DORINI NIMA BILAN ICHISH TAQIQLANADI

DO`STLARGA ULASHING:

DORINI NIMA BILAN ICHISH TAQIQLANADI

Choy
Choy o‘zida tanin saqlaydi — dori so‘rilishi tezligiga ta’sir qiluvchi faol modda. Ba’zi holatlarda u ortiqcha qo‘zg‘alishni keltirib chiqaradi, masalan, antidepressantlar bilan davolash fonida. Boshqalarida esa preparat samarasini kamaytiradi (oral kontratseptivlar qabulida). «Yurak», «oshqozon» tabletkalari va antibiotiklarni choy bilan ichmang.

Kofe
U tetiklashtiradi va kuchli siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar dori-darmonni kofe bilan ichsangiz, preparat tanadan juda tez chiqib ketishiga yoki uning ta’siri kuchayishiga yo‘l ochishingiz mumkin (masalan, og‘riq qoldiruvchi vositalar shu jumladan).

Sut
Ba’zi hollarda sut bilan dori-darmonlarni, masalan, kaliy preparatlari va vitaminlarni ichish alohida tavsiya etiladi. Ammo tetrasiklin guruhiga kiruvchi antibiotiklar va «yurak» dorilari sut bilan hamkorlik qilishni yoqtirmaydi.

Alkogol
Dorilarning spirtli ichimliklar fonida so‘rilish tezligini ko‘rish uchun olimlar ingichka ichakka o‘xshash sun’iy muhit yaratishdi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, sinovdan o‘tkazilgan dorilarning deyarli 60 foizi alkogolli suyuqlikda tezroq eriydi. Ayniqsa antidepressantlar, antibiotiklar, analgetiklar va issiqni tushiruvchilarni qabul qilishda alkogol qat’iyan taqiqlanadi.

Hatto zararsiz hisoblanuvchi paratsetamol ham spirt bilan qo‘shilib jigarni zaharlay oladi.

Gazlangan ichimliklar
Shakarli vijillaydigan ichimliklarning foydasizligi — oshqozon shilliq qavatini tirnashi, ko‘ngil aynishini chaqirishi, shishirishi yetmagandek, dori bilan birgalikda oshqozon-ichak trakti uchun haqiqiy «bomba» bo‘ladi. Bu, ayniqsa ovqat hazm qilinishini yaxshilovchi, siydik haydovchi, antibiotiklar uchun aloqador.

Kompotlar va kisellar
Shifokorlar ushbu oxirgi variantni gastrit va oshqozon yarasidan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya qilishlari mumkin: kisel oshqozon devorlarini o‘rab oladi va shu bilan preparatning tirnash xususiyatini kamaytiradi. Biroq preparatning davolovchi ta’siri ham kamayadi va buni e’tiborga olish muhim. Tabletkani kompot bilan ichish yaramaydi — mevali kislotalar ba’zi dorilarning, shu jumladan me’da qaynashi va gipertoniyaga qarshi vositalarning farmakologik ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.

Nima bilan ichish kerak?

Eng yaxshisi xona haroratidagi oddiy qaynatilgan yoki sotuvdagi gazsiz suv. Bundan tashqari, suvni tejamaslik kerak: bitta tabletkani ichish uchun kamida yarim stakan suv ketadi (aksariyat holatlardagi kabi bir yoki ikki qultum emas).

@doridarmonlar

Оставьте комментарий