Al Farobiy falsafiy psixologik qarashlari

DO`STLARGA ULASHING:

Al Farobiy psixologik qarashlari
 
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda qator-qator olimlar, mutafakkirlar yashab ijod etgan.  Ular faqat dinga talluqli fanlardangina rivojlanib qolmasdan, ilm-fanning shunday sohalari: riyoziyot,  falsafa, astranomiya, meditsina, pedagogika, anatomiya, etika-estetika, psixologiya va hakazo fanlar bo’yicha butun jahon tan oladigan darajada ilmiy asarlar yaratgan. Bu asarlarni faqat O’rta Osiyo kitobxonlari o’qib qolmasdan, balki butun jahondagi taraqqiyparvar mutafakkirlar ham o’quv risolasi sifatida foydalangan, ana shunday olimlardan biri Abu Nosir Muhammad Ibn Tarxan (Al Farobiy)-870-950 yillarda Farob shahrida tug’ilgan. Farobiy Aristotel’ va Platonning ishlarini O’rta Osiyoda keng ommalashtirgan, shuning uchun  g’arbda ikkinchi muallim degan nom olgan.
Farobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etika-estetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq-tushunchasi Farobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb  hisoblaydi. CHunki xarakterdagi  har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. SHunga asosan inson  ahloqini faqat yaxshi tomonga  qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:
  1. hurmatsizlik
  2. ahloqsizlik
  3. o’zgaruvchanlik
  4. ikkilanish
Bundan tashqari Farobiy tarbiyaning qattiq va yumshoqligi haqida ham o’z fikrlarini bayon qiladi. Bu o’z navbatida tarbiya psixologiyasining asosiy g’oyasi va metodlaridan biri hisoblanadi. Uning fikricha shogirdga ta’lim-tarbiya berishda  haddan tashqari qattiqqo’llik ustozga nafrat  hissini uyg’otadi. Uning ruhida o’z ustoziga nisbatan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Tarbiyadagi haddan tashqari yumshoqlik esa, shogirdga  ustozga nisbatan mensimaslik hissini yuzaga ketiradi. U o’z ustozini aldashga va ustidan kulishga harakat qiladi, deb tushunadi. Farobiy psixologiya sohasida aniq bir asarlar yozmagan bo’lsa ham u Aflotun (Aristotel’) psixologiyasining asoslarini mahalliy sharoitda moslashgan holda talqin qiladi va buning oqibatida O’rta Osiyo falsafiy qarashlariga xos bo’lgan psixologik dunyoqarashlar shakllandi.
Farobiyning ilm-fan sohasidagi qarashlari o’zidan keyin yashab o’tgan mutafakkirlar-Beruniy, Ibn Sino o’z ta’sirini o’tkazdi va o’z navbatida bu  mutafakkirar Farobiyni o’zlarining ustozlari deb hisoblaydi.

Оставьте комментарий