G’AFUR G’ULOMNING HAYOTI VA IJODI.

DO`STLARGA ULASHING:

1-MAVZU: G’AFUR G’ULOMNING HAYOTI VA IJODI.
SHOIR LIRIKASI
Reja:
         BAYONI:
G’afur G’ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentda kambag’al oilada tug’ilgan. Dastlabki savodni ota-onalari G’ulom aka va Toshbibi ayadan oldi. Biroq beshafqat taqdir yoshligida uning boshini ko’p ham silamadi.
Otadan(1912), onadan(1918) erta ajragan G’afur bolaligidayoq yetim qoldi. Qashshoqlik va yetishmovchilik deb ataluvchi tilsim ming-minmglab bolajonlar qatori kelajakning buyuk shoiri –“o’ninchi yillarning sargardon”ini ham o’z quchog’iga oldi. Etikdo’z kosibga qarashdi, kunduz kunlari singillarini boqib, kechqurun qo’shni mahalladagi tegirmonda qorovullik qildi. Sariboy degan boyning ko’shkin bog’ini qo’ridi. Ko’p yillar o’tgach, shu boy eshigidagi xizmatlarni G’afur G’ulom o’zining “Shum bola” qissasiga ustalik bilan singdirib yubordi.
Birinchi jahon urishi boshlanishi (1914), mardikorlikka olish (1916) tufayli xalq boshiga tushgan mashaqqat va musibatlarni o’z ko’zi bilan ko’rdi, o’z boshidan kechirdi.
1916-yilda rus-tuzem maktabiga kirib o’qidi. Bu tahsil G’afyr G’ulomga keyinchalik, oktabr to’ntarishidan so’ng, bosmaxonada harf teruvchi bo’lib ishlashida, 8 oylik muallimlar kursiga kirib o’qishida ancha qo’l keldi.
20-yillar komsomoli yoshlarga sho’roviy va inqilobiy ruhni singdirishda, ularga imkoniyat va imtiyozlar berishda katta ishlar qildi. U yangi maktablarda o’qituvchi, direktor bo’lib ishladi, internatga mudirlik qildi.
Internat G’afyr G’ulom taqdirida katta rol o’novchi muqaddas dargoh bo’lib qoldi.Bu joydagi mehnat va hayot uning shaxsiy va ijtimoiy tuyg’ularini avj oldirdi. Kunlardan birida boquvchisiz yetim bolalarga termilib, ich-ichidan achindi, xo’rligi keldi, o’zining yetimlikda o’tgan umrini esladi. Tuyg’ulari junbushga keldi-yu, marjon yosh bo’lib ko’ziga emas, qog’ozga she’r bo’lib to’kildi.Bu G’afur G’ulomning birinchi she’ri edi. O’zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug’ildi.
Shu tariqa salkam 45 yillik ijodida davomida G’afur  G’ulom ko’pdan–ko’p she’r, doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa, maqola, tarjima asoslar e’lon qildi. Ular yuzdan ortiq to’plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi .
“Mushtum”,“Yer yuzi” oynomalarida, “Sharq haqiqati”, “Qizil O’zbekiston” ro’znomasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo’lib ishlash G’afur G’ulomga jamiyat hayotining qaynoq manzillari va zamondoshlari qalbining toza iqlimlarini chuqur idrok qilish, his etish imkoniyatlari yaratdi.
G’afur G’ulom 20-yillardagi she’rlarida asosiy etiborini yangi jamiyatni qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarini, talablarini kuylashga, eskilik deb baholanayotgan tushunchalarini tanqid etishga qaratdi. Bu davr she’rlarida badiiylikdan ko’ra bayonchilik, ehtirozdan ko’ra e’tirof ustunlik qiluvchi she’rlar ham talaygina edi.
Xalq va Davlat hayotini aks ettirish 30-yillardan shoir asarlarining yetakchi xususiyatlariga aylana bordi. Mazkur xususiyat, ayniqsa, “Turksib yo’llarida” she’ri va “Ko’kan”dostonida yaqqol ko’zga tashlandi.
“Ko’kan” dostoni 20-yillar oxiri, 30-yillar boshlaridagi davr va xalq hayotini badiiy aks ettirdi. Ayni vaqtda shu tamoyilni kuchaytirish va mustahkamlashda muhim mafkuraviy rol o’ynaydi. To’g’ri, jamoa xo’jaligiga o’tish va o’tkazishda majbur qilish, shuningdek, ko’pdan-ko’p o’rtahol xonadonlarning xonavayron bo’lishi ham ro’y berdi. Lekin bu kamchilik, xato va cheklanishlar bilan bir vaqtda, jamoa xo’jaligi o’zbek dehqoni muayyan qatlamining taqdirida, uning oyoqqa turishida, xo’jaligining tiklanishida ijobiy rol ham o’ynaganini e’tiborga olsak, doston o’zbek dehqoni tafakkuri, dunyoqarashi va yashash tarzidagi keskin o’zgarishlarning badiiy hujjati tarzida ahamiyatlidir.
G’afyr G’ulom butun umri davomida ko’pdan-ko’p she’rlar, dostonlar yozdi. Sho’ro siyosati va komfirqa mafkurasi tasirida el-yurtni yuksak ko’tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do’stlikni ulug’ladi. Ulug’ maqsad va fikr yo’lida xalqni, ommani safarbarlikka da’vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo’lgan muhim xususiyatlardir.
Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur o’y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik, ko’pma’nolilik, purhikmatlilik, bir so’z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining muhim belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
(“Vaqt” she’ridan)
G’afur G’ulomning ba’zi she’rlari tarixiy hodisalar, ma’lumotlar va shaxslar obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, tarixiy shaxs taqsdiri, qiyofasining in’ikosi qadar aniqlik kasb etadi  “Turksib yo’llarida”,  “Hamza xotirasi’, “Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga” sh’erlariga shunday xususiyat xosdir.
G’afur G’ulom Sharq va G’arb tarixi, falsafasi, madaniyatini .favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she’rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib yuboriladi.
G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi. 1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o’n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o’tkinchi hodisa va voqealarga bag’ishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o’ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she’rlarning ko’pi o’zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki “Tanlangan asarlari”, hatto muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham kiritilmas edi. G’.G’ulom  ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta’kidlash lozimki, g’afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug’orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she’rlarida ham uchrab turadi.
G’afur G’ulom so’nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining  til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi.
Mehnatlari evaziga u O’zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo’ldi. Unga “Ozbekiston xalq shoiri” yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldi. Uning o’n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to’plami bosilib chiqdi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek