Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar

DO`STLARGA ULASHING:

Bunday qarorning sabablari nima bo’lishidan qat’iy nazar, homiladorlikni rejalashtirishning hech bir usuli onalarga egizak farzandli bo’lishga kafolat berolmaydi. Shunga qaramasdan, akusher-ginekologlar bunday urug’lantirish ehtimolini oshirish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Egizaklar urug’lantirilishi qanday sodir bo’ladi
Egizaklar bir yoki turli tuxum hujayralardan rivojlangan bo’lishi mumkin:
  • Birinchi holda, homiladorlikning dastlabki bosqichida bitta urug’lantirilgan hujayra bir-biridan ajralgan ikkita (yoki undan ko’p) qismga bo’linishi kuzatiladi. Keyinchalik, ulardan mustaqil organizmlar rivojlanadi.
  • Boshqa-boshqa tuxum hujayralarning urug’lanishi natijasida esa egizaklar tug’iladi.
Bitta urug’lantirilgan tuxum hujayraning noto’liq ajralishidan «siam egizaklari» tug’iladi.
Statistikaga ko’ra, egizaklar tug’ilishi ehtimoli 1:85 ni tashkil etadi. Ota-onaning avolida egizaklar bo’lgan bo’lsa, bu ehtimollik ortadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlanadigan egizaklar tug’ilishiga ta’sir ko’rsatish deyarli imkonsiz, biroq ayolda bir nechta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shish mumkin. Xo’sh, egiz farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?
Egizaklarga homilador bo’lishning ilmiy yo’llari
Kafolatlangan bo’lmasa-da, shifokorlar egizaklar ko’rish uchun ba’zi ilmiy maslahatlar beradi. Shu bilan birga, bu ayol organizmi uchun xalq tabobati usullari kabi darajada xavfsiz emas.
«Ikkitalik» urug’lantirish uchun oral kontraseptivlarga murojaat qilish mumkin. Ularni uzoq muddat qabul qilib, keskin to’xtatishga organizm kuchli gormonal «chaqnash» bilan javob qaytaradi. Natijada, kontraseptiv tabletkalar qabul qilishni bekor qilgandan keyin birinchi siklda ayolda bir vaqtning o’zida bir nechta tuxum hujayra yetilishi mumkin. Buning uchun kontratseptivlarni qabul qilish uchun eng optimal vaqt 6-9 oyni tashkil qiladi.
Biroq, teskari ta’sir kuzatilishi ham mumkin: ayrim ayollarda tuxumdonlar kontratseptivlar qabulini bekor qilgandan so’ng «uyg’onish» darhol sodir bo’lmaydi, shuning uchun birinchi sikllarda ovulyatsiya umuman sodir bo’lmasligi ham mumkin.
Shunday qilib, tezda egizaklarga homilador bo’lish mumkinmi? Aksariyat juftlik rozi bo’lmaydigan yana bir ishonchliroq usul mavjud. Bu ekstrakorporal urug’lantirish yoxud EKU sanaladi. Homiladorlikka tayyorgalik vaqtida ayol ko’p miqdorda gormonlar qabul qiladi, buning natijasida bir vaqtning o’zida ko’plab tuxum hujayralar yetiladi.
Tuxum hujayrala ona organizmidan ajratib olinadi va suniy urug’lantiriladi, so’ng embrionlar bachadonga joylashtiriladi. Agar ular o’rnashib ketsa va normal rivojlansa, 9 oydan keyin ayollar bir vaqtning o’zida ikki yoki hatto uchta farzandning onasi bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Egizak ko’rishga yordam beradigan xalqona vositalar
Ikkita tuxum hujayra yetilishi ehtimolini oshirishning eng oson va xavfsiz usuli — taomnomani qayta ko’rib chiqish sanaladi. Ko’proq oqsil iste’mol qilish 9 oydan keyin bir yo’la bir nechta farzandli bolish ehtimolini oshiradi. Go’sht, baliq va sut va sut mahsulotlariga afzallik berish kerak.
Dioskoreya nomli o’simlik qabuli ham tuxumdonlar faoliyatini rag’batlantiradi va onada ikki, hatto uchta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shadi.

22 комментария к “Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar”

  1. Уведомление: Latest DevOps Trends

  2. Уведомление: useful source

  3. Уведомление: digital transformation to the cloud

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: เพื่อนแท้ เงินด่วนอุบลราชธานี

  8. Уведомление: nice dumps shop

  9. Уведомление: second brain template

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: sbo

  12. Уведомление: Aller voir

  13. Уведомление: redirected here

  14. Уведомление: blue meanie mushroom spores

  15. Уведомление: 뉴토끼

  16. Уведомление: buy hacked preloaded debit cards​

  17. Уведомление: botulinum toxin type a price

  18. Уведомление: Onlyfans

  19. Уведомление: ควบคุมน้ำหนัก

  20. Уведомление: ห้องพักชั่วคราว รามอินทรา

  21. Уведомление: https://www.offbikes.com/?wptouch_switch=desktop&redirect=https://numo-weed.com/

  22. Уведомление: faceless youtube niches

Комментарии закрыты.