Addiktiv ( tobelik) xulq-atvor sabablari

DO`STLARGA ULASHING:

Addiktiv ( tobelik) xulq-atvor sabablari
Addiktiv (tobelik) hulq-atvor – bu shaxs xulqining, biror narsaga berilgaligi bilan bog‘liq (ingliz tilidan, addiction — moyillik, yomon odat) hulqiy og‘ish shakllaridan biri. Bunda odam qanday obyektga qaram bo‘lib qolganligi, unga juda ham bog‘lanib qolganligi, bu obyektdan lazzat olishligi tushuniladi. Bunday obyekt qaram bo‘lib qolgan odam ustidan hukmron bo‘lib qoladi.
Agar biror obyektga bog‘liqlik juda kuchli bo‘lmasa, shaxs sog‘ligi va ijtimoiy mavqeiga katta xavf solmasa, uning me’yoriy xulqini buzmasa, buni oddiy yomon odat deb atash mumkin.
Tobelik (addiktiv) xulqi qaysi obyektga berilganligiga bog‘lik holda
ko‘plab turlarga bo‘linadi. Hayotda eng ko‘p tarqalgan qaramlik obyektlari bu psixoaktiv moddalardir (yashirin va yashirin bo‘lmagan giyohvandlik moddalari), qimor o‘yinlari, shirinliklar, shahvoniylik, diniy guruhlar hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda kompyuterga qaramlik ham juda tez tarqalmokda.
Har qanday bog‘liqlikda odamning tabiiy ehtiyojlari yotadi. Lekin, muayyan sharoitlarda ba’zi obyektlar shaxs uchun hayotiy muhim obyektlarga aylanishi, ularga bo‘lgan ehtiyoj esa kuchayib nazoratdan chiqib ketishi mumkin.
Tobelik xulqining turli shakllari bir-biri bilan tutashishi yoki biri-biriga o‘tishi mumkin, chunki o‘z faoliyati umumiy mexanizmiga ega bo‘ladi. Masalan, o‘taketgan kashanda, sigaretlardan voz kechsa, doimiy ravishda ovqat yegisi keladi. Geroinga qaram bo‘lgan odam, uni qabul qilishni to‘xtatsa, alkogolli ichimliklarga berilib ketishi mumkin.
Tobelikning psixologik mexanizmlarining o‘xshashligi shundaki, ularda o‘z ruhiy va jismoniy holatini suniy ravishda o‘zgartirib, real hayotdan qochishga intilish holatlari yuzaga keladi.
Tanlangan vositadan qatiy nazar addiktiv xulqning maqsadi, bu oddiy hayotdan, zerikishdan, yolg‘izlikdan, hayot qiyinchiliklaridan qochishdir. Bu bo‘shashish va kuchli ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirish holatida ifodalanadi. Barcha qaramlilik vositalari, ayniqsa, giyohvandlik moddalari, muayyan vaqtga ijobiy hissiyotlarni paydo qilish (hursandchilik, baxtiyorlik, rohat, ruhiy va jismoniy qulaylikni sezish) yoki salbiy hissiyotlarni bartaraf etish (xavotirni, xafalikni, aybdorlik hissini, zerikishni, yetishmovchilikni unutish) xususiyatiga ega. Tobelik xulqi deb, shunday holatda aytiladiki, unda odam qayta-qayta qandaydir qoniqishni kutib, bir xil usul tutadi.
Addiktiv xulq birdaniga paydo bo‘lmaydi. U qaramlikni beto‘xtov shakllantirish va rivojlantirish jarayonidir. Bu giyohvandlik misolida juda yaxshi kuzatiladi. U ruhiy (psixologik) holatni yaxshilaydigan giyohvandlik moda bilan tanishishdan boshlanadi. Ijobiy hissiyotlarni olish, kelgusi giyohvandlik moddalariga qaramlilik obyekti bilan qayta uchrashishga undaydi, ular tez-tez qaytariladi va oxir oqibat muntazam faoliyatga aylanadi. Bu mazkur giyohvandlik moddasini nihoyatda qadrlash munosabatini paydo qiladi. U esa uy-fikrlar, esdaliklar, xayollar o‘rnini egallaydi, mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga tanqidiy qarash munosabatni kamaytiradi. Odam o‘zining bog‘liqligini oqlash va himoyalashni boshlaydi, bu moddani ortiqcha ishlatish zarari to‘g‘risidagi axborotga ishonchsizlik bilan qaraydi. Oldingi qadriyatlar va qiziqishlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Giyohvandlik moddaga intilishi shunchalik kuchli bo‘ladiki, odam bu yo‘lda har qanday to‘siqlarni yengishga qodir bo‘ladi. Shu bilan birga, u o‘z qaramligini tan olgisi kelmaydi, bu esa unga yordam berishni qiyinlashtiradi va atrofdagilar bilan munosabatlarni murakkablashtiradi. Ijtimoiy moslanishdan chiqish belgilari ko‘payib boradi.
Addiktiv xulq rivojlanishining quyidagicha izchil zanjirini tuzish mumkin: tatib ko‘rish (o‘z tajribasida sinab ko‘rish) — goh-goh iste’mol qilish – muntazam iste’mol qilish (ortiqcha berilish) – ruhiy qaramlik —
jismoniy qaramlik.
Bunday xulq yaqqol o‘zini buzib boruvchi xarakterga ega. Zero, u so‘zsiz organizm va shaxs buzilishiga olib keladi. Uning shakllanishiga qator psixologik va ijtimoiy omillar ta’sir etadi.

Оставьте комментарий