Barmoqlar nima deydi?

DO`STLARGA ULASHING:

Inson fe’l-atvorini uning tashqi qiyofasiga qarab aniqlash mumkin. Yuz tuzilishi, ko’zlar, qoshlar, hattoki barmoqlar ham ba’zan qandaydir ma’lumotlar beradi. Buni tekshirib ko’rishni istasangiz, rasmga e’tibor bering va barmoqlaringiz qay biriga mos kelishini aniqlang.

A. Ko’rsatkich barmoq nomsiz barmoqqa nisbatan kalta yoki kichikroq. Bunday barmoq egalari jozibador bo’lib, tavakkalchilikni xush ko’rishadi. Ular xushmuomala va qaror chiqarishda faqat aqlga tayanadilar. Ularning aksariyati boshqalarga nisbatan ko’proq daromad qiluvchilardir. Shu sababli aqlli qizlar nomsiz barmog’i uzunroq yigitlarga ko’proq e’tibor qaratishadi.

B. Ko’rsatkich barmoq nomsiz barmoqqa nisbatan uzunroq. Bu kabi barmoq egalari biroz mag’rurdirlar. Shu bilan birga, erkin va mutakabbir ham. Jamiyatda o’zlarini erkin, xushchaqchaq tutishadi, mayda-chuyda narsalarga vaqt yo’qotishni xushlashmaydi. Shu bois arzimagan muammolar bilan bezovta qilganlarni yoqtirishmaydi. Biznesda yoki oila davrasida xar qanday vaziyatda ham birinchi bo’lib qadam tashlaydigan kishilar toifasiga kirishmaydi. Ular o’zlariga ko’proq e’tibor berishlarini istashadi. Lekin, muloyimliklari tahsinga sazovordir!

C. Ko’rsatkich va nomsiz barmoqlar teng bo’lsa. Bu kabi barmoq egalari xaqiqatsevar insonlardir. Ular tinchlikparvar, xushmuomala va ziddiyatlar, urush-janjallarga toqatsizdirlar. Munosabatlarga faqat to’g’ri yondashuvchi, etti o’lchab bir kesib ish qiluvchilardir. Ular turmush qurishdan oldin juda uzoq o’ylaydilar va oilasiga sodiq qoladilar. Kimgadir dardingizni aytmoqchi bo’lsangiz, aynan mana shunday barmoq egalariga ichingizdagini to’kib solishingiz mumkin. Chunki ular boshqalarning dardiga malham, quvonchiga sherik bo’la oladilar.

Agar barmoqlaringizga nazar solib, bu o’xshashlikni o’zingizda aniqlanmagan bo’lsangiz, aslo tashvish tormang. Hayotda istisnolar uchrab turadi. Demak, siz boshqalarga o’xshamaydigan individual insonsiz!

 

Оставьте комментарий