JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o‘zaro qanday farqi bor?

DO`STLARGA ULASHING:

JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o‘zaro qanday farqi bor? ?
ℹ️ JPEG, GIF, PNG va boshqa grafik formatlarning farqini bilasizmi? Qachon u yoki bu formatdan foydalanish kerak? Rasmlarni saqlash uchun qay biri yaxshi? Barcha savollarga javobni ushbu postda topasiz.
? .JPEG (JPG)
Eng mashhur format hisoblanadi. Asosan bu format internetda surat va rasmlarni matn bilan birgalikda e’lon qilish uchun ishlatiladi. JPEG TrueColor-format hisoblanadi ya’ni 24 bit/piksel rang chuqurligi bo‘lgan tasvirlarni saqlashi mumkin. Ushbu format 16 milliondan ortiq rangni namoyish etishi mumkin. JPEG moslashuvchan ma’lumotlarni siqish qobiliyatlari bilan mashhurlikka erishdi. Agar kerak bo‘lsa, tasvirni yuqori sifatli saqlash mumkin. Sifatni yo‘qotuvchi siqish algoritmi qo‘llanganida har safar rasmni saqlashda uning sifati kamayib boradi.
? .GIF
GIF (Grafik almashinuvi formati) rang chuqurligi bilan maqtana olmaydi (8 bit). U 256 ranggacha yo‘qotishsiz siqilgan tasvirlarni saqlashi mumkin. GIF-ning xususiyatlaridan biri – bu animatsiyani qo‘llab-quvvatlashidir.
? .PNG
Ushbu format GIF-ning o‘rnini bosuvchi sifatida ishlab chiqilgan. PNG portativ tarmoq grafikasi degan ma’noni anglatadi. GIF-dan farqli o‘laroq, PNG qo‘shimcha alfa-kanali tufayli shaffoflik (прозрачность) gradatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (fonsiz rasmlarni shu formatda izlash degani). Tashqi tomondan, PNG fayllari JPEG rasmlaridan deyarli farq qilmaydi. PNG ma’lumotlarni yo‘qotmasdan siqadi. Agar shaffoflik siz uchun muhim bo‘lsa, ushbu formatni tanlaganingiz ma’qul.
? .BMP
BMP (bitmap) formati birinchi grafik formatlardan biri hisoblanadi va hozirda unchalik mashhur emas. BMP rang chuqurligi 64 bitgacha bo‘lgan tasvirlarni saqlaydi. Ushbu format shaffoflikni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uni ba’zi Microsoft dasturlari o‘qiy olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, BMP fayllari boshqa formatga o‘tkazgan yaxshi.
❓Qaysi formatdan foydalangan ma’qul?
PNG — bu eng yaxshi tanlov. Bu katta tasvirlar uchun juda yaxshi. Agar sizga fotosuratni elektron pochta orqali yuborish uchun yuqori siqishni nisbati kerak bo‘lsa, JPEG-dan foydalanish yaxshiroqdir.

Оставьте комментарий