Biografiya

Sharof Boshbekov (1951)

Sharof Boshbekov 1951 yilning 4 yanvarida Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻildi. Sanʼat instituti musiqali aktyorlik boʻlimida tahsil oldi. Muqimiy nomli teatrda, Sirdaryo viloyati teatrida aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983–1985), Oʻzbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986–1987) adabiy xodim boʻlib xizmat qildi. Dastlab “G” varianti” (1981), “Gʻurur” (1982), “Jumboq” (1986) kabi hikoyalarini eʼlon […]

Sharof Boshbekov (1951) Читать дальше »

Shukur Xolmirzayev (1940–2005)

Shukur Xolmirzayev 1940 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. Toshkent davlat universitetida tahsil oldi. Shukur Xolmirzayevning “Oq otli” deb nomlangan ilk qissasi togʻ bolalari hayotidan hikoya qiladi. Talabalik yillarida yozilgan “Toʻlqinlar” (1963), “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor?” (1965) qissalari oʻz avlodi ‒ tengqurlari hayotiga bagʻishlangan. Shundan keyin adibning “Olis yulduzlar ostida”, “Hayot abadiy”, “Ogʻir

Shukur Xolmirzayev (1940–2005) Читать дальше »

Mirtemir (1910–1978)

Oʻzbekiston xalq shoiri Mirtemir 1910 yilda hozirda Qozogʻiston Respublikasiga qarashli Turkiston shahrining Iqon qishlogʻida tugʻildi. U eski maktabni bitirgach, 1921–1923 yillarda Toshkentdagi Almaiy nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi. Soʻng 1925 yili Oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kirib, uni 1929 yilda tamomlaydi va shu yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga oʻqishga kiradi. Mirtemir 30-yillarning boshlarida nomaʼlum sabablarga

Mirtemir (1910–1978) Читать дальше »

Dilshod Rajab (1964)

Dilshod Rajab 1964 yilning 7 dekabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tugʻildi. 1982 yil Navoiy nomidagi 4-oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983–1985 yillar harbiy xizmatda boʻlib qaytgach, tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargoh tahsilini tugatib, oʻzi oʻqigan

Dilshod Rajab (1964) Читать дальше »

Abay (1845-1904)

Abay – Ibrohim Qoʻnonboyev – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq sheʼriyatining mashʼali, bastakor, faylasuf va qozoq yozma adabiyotini asoschisi, maʼrifatparvar shoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karashli, hozirgi Abay tumani, Chingiztogʻ bovuridagi Qashqabuloq makonida dunyoga kelgan. Otasi Qoʻnonboy Oʻskonboy oʻgʻli qozoq urugʻlari ichidagi eng boy, badavlat kishilardan boʻlib, Abayni oʻqitishga

Abay (1845-1904) Читать дальше »

Muhammad Ali (1942)

Atoqli oʻzbek shoiri, adib, tarjimon va olim Muhammad Ali 1942 yilning 1 martida Andijon viloyatining Boʻz tumanidagi Beshkal qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1959 yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Navoiy nomidagi oʻrta maktabni bitirdi. Moskvada Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1960–1966). Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), boʻlim mudiri, bosh muharrir (1982), Oʻzbekiston televideniyesida bosh

Muhammad Ali (1942) Читать дальше »

Abdurahmon Akbar (1962–2015)

Oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozboshi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1979–1987) tahsil oldi. Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida oʻtadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyoʻl tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986)

Abdurahmon Akbar (1962–2015) Читать дальше »

Xondamir (tugʻilishi – 1473–76 yillar, vafoti – 1534)

Hirotlik tarixchi Xondamir (toʻla ismi Gʻiyosiddin Muhammad ibn Xoja Xumomuddin ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Burhonuddin) oʻz asarlari bilan XVI asr boshlarida fan taraqqiyotiga kirib kelgan allomalardandir. Uning hayoti va ijodi haqida oʻz asarlari va zamondoshlari yozib qoldirgan ozmoz maʼlumotdan tashqari, deyarli maʼlumot yoʻq. Ona tomonidan u “Ravzat us-safo” (“Musaffolik bogʻi”) muallifi, mashhur tarixchi Mirxondning

Xondamir (tugʻilishi – 1473–76 yillar, vafoti – 1534) Читать дальше »

Shuhrat (1918–1993)

Oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri, shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (Gʻulom Alimov) 1918 yil 19 aprelda Toshkentning Hazrati Imom (Hastimom) mahallasida tugʻildi. U eski va yangi maktablarda tahsil olgach, transport texnikumida oʻqidi. Bu yerda Yunus Latif taʼsirida sheʼrlar yoza boshladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi (1936–1940). Shuhrat ijodini 1935 yilda sheʼr yozish bilan

Shuhrat (1918–1993) Читать дальше »

Miraziz Aʼzam (1936)

Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Miraziz Aʼzam oʻquvchilik yillaridan sheʼrlar mashq qila boshladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil olarkan, Xenrix Xeyne, Pushkin, Yesenin singari jahon adabiyoti mumtoz vakillari ijodidan tarjimalar qildi, qurbi-salohiyatini charxladi. Sheʼrlari hozirgi “Turkiston” gazetasi va “Gulxan” jurnalida yoritila boshladi. Miraziz Aʼzam Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida, “Gulxan”

Miraziz Aʼzam (1936) Читать дальше »