Bola puli olishda oila tarkibiga kimlar kiritiladi ?

DO`STLARGA ULASHING:

🟢 Bola puli olishda oila tarkibiga kimlar kiritiladi ?

Savol; Men mahallaga bola puli uchun ariza topshirmoqchi bo‘lsam menga qaynotangni pensiyasi bor senga bola puli berilmaydi deb arizamni olmadi shu to‘g‘rimi ?

Javob; Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin va ular bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), shuningdek, ota-onalari bilan birga yashaydigan va o‘z oilasiga ega bo‘lmagan 18 yoshdan katta bolalar, yolg‘iz onalar (otalar) kiritiladi.

🟢 Soddaroq aytganda, daromad aniqlanayotgan vaqtda oila tarkibiga ota-ona va bolalar kiritiladi bo‘ldi. Sizni holatingizda mahalla mas’uli tomonidan aytilgan gap mutlaqo noto‘g‘ri sababi, qaynotangizni daromadi sizni oilaviy daromadlaringizga qo‘shilmasligi kerak.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek