Dori ichayotganda qanday turdagi suyuqlikni ichgan ma’qul?

DO`STLARGA ULASHING:

Dori ichayotganda qanday turdagi suyuqlikni ichgan ma’qul?

💊Kapsuladagi tabletkalarni tik turgan holatda 100 ml. qaynatilgan iliq suv bilan ichish kerak. Suyuqlik miqdori oz bo‘lsa, kapsula qizilo‘ngachga yopishib qolishi ham mumkin.

💊Yurak faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan tomchi dorilarni 20-30 ml. suv yoki qand bo‘lagiga tomizib, so‘ng qabul qilsa ham bo‘ladi.

💊Mukalitik turdagi tabletkalar (mukaltin)ni 1 osh qoshiq sut yoki suvda eritib ichilsa, yaxshi ta’sir etadi.

💊Trixopol, rezerpin, prednizolon hamda yod prepaparatlari sut bilan ichilgani yaxshi.

💊Eritromisin guruhiga mansub dori vositalarini ishqorli suv yoki sut bilan qabul qilish lozim. Nordon sharbatlar esa tavsiya etilmaydi.

💊Kofein, teobromin va teofillin preparatlari esa aksincha nordon sharbatlar bilan ichilishi mumkin.

💊Isitma qoldiruvchi dori vositalari sut bilan ichilmaydi. Bunda 150 ml. qaynagan suv yetadi.

💊Tanin moddali choylar dori turlarining tarkibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlikni davolashda qo‘llaniladigan temir moddasidan iborat preparatlarni choy bilan ichish mumkin emas! Bu holatda cho‘kma hosil bo‘lishi va organizmga nojo‘ya ta’sir qilish ehtimoli mavjud.

💊Shuningdek, qon-tomir kasalliklari, hazm qilish faoliyatini yaxshilovchi, me’da yarasi, antibiotiklar hamda nevrologiyada qo‘llaniluvchi dori vositalarini ham choy bilan ichish tavsiya

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek