Suhrob Hasanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Suhrob Hasanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Xasanov Suxrob Yangiboevichga 1987 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan. 2014 yili Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilindi. Mukofotlanmagan. S. Xasanov oʼz ijodiy faoliyati davomida 15 ga yaqin spektakllarda turfa obrazlar yaratdi. Uning mahorati tobora sayqallanib bormoqda. X.Xasanov teatrda sahnalashtirilgan «Oʼzbekcha raqs”da toʼngʼich oʼgʼil, «Xastrat bogʼi”da Mirshab, «Makr va muhabbat”da soqchi, «Tun albatta oʼtadi”da hayot operatori, «Oʼtgan zamon hangomalari”da savdogar, «Sohibqiron”da Qosimbek, «Kunduzsiz kechalar”da xarbiy, «Bir bor ekanda, yoʼq ekan”da saroy jarchisi, «Аrcha tamoshasi”da qaroqchi, «Sizsiz oʼtmas kunlarim”da Suxrob, «Oʼzbekcha raqs”da toʼngʼich oʼgʼil, «Quyoshni sen uygʼotasan”da aravakash, «Ogox boʼling, odamlar”da ofitsiant, «Yigʼloma qiz”da Furqat, «Tong otgan taraflar”da xudoychi Аsqar kabi rollarni ijro etib kelmoqda. U kino, videofilьm va milliy seriallarda ham 10 ga yaqin rollar ijro etib oʼz muxlislariga ega boʼldi. Jumladan: «Uqubatda”da qul, «Xiyonat”da boʼlim boshligʼi, «Nomus”da Doniyor, «Goʼzallik siri”da rassom va «Uch taqdir” tergovchi dasturida olingan videofilmlarida katta-kichik rollarni ijro etdi. Ishga oʼz vaqtida keladi. Toza xulqli inson. Zimmasidagi vazifalarni risoladigiday bajaradi.

Оставьте комментарий