«Assalom — Geometriya» nomli dars ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

Mavzu: Assalom GЕOMЕTRIYA
Dars tipi: Noananaviy. O‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan geometriya fani bo‘yicha olgan tushunchalarini mustahkamlash;
Maqsad:
1) Ta’limiy: I bob bo‘yicha olingan bilimlarini kengaytirish, takrorlash orqali mustahkamlash;
2) Tarbiyaviy: Geometriya fanini sevib o‘rganish, har bir darsda fanning hayotga zarur ekanligini anglay olishga o‘rgatish, geometrik so‘zlar, jumlalarning hayotdagi ma’nosini anglatib borish;
3) Rivojlantiruvchi: Aqliy faoliyati, tasavvurini rivojlantirish, xotirani charxlash;
4) Kasbga yo‘llash: Arxitektorlik, muhandislik, agronomlik kasblariga qiziqishni uyg‘otish;
5) Mafkuraviy maqsad: Ajdodlarimizning geometriyani rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatish orqali ma’naviy yuksaltirish.
Dars uslubi: Og‘zaki, yozma, ko‘rsatmali
Dars usuli: Hamkorlik usuli.
Darsning fanlar bilan bog‘liqligi: Ona tili, adabiyot, geografiya, tasviriy san’at.
Darsning jihozlari: Darslik, plakatlar, o‘lchov asboblari, obruch lenta, mix qoqilgan taxta.
Dars bosqichlari:
I. Tashkiliy qism.
II. Dars mavzusi bo‘yicha takrorlash.
III. Didaktik o‘yinlar.
IV. Yakuniy qism
Darsning borishi:
Assalomu – alaykum hurmatli ustozlar. Bugun o‘quvchilar geometriya fanidan olgan bilimlarini namoyish etishadi.
Misr, Bobil, Osiyoda, Geo – yer, metriya – o‘lchash,
Unga asos solishdi. Hamda Yevklid, “Negiz”lari.
Yunonlar esa tezda, Arximed, Appoloniy va
Nom ham qo‘yib olishdi. Erotosfen ildizlari.
Xorazmiy “Yuduzlar”i, Shakllarning tizilishi,
Stereo va planum. Barcha fanlar asosi bu,
Fazo – tekislik izlari, Ana shunday tuzilishi,
Go‘zalliklar jilosi bu. Handasidir atalishi
Matematika fanlar ichra shoh,
Algebra-geometriya o‘ng-so‘l vazirlar.
Barcha shakl jismlar siridan ogoh,
Shuning uchun chuqur o‘rganishga arzirlar.
Eng sodda shakldan boshlab ta’rifni,
Bugun bilganlarimiz aytamiz bir-bir.
She’riyat va shakl bog‘ida chin ma’rufni,
Tinglab tomosha aylangiz huzur.
Nuqta.
Gap so‘ngida keladi, Birinchi u qo‘yiladi.
O‘zi kichkina bo‘ladi. Kungaboqar, quyosh, gul,
Shakl chizganda doim, U bilan go‘zal butkul.
Geometriyada hech qanday o‘lchamga ega bo‘lmagan eng sodda shakl nuqtadir, nuqtalarning har qanday to‘plami geometrik shakldir.
To‘g‘ri chiziq.
Hamisha to‘g‘ri ravon, Aniq chegara, dovon.
Shakllar uchun Narvon. Tortavering bu qiziq,
Tekislik uchun har on, Nomidir to‘g‘ri chiziq.
To‘g‘ri chiziq cheksiz shakl bo‘lib, chizmada uning bir qismini aks ettirish mumkin.
1-xossa. Ixtiyoriy to‘g‘ri chiziqni tanlasak, shu to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lgan nuqtalar ham, tegishli bo‘lmagan nuqtalar ham mavjud.
Ikki nuqtadan faqat bitti to‘g‘ri chiziq o‘tadi.
2-xossa. To‘g‘ri chiziqdagi uchta nuqtadan bittasi va faqat bittasi qolgan ikkitasining orasida yotadi.
Tekislik.
Barcha nuqtalar bo‘lib jamul-jam,
Hosil bo‘lar har qanday tekislik ham.
Tekislikning ixtiyoriy ikki nuqtasidan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning barcha nuqtalari shu tekislikda yotadi.
Masofa.
Ikki nuqta aro yugurib-yelib, “Masofa”man deydi tinglang bu qiziq.
Uni tutashtirar bir nechta chiziq. Uning uchta ajoyib xossalari bor,
Ular orasidan eng qisqasi kelib, “Masofa”ni o‘lchash uchun asboblar darkor.
1-xossa. Ikki A va V nuqtalarning biridan ikkinchisigacha bo‘lgan masofa noldan kattadir, ya’ni: | AV | >0
Agar nuqtalar ustma-ust tushsa, masofa 0 ga teng bo‘ladi, ya’ni | AV | =0
2-xossa. Har qanday A va V nuqtalar uchun A dan V gacha bo‘lgan masofa V dan A gacha bo‘lgan masofaga teng, ya’ni: | AV | = | VA |
3-xossa. Har qanday A,V va S nuqtalar uchun | AS | masofa | AV | va | VS | masofalar yig‘indisidan katta emas, ya’ni | AS | < | AV | + | VC |
Nur.
Bir nuqtadan boshlanar, Sonlar ila yo‘ldoshda.
Cheksiz yo‘lga otlanar. To‘g‘ri chiziqqa qarindoshda,
O‘xshatamiz quyoshga, Uning nomi nur atalur.
Yarim to‘g‘ri chiziqlarning har biri ikkinchisini to‘ldiruvchisi deyiladi. Yarim to‘g‘ri chiziqlarning har biri boshi 0 nuqtada bo‘lgan nur deb ham ataladi.
Kesma.
To‘g‘ri chiziq ustida, Uzun tayoqcha Narvon.
Hayrondir ikki nuqta. Ularni tutashtirdi,
O‘ylar qayerlarda tursak deb, Ajoyib shakl qurdi.
Qanday shakl qursak deb. Nomi juda ham osin,
Yugurib kelar shu on, Qani marhamat kesmajon
Aylana.
Ninasin qo‘yib yerga, Rasmda jonlantiring.
Qalamni aylantiring. Ne sinoat bor bundan,
Teshikkulcha shaklini, Barchasin ayting dildan.
Doira.
Aylanadan bir farqim, Meni doim har tomondan,
Mening doim qornim to‘q. Chegaralab yuradi,
Bu dunyoda aylanadan, Segment, sektorlarimni ham
Boshqa zo‘rroq do‘stim yo‘q. Yoyga tortib turadi.
Burchak.
Burchaklarmiz, burchaklar, O‘tkir, o‘tmas va to‘g‘ri,
Uchchovlon kuyunchaklar, Shakllarning eng zo‘ri.
III. Didaktik o‘yinlar.
1) Uch – sariq, ko‘k va yashil rangdagi qog‘ozlar tarqatiladi. Ularni buklash yordamida o‘tkir, o‘tmas va to‘g‘ri burchaklarni hosil qiling.
2) Tayanch so‘zlardan matematik diktant.
Tayanch so‘zlar
1. Negiz 6. Planimetriya
2. Inshoot 7. Ruletka
3. Proyeksiyalash 8. Hakka
4. Kartografiya 9. Bissektrisa
5. Stereometriya 10. Segment.
3) Topishmoq she’rlar yordamida geometriya qasrini barpo etish.
Bir nuqtadan bir xil, Sevaman teng so‘zini,
Uzoqlikda yotaman. Topaman sirt yuzini,
Tutashtiring birma-bir, Tanam bo‘lsa kuch-g‘ayrat.
Men shaklimni olaman. O‘zim oddiy kvadrat
Ixtiyoriy ikki nuqtam, Chizganingda burchagim,
Vatarimdir shubhasiz. To‘g‘ri bo‘lsin o‘lchagim.
Markazdan o‘tsa agar, Boshlig‘imz ko‘pburchak,
Diametrdir shaksiz. Menchi to‘g‘ri to‘rtburchak.
Diametrning yarmi, Ko‘pburchaklar ichida,
Radius deb ataladi. Men kenja kichigiman.
Elementlarim bari, Mustahkamlik bobida,
Menga jilo beradi. Zo‘ri va kuchlisiman.
Har bitta xossamni, O‘tmasu, to‘g‘ri, o‘tkir,
O‘rganingiz sizlar ham. Bo‘lar burchagim turi.
Amalda qo‘llab uni, Meni bilganga hurmat,
Qiling buyuk ishlar ham. To‘la dilimning to‘ri.
Aylana.
To‘g‘ri chiziqni biror nuqta, Oddiy yerning yuzidan,
Bo‘lsin ikki bo‘lakka. To kosmik fazogacha.
Har bir qismi haqida, Kundalik turmush-hayot,
Aytaylik shu tariqa. Quyosh, suv, havogacha.
Nurlar deb ataladi, Hisob-kitobsiz aslo,
Unig har bir bo‘lagi. Yashab bo‘lmas hech qachon.
O‘rganingiz siz albat, Qudratli shu fan uchun,
Bo‘lar bir kun keragi. Bosh element nuqtajon.
Yakuniy qism.
Har bir fanning o‘z o‘rni bor, Bilim inson hayotini,
Bu jumlai-jahonda. Boyitadi, bezaydi.
O‘qi do‘stim takror-takror, Ilmlilar hamma joyda,
Qolmay desang armonda. Minglar ichra o‘zadi.
Biz ham vatan kelajagin,
Qurmoq uchun nurli-ozod.
Tinmay o‘qib va izlanib,
Bo‘laylik elga qanot.

Uchquduq tuman 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Hamdamova Marhabo Sadriyevna

Оставьте комментарий