Baliq go’shti haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Boshqa go’shtlarga nisbatan baliq go’shtida turli xil oziq moddalar ko’proq bo’ladi. Tarkibida oqsil, yog’, fosfor, temir, kaliydan tashqari yod, ftor, vitaminlardan B, D, A bor. Baliq go’shti yengil hazm bo’ladi.
Baliq go’shti – oqsil manbai. U ko’pgina mamlakat aholisi ovqat ratsionining zaruriy qismini tashkil etadi.
Yaponlarning asosiy taomi baliq go’shtidir. Tosh asri kishilarning taomi ham baliq go’shti bo’lgan ekan.
Dunyoda yiliga 70 million tonna baliq tutiladi. 2000 yilga borib baliqqa ehtiyoj dunyoda 130-135 million tonnaga yetdi. Shundan 20-25 million tonnasi baliq uni olish uchun ketadi. Tutilgan baliqning 70 prosentini kishilar taom tayyorlashda ishlatadilar. Boshqa go’shtga nisbatan baliq go’shtida biriktiruvchi to’qima oz bo’ladi. Baliq go’shtini hamma iste’mol qilsa bo’laveradi. Me’da yoki jigar kasalligi bor kishilar balini qaynatib yeganlari ma’qul. Unda baliqni tuzlab, dudlab bo’lmaydi, chunki uning ichigiga botulizm qo’zg’atuvchisi tushib qolgan bulishi, bu kishini og’ir dardga duchor qilishi mumkin.

Оставьте комментарий