.oroli
8. Mezen daryosi qayerda quyiladi?- Oq dengizga.
9. Platforma so`zining lug`aviy ma`nosi?- Fransuzcha «Yassi shakl” gan ma`noni beradi.
Mavzu: Aholisi va siyosiy xaritasi.
1. Yevrosiyoda jami aholi soni qancha?- 4,6 mlr kishi (2004 yil).
2. Yevropa va Osiyo qitalarida aholi soni qancha?- Yevropada 7250,6 ming, Osiyoda 3870,5 ming.
3. Yevrosiyoda aholi zichligi qancha?- 1kv.km ga 85 kishi.
4. Yevrosiyoda aholining o`sish surati qaysi hududlarida yuqori?- O`rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi sharqida.
5. Aholi zichligi qayerlarda yuqori?- Hindiston yarim oroli, Buyuk Xitoy tekisligi va Yevropada.
6. Xitoylar, yaponlar, kareyslar, mo`g`illar, vyetnamlar, yoqutlar, nemslar, qozoqlar qaysi irqqa mansub?- Mongoloid.
7. Italiyaning shimolidagi daryo?- Po daryosi.
8. Chud ko`li qaysi davlatlar chegarasida joylashgan?- Estoniya va Rossiya.
9. Yevropadagi yirik til guruhlari?- German, Roman, Slovyan.
10. Turkiy tillar guruhiga qaysi xalqlar kiradi?- turklar, o`zbeklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg`izlar, ozarbayjonlar.
11. Yevrosiyoning eng yirik davlati?- Rossiya 17,1 mln km2.
12. Turkiya, Saudiya Arabiston, Hindiston, Ja.Koreya o`rtasidagi umumiy o`xshashlik nimadan iborat?- Yarim orolda joylashgan davlatlar.
Mavzu: Yevrosiyo hududining yirik tabiiy geografik o`lkalarga bo`linishi.
1. Tabiiy geografik rayonlashtirish deb nimaga aytiladi?- Materiklarning bir-biridan farq qiladigan muayyan qismlariga ajratish jarayoni tushuniladi.
2. Yevrosiyo hududi qanday yirik o`lkalarga bo`lingan?- Shimoliy Yevropa, O`rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Garbiy Sibr, Sharqiy Sibr, Uzoq sharq, Janubi-G`arbiy Osiyo, Old Osiyo, O`rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-G`arbiy Osiyo o`lkalari.
3. Rus olimi Musjhketot O`rta Osiyoga nima deb baho bergan?- «Yevrosiyo materigining ichidagi o`ziga xos noyob tabiatli go`zal materikdir” degan.
4. Arab davlatlari Yevrosiyoning qaysi tabiiy geografik o`lkasiga kiradi?- Janubiy Garbiy Osiyo o`lkasi.
5. Kergelen, Kroze, Xerd orollari qaysi okeanda joylashgan?- Hind okeanida.
6. Fillandiya va Karaliyada ko`p miqdorda ko`llarning mavjudligi qaysi jarayonlar bilan bog`liq?- Qadimiy muzliklarning errozion faoliyati.
7.Cho`llar keng tarqalmagan qit`a?- Yevropa qit`asi.
8. 3 ta okeanning janubi qismi bo`ylab oquvchi oqim?- G`arbiy shamollar oqimi.
9. Agar dengiz suvining sho`rligi 3 % bo`lsa, 2 tonna dengiz suvidan qancha tuz olish mumkin?- 1000g – 3 g
1000 kg — x kg
x = 3 kg
1 t da –3 kg, 2 t da –6 kg tuz bor.
10. Kim tomonidan yer shakli birinchi bor geoid deb atalgan?- V.A.Vernadskiy.
Mavzu: O`rta Yevropa.
1. O`rta Yevropaga qayerlar kiradi?- Alp-Karpat tog`lari, pastekisliklar, qadimgi yassi tog`liklar, Buyuk Britaniya va Irlandiya orollari.
2.Alp tog`lari g`arbdan-sharqqa qancha masofaga cho`zilgan?- Yoy shaklida bo`lib, g`arbdan-sharqqa 1200 km.
3. Alp tog`lari iqlimiga tavsif?- Iqlim mo`tadil bo`lib, qishi yumshoq, yozi salqin, yiliga 2000-3000 mm atrofida yog`in yog`adi.
4. Boden ko`li qaysi davlatda joylashgan?- Germaniya.
5. Italiya alpidagi qo`riqxona?- Grand-Paradiza.
6. Alp tog`larida balandlik mintaqalari shimoliy va janubiy yonbag`irlarida qanday iqlim ta`sirida shakillangan?- Shimoliy yonbag`rida mo`tadil iqlim ta`sirida, janubiy yonbag`rida subtropik iqlim ta`sirida.
7. Alp tog`larining shimoliy etaklari va yassi tog`liklarida uchraydigan tuproq turi?- podzol tuproqlar.
8.Karpat tog`lari tabiiy xususiyatiga ko`ra qanday qismlaraga bo`linadi?-3 ta:G`arbiy Karpat, Sharqiy Karpat, Janubiy Karpat.
9. Karpat tog`larining uzunligi, o`rtacha balandlikgi va eng baland joyi?- Uzunligi 1500 km, o`rtacha balandligi –800-1200 m, eng baland joyi Baland Tatra tog`idagi Gerlaxovski-Shtof 2655 m.
10. Karpat tog`lari iqlimiga tavsif?- Iqlimi biroz kontinentalroq, Yanvarning o`rtacha harorati –30 –50 C. Tog` etaklarida yoz issiq o`rtacha harorat +17 +200 C.
11. Karpat tog`larida dashtlar nima deb ataladi?- Pushta.
12. O`rta Yevropada eng ko`p yog`in qayerda tushadi?- G`arbiy yonbag`riga 3000-3500 mm.
13. Qaysi tog`da 15-27 km uzunlikdagi muzliklar bor?- Alp tog`larida.
14. Poloni nima?- Karpat tog` yaylovlari.
15. Karpat tog`larida qanday hayvonlar uchraydi?- Qo`ng`ir ayiq, to`ng`iz, silovsin, olmaxon, suvsar.
16. Karpatning eng katta tabiiy boyligi?- Tog` o`rmonlaridir.
Mavzu: Sharqiy Yevropa.
1. Sharqiy Yevropa tekisligining maydoni?- 4 mln km2.
2. KMA va Krivoy-Rog konlaridan nima qazib chiqariladi?- Temir rudasi.
3. Sharqiy Yevropa tekislikligida qanday ko`mir havzalari mavjud?- Moskva yoni, Donetsk, Pechora ko`mir havzalari.
4. Sharqiy Yevropa platformasining yuza qismi qanday yotqiziqlar bilan qoplangan?- Hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlar bilan.
5. Sharqiy Yevropa tekisligida qaysi hududlarida neft va yonuvchi slanes konlari bor?- Volga-Ural rayoni va Pechora havzalaridan neft, Boltiqbo`yidan yonuvchi slanes konlari bor.
6.Donetsk, Timan o`rtasidagi umumiylik?- Kryajlar.
7. Sharqiy Yevropa tekisligi qanday dengizlar bilan chegaralangan?- Shimolda Barens va oq dengizlar, janubda Azov, Qora va Kaspiy dengizlari bilan chegaradosh.
8.Sharqiy Yevropa iqlimiga tavsif?- Tekislikning g`arbida qish yumshoq (-60,-80 C), sharqida sovuq (-100, -200 C). Yozi salqin (+180,+220 C). Janubi-sharqida (+250,+290C) issiq jazirama yog`in miqdori (800-600 mm) sharq tomonga kamayib boradi.
9. Eng kam yog`ingarchilik qayerda kuzatilgan?- Kaspiy bo`yi pastekisligida 200 mm.
10. Volga, Dnepr, Ural daryolari qaysi tomonga oqadi?- Janubga oqadi.
11. Sharqiy Yevropaning asosiy ko`llari?- Ladoga, Onega, Kaspiy bo`yidagi Elton, Bosqunchoq.
12. Qaysi daryolarda suv omborlari barpo etilgan?- Volga, Kamadon va Dnepr daryolari.
13. Sharqiy Yevropa tekisligida nima yaqqol ifodalangan?- kenglik zonalligi.
14. Sharqiy Yevropa tekisligini qaysi qismida ko`llar ko`p?- Shimoliy-G`arbida.
Mavzu: Sharqiy Osiyo.
1. Sharqiy Osiyoga qayerlar kiradi?- Xitoy davlatining sharqiy qismi Kareya yarim oroli, Yapon va Filippin orollari.
2. Sharqiy Osiyo zaminida qanday platformalar yotadi?- Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy.
3. Buyuk Xitoy pastekisligining markaziy qismida qaysi tog` mavjud?- Shandun tog`i.
4. Buyuk Xitoy pastekisligi iqlimiga tavsif?- Shimolda qish quruq sovuq(-60 C), janubda iliq +30 C. Yozi issiq dengiz sohillarida iyulning o`rtacha harorati +260 C. Yillik yog`in shimolda 500 mm, janubda 1000 mm.
5. Sharqiy Osiyoning eng yirik ko`li?-Tayxu ko`li.
6. Buyuk Xitoy pestekisligida qanday tuproqlar tarqalgan?- Unumdor qo`ng`ir tuproqlar.
7. Sharqiy Osiyo o`lkasining janubiy qismlarini qanday tog`lar egallagan?- Janubiy Xitoy past burmali tog`lari.
8. Sharqiy Osiyo o`lkasining qayerlarida paxta, shakarqamish, apelsin, mandarin, ananas va bananlar yetishtiriladi?- Xuanxe va Yansi daryolari havzalarida.
9. Sharqiy Osiyoning asosiy ekini nimalar?- Sholi va Xitoy choyi.
10. Sharqiy Xitoyda qanday konlarning zaxirasi juda katta?- Toshko`mir va temir rudasining.
11. Janubiy Xitoy past burmali tog`lari qaysi foydali qazilmalar bilan mashhur?- Qalay va Volfram.
Mavzu: Markaziy Osiyo.
1. Markaziy Osiyo hududiga qayerlar kiradi?-Xitoy va Mangoliya hududidagi tog` va cho`llar kiradi.
2. Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy qismidan qaysi seysmik mintaqa o`tadi?- Alp-Himolay.
3. O`lkaning eng yosh tog`i?- Qoraqum tog`i.
4. Tog`li hududlarda va botiq cho`kmalarda qanday jinslar paydo bo`lgan?- Tog`li hududlarda magmatik va metomorfik botiq va cho`kmalarda cho`kindi jinslar.
5. Rudali, nodirmetal konlarining hosil bo`lishi nimaga bo`glaiq?- magmatik va metomorfik jinslarga.
6. Markaziy Osiyoning eng baland va eng past joylari?- Taklamakon cho`lidagi Tarfan botig`i (-154 m) past joyiQoraqurum tizmadagi Chogoru cho`qqisi 8611 m eng baland.
7.Yonuvchi va norudali konlar nima bilan uzviy bog`liq?- Cho`kindi jinslar bilan.
8. Markaziy Osiyo o`lkasining asosiy relyaf shakllariga qayerlar kiradi?- (Tog, tog`lik, tog` oralig`idagi botiqlar) Tibet tog`ligi Qoraqurum, sharqiy Tyanshan, Oltoy, Milenlun tog`lari Taklamakon botig`i, Gobi cho`li.
9. Ol`ka iqlimiga tavsif bering?- Ol`kaning janubiy-sharqiy qismidagi tog`lar(Tibet, Kuklun) sharqiy yonbag`rida 1000 mm yog`in. Yanvarning o`rtacha harorati shimolda –240 C, (iyulda +160 C) markazida (Taklamakon ch) –80 C (iyulda +240 C), janubida (Tibet t)-200 C (iyulda +100 C) atrofida.
10. Markaziy Osiyoning qaysi daryolari qurib qoladi?- Tarim, Zulayho.
11. Markaziy Osiyoda qanday sho`r ko`llar bor?- Lobnor, Kukunor, Ubsu-Nur ko`llari.
12. O`lkaning chuchuk ko`llari?- Bagrashko`l, Orin-Nur ko`li.
13. Markaziy Osiyoda qanday tabiat zonalari hosil bo`lgan?- O`rmon dasht, chalacho`l, cho`l zonasi.
14. Tyanshan turkcha qanday ma`noni bildiradi?- Tangri tog`.
Mavzu: Janubiy Osiyo.
1. Janubiy Osiyoga qayerlar kiradi?- Eng baland Himolay tog` tizmalari, yosh tog`liklardan tashkil topgan Hindiston ya.oroliva allyuvutl yotqiziqlardan hosil bo`lgan Hind-Gand pastekisligini.
2. Himolay tog`i qayerda joylashgan?- Tibet tog`ligi bilan Hind-Gand pastekisligi oralig`i.
3. Himolayning uzunligi, eni va o`rtacha balandligi?- Uzunligi 2400 km, eni 200-300 km, o`rtacha balandligi 6000 metr.
4. Himolay tog`lari iqlimi qaysi iqlim mintaqalariga xos?- Tropik va subekvatorial iqlim mintaqa.
5. Himolay tog`larida qanday hayvonlar uchraydi?- Himolay ayig`i, tog` qo`yi, yovvoyi yohlar turli kemiruvchi hayvonlar yashaydi.
6. Himolay to`g`laridan janubda uzunligi 3000 km ga boradigan qaysi pastekislik joylashgan?- Hind-Gand pastekisligi.
7. Hind-Gand vodiysida qanday iqlim tarkib topgan?- Hind vodiysida tropik, Gand vodiysida subekvatorial.
8. Tar cho`liga qancha yog`in yog`adi?- Yiliga 100-150 mm.
9. Gand va Braxmaputra deltasida qanday o`rmonlar bor?- Qalin mangrazorlar va doimiy yashil o`rmonlar bor.
10. Hindiston yarim orolining asosi nimadan iborat?- Eng qadimgi Hind platformasidan.
11. Hindiston yarim orolining eng baland joyi?- Anaymudi tog`i-2698 m.
12. Hindiston yarim orolida qanday qazilma boyliklar mavjud?- Temir va marganes rudalari, oltin, olmos, granit, ko`mir va neft konlari bor.
13. Hindiston yarim orolining iqlimiga tavsif bering?- Iqlimi subekvatorial musson iqlim.Yanvarning o`rtacha harorati +260C, iyun oyida +400C oshadi. Yog`in miqdori 1000 mm dan 3000 mm gacha.
14. Hindiston yarim orolining eng yirik daryolari?-Maxonadi, Gadavari, Krishna.
15. G`arbiy gat tog`larida, daryo deltalarida va markazida qanday tabiat zonalari tarqalgan?- G`arbiy Gat tog`larida doimiy yashil nam tropik o`rmonlar, markazida savanna o`rmonlar.
16. Dekan yassi tog`ligining katta qismida qanday tuproqlar tarqalgan?- Qizil va qora tropik tuproqlar.
17. Hindiston yarim orolida qanday hayvonlar yashaydi?- Hindiston fili, yovvoyi ho`kiz, yo`lbars, maymunlar.
Mavzu: Janubi-G`arbiy Osiyo.
1. Janubi-G`arbiy Osiyoga qayerlar kiradi?- Arabiston yarim orolidagi davlatlar.
2. Arabiston yarim oroli qaysi erada Afrika platformasidan ajralib Yevrosiyo plitasiga qo`shilgan?- Kaynazoy.
3. O`lkaning shimoliy qismidagi hududlar qaysi burmalanishda k`otarilgan yosh tog`lar zanjiridan iborat?- Alp tog` burmalanishi.
4. Arabiston yarim orolining tog`li qismidan nima qazib olinadi?- Fosfarit.
5. Arabiston yarim orolining eng baland va eng past joylari?-Eng baland joyi Tiahama tog`i 3760 m, eng past joyi nuqtasi O`lik dengizi (-405 m).
6. Janubi-G`arbiy Osiyo iqlimiga geografik tavsif bering?- Shimoliy qismi subtropik, qolgan qismi tropik iqlim mintaqasiga to`g`ri keladi. Yog`inlar O`rta dengiz sohili va Tiahama tog`larida 1000 mm gacha yog`sa, qolgan hududlarda 100 mm dan kam yog`adi/ Cho`llarda garmsel-issiq samum shamollar.
7. Mesapatamiya pastekisligida qanday tabiat zonasi tarkib topgan?- Chalacho`llar zonasi.
8. O`lkada qanday o`simlik va hayvonlar k`op uchraydi?- Shuvoq, iloq, yantoq, saksovul, cho`l vohalarida xurmo, palma, dengiz sohilida kofe, bug`doy yetishtiriladi. Ohu, tuya, turli kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar uchraydi.
9. O`lkaning qayerlarida qumli qumoq, taqir tuproqlar tarqalgan?- Tropik va qisman subtropik cho`llarida.
10. Slavakiya qaysi davlatlar bilan chegaradosh?- Polsha, Ukraina, Vengriya, Avstriya, Chexiya bilan.
11. San Matvey oroli qaysi dengizda joylashgan?- Bering dengizi.
12. Hindiston yarim ororli asosan qaysi iqlim mintaqada joylashgan?- Subekvatorial.
Mavzu: Dunyo aholisi soni, o`sishi, joylashish xususiyatlari.
1. Dunyo aholisi eramizning boshlarida 1000 yilda, 1500-yillarda qancha kishiga yetgan?- Eramiz boshida 230 mln, 1000-yilda 305 mln, 1500-yilda 440 mln kishiga.
2. Oxirgi 1000 yillikda aholining 2 baravar ko`payishi uchun necha yil kerak bo`lgan?- 600 yil.
3. BMT ma`lumotiga ko`ra 1999 yil 12-oktabrda dunyo aholisi qancha edi?- 6 mlrd kishi.
4.Dunyo aholisi qachon 6,3 mlrd kishini tashkil etgan?- 2003 yil.
5. Dunyo aholisi har minutda, har kuni va har yili qanchaga ko`paymoqda?- Har minutda 150 kishi, har kuni 22000 kishi, har yili 80 mln kishiga ko`paymoqda.
6. Demografik portlash nima?- Aholining juda tez suratlar bilan o`sishi.
7. Qaysi davlatlarda aholining o`rtacha umr ko`rish davri 37-40 yoshni tashkil etadi?- Mali davlati, Syerra-Leone, Zambiya, Gvineya.
8. Eng uzoq umr ko`radigan xalqlar?- Yaponlar.
9. Qaysi davlatlarda o`rtacha umr ko`rish davri 79-80 yoshni tashkil etadi?- Shveysariya, Shvetsiya, Islandiya, Fransiya, Italiya.
10. Dunyo aholisi o`rtacha zichligi qancha?- 1 kv km ga 46 kishi.
11. Qaysi davlatda aholi zichligi 925 kishini tashkil etadi?- Bangladej.
Mavzu: Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasi.
1. Dunyoning siyosiy xaritasi mazmuniga ko`ra necha xil?- 2 xil: qisqa ma`noda, keng ma`noda.
2. «Bo`lingan dunyoni qaytadan bo`lish” uchun kurash qachon boshlandi?- XIX asrning oxiri XX asr boshlarida.
3. SSSR qachon paydo bo`lgan?- 1917 yil.
4. Dunyo siyosiy xaritasidagi eng yirik o`zgarishlarga nimalar kiradi?- SSSR, Chexoslovakiya davlatlarining bo`linishi, yagona Germaniya davlatining paydo bo`lishi.
5. «Yettilik” mamalakatlariga qaysi davlatlar kiradi?- AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Briyaniya, sakkizinchisi-Rossiya.
6. Kipr, Islandiya, Madakaskar o`rtasidagi o`xshashlik?- Orollarda joylashgan.
7. Arxipelaglarda joylashgan davlatlar?- Yaponiya, Filippin, Indoneziya.
8. Ijtimoiy rivojlanish darajasiga ko`ra davlatlar qanday guruhlarga ajratiladi?- 2 ga rivojlangan va rivojlanmagan davlatlar.
9. Davlatlar boshqaruv shakliga ko`ra qanday guruhlarga ajratiladi?- 2 xil-respublika va monarxiya.
10. Mutloq monarxiya tuzumidagi davlatlarni ajrating?-Vatikan, A.Arabiston.
11. Dunyodagi davlardan qancha qismi Respublikalar gisoblanadi?- Barcha mamlakatlarning 75 %i Respublika.
Mavzu:
1. Tabiat nima?- Bizni o`rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish manbayidir.
2. Inson nima?- Murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatining yurgazuvchi tirik organizm-individdir.
3. Tabiat boyliklarini nechta asosiy guruhga ajratish mumkin?- 5 ta- mineral, iqlimiy, suv, yerva biologik boyliklar.
4. Rudali foydali qazilmalarga nimalar kiradi?- Temir,mis, olmos, oltin, uran.
5. Noruda meneral boyliklarga nimalar kiradi?- Oltinguggrt, neft, gaz, fosforit va boshqalar.
6. Tabiat komplekslari inson ta`siri darajasiga ko`ra qanday guruhlarga ajratiladi?- Tabiiy lanshaftlar, tabiiy antrapogen lanshaftlar, antrapogen lanshaftlar.
7. Tabiiy lanshaftlarga nimalar kiradi?- Antarktida, Sh.Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog`lar, cho`llar, qalin o`rmonlar.
8. Yaylovlar, lalmikor yerlar qanday lanshaftlar guruhiga mansub?- Tabiiy-antropogen lanshaftlar.
9. Shaharlar lanshafti qachon shakllana boshlangan?- 5-4 ming yil muqaddam.
10. Amerika qit`asidan Yevrosiyo va Afrikaga qaysi o`simliklar keltirilgan?- Makkajo`xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garimdori, kakao, loviya, qovoq, ananas.
11. Quldorlik tuzimi davrida qaysi davlatlar hosil bo`lgan?- Qadimgi Misr, Karfagen, Gutsiya, Rim, Vaviloniya.
12. Butun dunyoda tabiatga chiqadigan qattiq chiqindilar miqdori qancha?- 12 mlrd tonna.
13. Dunyo okeaniga har yili necha mln tonna neft tushmoqda?- 10 mln tonna.
14. 2000-yilda millioner shahrlar soni nechtaga yetgan?- 220 ta.
15. Eng ifloslangan okean qaysi?- Atlantika.
16. Jahonda bir yil davomida qazib olinadigan rudalar va qurilish materiallari qancha tonna?- 125 mlrd tonna.
17. Qizilkitobning nechta turi mavjud?- 3 ta turi: Xalqaro, milliy, mahalliy.
18. Osiyoning qaysi qismida harakatdagi vulqonlar ko`p?- Sharqiy.
19. Omolon daryosi qaysi daryoning irmog`i hisoblanadi?- Kolima.
20. Xammerfest shahri qaysi davlatga qarashli?- Norvegiyaga.
21. N.Norfolk davlati qaysi davlatning mustamlakasi hisoblanadi?- Avstraliya.
22. Aleut orollari tarkibiga qaysi orollar kiradi?- Unalashka, bogoslov, umnak, anderyan, amchitka, kiska, agattu, attlu orollari.
Jizzax shahar 29-umumiy o`rta ta`lim maktabi
geografiya fani o`qituvchisi Bekzod Yusupov
tajribasidan foydalanildi.

16 комментариев к “Abituriyentlar uchun 6-sinf savol-javoblari”

  1. Уведомление: use this link

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: magic mushrooms for sale oregon​

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: wow slot

  7. Уведомление: ruger mark iv threaded barrel

  8. Уведомление: PITOBI

  9. Уведомление: maxbet

  10. Уведомление: 홀덤

  11. Уведомление: DMT vape pen for sale online Victoria

  12. Уведомление: 相沢 みなみ 動画

  13. Уведомление: u31 com

  14. Уведомление: https://www.hkcc.org.hk/acms/ChangeLang.asp?lang=eng&url=https://phforums.co.za/sunbet-south-africa-betting-guide-2023/

  15. Уведомление: https://friends.mbober.de/toggle_mobile?off=1&address=https://gasdank.com/

  16. Уведомление: Study Medicine in Nigeria

Комментарии закрыты.