ERKAKLAR VA AYOLLARNING BOSH MIYASI NIMASI BILAN FARQ QILADI?

DO`STLARGA ULASHING:

ERKAKLAR VA AYOLLARNING BOSH MIYASI NIMASI BILAN FARQ QILADI?
✍️Bosh miya o‘lchami, massasi va to‘qimasi tuzilishi jinsga bog‘liq, uning kognitiv xususiyatlari esa bog‘liq emas.
Bosh miya to‘qimasi
Erkaklarning bosh miyasi chap yarim sharidagi bodomsimon tana, gippokamp va po‘stloq qismi o‘lchami jixatidan kattaroq va zichroq bo‘lsa, shu kabi ustunlik ayollar bosh miyasining yarim sharlarining peshona qismi, uning o‘rta va pastki burmalarida kuzatiladi.
Ilmiy jixatda bu farqlar revolyutsion xulosalarni keltirib chiqarishi mumkin. Aslida esa unday emas.
Erkaklar fazoviy oriyentatsiyada, shakllarni aylantirishga oid vazifalarni bajarishda ustun bo‘lsa, ayollar obe’ektlar va ularning joylashuvini eslab qolishda ustundir. Erkaklar oldiga qo‘yilgan bitta vazifaga bor diqqatini jalb qilsa, ayollar bir paytning o‘zida yuzga yaqin ishni bajara olishi mumkin.
Bu farqlarga qaramasdan ayol va erkaklarning kognitiv xususiyatlari: tafakkur, tushunish, o‘rganish, nutq va muloxaza yuritishi umumiyligicha qoladi.
Jinsiy dimorfizm yadrosi
Gipotalamusdagi bu soxa jinsiy maylga javob berib, erkaklarda bu yadro 2,5 marta kattaroq. Aytib o‘tish kerakki jinslararo farq 4 yoshdan boshlanib, 6-10 yoshga kelib to‘liq shakllanadi.
Bosh miyaga taalluqli tug‘ma moyilliklar
Olimlarning aytishicha inson xulqi, ko‘payish va xayot uchun kurashish xususiyatlari tug‘ma xisoblanadi. 9 oylikdan 2,5 yoshgacha bo‘lgan yosh bolachalarda o‘tkazilgan tajribalarni ko‘rsatishicha: o‘g‘il bolalar – g‘ildirakli o‘yinchoqlarni tanlasa, qiz bolalar yumshoq o‘yinchoq (ayiqcha) larga qiziqish bildirgan.
Kimning bosh miyasi yaxshiroq
Erkak va ayollarning bosh miyasi tuzilishi jixatidan farq qilsada, olimlar uchun buning axamiyati qorong‘u. Bosh miyaning shakllanishida insondagi gormonal fonning ta’siri, uning tajribasi, ovqatlanishi turi, tashqi muxit va boshqa bir qancha ijtimoiy omillarni ta’sir etishi mumkinligi xam isbotlangan.
Bosh miyadagi farqlarni o‘rganish insonlardagi bir qator kasalliklarni tashxislash va davolashga yordam beradi. Masalan, ayollarda depressiv xarakterdagi kasalliklar ko‘proq aniqlansa, erkaklarda autik spektrdagi buzilishlar ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bosh miyani o‘rganish nima sababdan bunday bo‘lishi va uni qanday bartaraf etish mumkinligiga oydinlik kiritadi.
@doridarmonlar

Оставьте комментарий