Iqbol Muhammad — Ramazon keldi

DO`STLARGA ULASHING:

Iqbol Muhammad — Ramazon keldi 

Quyoshni ham kuldirib,
Qalbga surur to‘ldirib,
Do‘stlarni suyuntirib,
Ramazon keldi, Ramazon!

Sahar turing yoronlar,
Hatm qiling, qur’onlar,
Dod devorsin shaytonlar,
Ramazon keldi, Ramazon!

G‘aflat oyi emas bu,
Nafrat oyi emas bu,
Rahmat oyi demak bu,
Ramazon keldi, Ramazon! (x2)

Ramazon keldi, Ramazon!
Muborak bo‘lsin Ramazon sizga!
Muborak bo‘lsin Ramazon bizga!

Bayram-bayram o‘g‘il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon!

Sergaklik vaqti bo‘lgan,
Mo‘minning ahdi bo‘lgan,
Islomning fathi bo‘lgan
Ramazon keldi, Ramazon!

Yeng shimaring toatga,
Iymonli halovatga,
Erishing saodatga,
Ramazon keldi, Ramazon!

Ramazon keldi, Ramazon!
Muborak bo‘lsin Ramazon sizga!
Muborak bo‘lsin Ramazon bizga!
Bayram-bayram o‘g‘il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon!

Ramazonda sabr bor,
Yetti yuz qat ajr bor,
Ming oyga teng qadr bor,
Ramazon keldi, Ramazon!

Bu oy mardu maydondir,
Bandam, degan Rahmondir,
Kutib turgan rayyondir,
Ramazon keldi, Ramazon! (x2)

Ramazon keldi, Ramazon!
Muborak bo‘lsin Ramazon sizga!
Muborak bo‘lsin Ramazon bizga!
Bayram-bayram o‘g‘il-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon! (x2)

Оставьте комментарий