Biografiya

Maxtumquli (1733-1793)

Mashhur turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan talant sohibi. U shoir Ozodiy Davlatmamat oilasida 1733 yilda tugʻilib, boshlangʻich savodni ovul maktabida oladi. Soʻng oʻz ilmini oshirish maqsadida Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, oʻzbek adabiyotining oʻtmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. Maxtumquli bir qancha fanlarni oʻzlashtirish bilan birga, zargarlik […]

Maxtumquli (1733-1793) Читать дальше »

Nazar Eshonqul (1962)

Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi. Nasrimizning oʻtgan asr 80-90 yillaridagi

Nazar Eshonqul (1962) Читать дальше »

Tursunoy Sodiqova (1944–2017)

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijonda tavallud topdi. Toshkent davlat universitetida tahsil oldi (1961–1966). Mehnat faoliyatini oʻrta maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar institutida, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida xizmat qildi. Shoiraning “Kuy” nomli birinchi kitobi 1976 yilda chop etildi. Shundan keyin u “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim”

Tursunoy Sodiqova (1944–2017) Читать дальше »

Erkin Aʼzam (1950)

Erkin Aʼzam 1950 yili 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972). Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida boʻlim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida koʻp jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), Oʻzbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh

Erkin Aʼzam (1950) Читать дальше »

Rauf Parfi (1943–2005)

Rauf Parfi 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻildi. Ota-onasi Parfi Muhammad Amin va Sakina Isabek qizi mustabid tuzum davrida ona yurti Fargʻonaning Vodil hududidan quvgʻin qilingan edi. Boʻlajak shoir boshlangʻich va oʻrta taʼlimni “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Shoʻralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyoʻl shahridagi Alisher Navoiy nomidagi (10-sinf, kechki) maktablarda oldi. Toshkent Davlat

Rauf Parfi (1943–2005) Читать дальше »

Turob Toʻla (1918–1990)

Qoʻshiqchi shoir va dramaturg Turob Toʻla 1918 yil Qozogʻiston Respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlogʻida tugʻilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1935–1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki boʻlimida tahsil oldi. Soʻngra Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston radiosida boʻlim boshqaruvchisi, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida adabiy boʻlim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, Sanʼat ishlari boshqarmasida boshliq, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot

Turob Toʻla (1918–1990) Читать дальше »

Podshoxoja (1480–1547)

Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja mutafakkirning toʻliq ismi boʻlib, Xoja uning taxallusidir. Xoja 1480 yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra Niso va Marv madrasalarida mufassal taʼlim olgan. Ijtimoiy faoliyatini temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida 1496 yili yozida sadrlik (er oʻlchovchi) bilan boshlagan. 1508 yili Niso va Obivard viloyatlari Shayboniylar tomonidan

Podshoxoja (1480–1547) Читать дальше »

Abdulla Avloniy (1878–1934)

XX asr oʻzbek milliy maʼrifatparvarligi yoʻnalishining atoqli namoyandasi, isteʼdodli shoir va dramaturg, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentning Oʻqchi mahallasida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan. U oʻz tarjimai holida shunday yozadi: “12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy boshladim. 13 yoshimdan yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari oʻqir edim.

Abdulla Avloniy (1878–1934) Читать дальше »

Zahro Hasanova (1962)

1962 yili Toshkent shahrining Labzak dahasida tugʻilganman. 1966 yil katta zilziladan soʻng “Suzuk ota” mahallasiga – buvimlarnikiga koʻchib oʻtganmiz. 1969 yili 1-sinfga oʻqishga bordim. Oilada besh qiz, bir oʻgʻil katta boʻlganmiz. Maktabda faqat yaxshi baholarga oʻqiganimizni eslayman. “Oʻqish kitobi”dagi oʻzimga yoqqan sheʼrlarni birpasda yodlab olardim. Bundan tashqari musiqa darsida qoʻshiq aytishni juda yaxshi koʻrardim. Bayramlarda

Zahro Hasanova (1962) Читать дальше »

Sirojiddin Sayyid (1958)

Sirojiddin Sayyid 1958 yilning 30 oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlogʻida tugʻildi. Bolalik chogʻlaridan boshlab matalgoʻylik, dostonxonlik muhitida, ertak va afsonalar olamida ulgʻaydi. Oybibi momosi, Saidumar amakisi, Islomiddin togʻasidan eshitgan xalq qoʻshiqlari, Abduvahob bobo, Vahob shoirning sheʼrlari, onasi Xolbibi Nasriddin qizi aytgan naqlu hikoyatlar uning shoirlik qismatida muhim oʻrin tutadi. Sirojiddin Sayyid ToshDU (hozirgi

Sirojiddin Sayyid (1958) Читать дальше »