Donni Yen JiDan haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Donni Yen JiDan (1963-yil 27-iyulda tug’ilgan) — gonkonglik aktyor, jang san’ati ustasi, kino rejissyori, prodyuser, harakat xoreografi, stuntman va ushu bo’yicha ko’p karra jahon chempioni.Yen — Gonkongning eng yaxshi yulduzlaridan biri. Donni jang san’atida bir qator sohalarda mahoratga ega.Misol uchun u Tai Chi , boks , Kikboksing , taekvondo , karate , muay tay , Kurash , braziliyalik Jiu-jitsu , dzyudo , Wing Chun va Wushu sport turlari bilan shug’ullangan va ba’zi sovrinlar egasi hisoblanadi.Yenni Xitoyda Ving Chunni ommalashtirishga katta hissa qo’shgan . U 2008-yilda kassa muvaffaqiyatiga erishgan » Ip Man» filmida Ving Chun grossmeysteri Ip Man rolida o’ynagan . Bu Ving Chunni qabul qiladigan odamlar sonining ko’payishiga olib keldi, Xitoyda va Osiyoning boshqa qismlarida yuzlab yangi Ving Chun maktablari ochildi. U Ultimate Fighting Championship- ning katta muxlisi ekanligini va UFC-ning deyarli barcha tadbirlarini kuzatganligini va agar imkoni bo’lganda o’zini UFCda sinab ko’rmoqchi.

Оставьте комментарий