Biografiya

Uzoq Joʻraqulov (1967)

1967 yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1998 yilda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” kafedrasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshlagan. Hozirda OʻzMUdan ajralmagan holda, OʻzRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Adabiyot nazariyasi” boʻlimida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. “Fitratning tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Yuzini yoʻqotgan […]

Uzoq Joʻraqulov (1967) Читать дальше »

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997)

Milodning IX – XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. Oʻsha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy boʻlgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan maʼlumotlar juda kam. Olimning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida oʻtgan.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997) Читать дальше »

Fransua Rable (1494–1553)

Rable ijodi oʻz taʼsiriga koʻra shu qadar ulugʻ ediki, goho muallif nomi uning panasida qolib ketadi. Rablening hayoti haqida xilma-xil afsonalar yurardi: uning otasi traktir (kichikroq oshxona) egasi boʻlgan, uning oʻzi esa tarallabedod hayot kechirgan. Rable oʻlayotganda ogʻzidan betahoshi soʻzlar chiqqan emish. Yolgʻondan rostni ajratish uchun olimlar ozmuncha ter toʻkmaganlar. Mashhur kitobning yaratuvchisi Shinon yaqinidagi

Fransua Rable (1494–1553) Читать дальше »

Tetsuo Miura (1931–2010)

1931 yilda Yaponiyaning Xatinoxe shaharchasida tugʻilgan. Tokiodagi Vaseda universitetining fransuz adabiyoti fakultetini tamomlagan. Dastlabki hikoyasi “Oʻn besh yoshga toʻlganimda” deb nomlanib, u 1955 yilda eʼlon qilingan. “Sabr daryosi”, “Yuta va uning doʻstlari” nomli hikoyalari adibga mashhurlik olib keldi. “Pistolet va oʻn besh hikoya”, “Adashgan shuʼlalar” nomli hikoyalar toʻplami yapon nasri taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin egalladi.

Tetsuo Miura (1931–2010) Читать дальше »

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929)

Yangi davr oʻzbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, maʼrifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 7 martda Qoʻqon shahrida tabib oilasida tugʻildi. Avval eski maktab va madrasalarda fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini oʻrganishga muvaffaq boʻlgan Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlanadi. 1903–1914 yillarda Nihoniy tahallusi bilan

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929) Читать дальше »

Sakkokiy (XIV asr oxiri – XV asr oʻrtasi)

Oʻzbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoddirgan, betakror gʻazallar va qasidalar yaratgan yetuk isteʼdod egasi, lirik shoirlardan biri Sakkokiydir. Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida bizgacha juda kam maʼlumot yetib kelgan. Uning tarjimai holi toʻgʻrisida oʻzining devoni va Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Xutbai davovin” asarlaridan bazi bir maʼlumotlarni bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari, shoir Yaqiniynining “Oʻq

Sakkokiy (XIV asr oxiri – XV asr oʻrtasi) Читать дальше »

Abu Mansur al-Moturidiy (vafoti 945)

Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik yoʻnalishdan biri boʻlmish Moturidiya yoʻnalishining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda ozdir. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur

Abu Mansur al-Moturidiy (vafoti 945) Читать дальше »

Komil Xorazmiy (1825-1899)

Komil Xorazmiy XIX asrda yashab ijod etgan maʼrifatpavrar shoir, sanʼatkor, xattot, davlat arbobi, oʻz davri ilgʻor madaniyatining mashhur vakillaridan biridir. Komil – shoirning adabiy taxallusi boʻlib, uning asl nomi Pahlavon Niyoz Muhammaddir. Pahlavon Niyoz Muhammad 1825 yilda Xivada mudarris Abdulla Oxun oilasida tugʻildi. U dastlabki saboqlarni mahalla masjidi qoshidagi maktabdan, soʻng oʻz otasidan oldi. Abdulla

Komil Xorazmiy (1825-1899) Читать дальше »

Zebo Mirzo (1964)

Zebo Mirzo 1964 yilning 15 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1982–1987). Toshkent Davlat sanʼat instituti katta laboranti, oʻqituvchisi (1987–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri (1991–1995), “Yozuvchi” nashriyoti boʻlim mudiri (1995–1999), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar”

Zebo Mirzo (1964) Читать дальше »