Keksalar uchun shifobaxsh taomnoma

DO`STLARGA ULASHING:

Rotman ilmiy tadqiqotlar instituti va Kanadaning neyrodegeneratsiya bo‘yicha konsorsiumi olimlari hamkorlikda organizmda barvaqt qarilik alomatlari paydo bo‘lmasligi uchun ayrim shifobaxsh mahsulotlarni iste’mol qilishni taklif etishdi.
Bu esa keksalarda parishonxotirlikning oldini olib, aqliy qobiliyatni uzoq saqlaydi.
Tadqiqotlar natijasida olimlar yoshi ellikdan oshgan kishilar uchun ovqatlanish qo‘llanmasini yaratdilar. Ushbu qo‘llanma mualliflaridan biri Kerol Grinvudning tavsiyasiga ko‘ra keksalarga rezavor mevalar yoki rangli karam kabi sabzavotlarni iste’mol qilish koni foyda ekan. Shuningdek, keksalarning hafta davomida bir necha bor baliq va yong‘oq iste’mol qilishlari ham maqsadga muvofiq bo‘lar ekan. Yana maxsus taomnomaga loviyali sho‘rva, dukkaklilar, zaytun yog‘ini ham kiritish lozim. Albatta, har bir kishi o‘zining ovqatlanish ratsionini me’yorga amal qilgan holda xilma-xil qilishi mumkin. Aks holda inson xotiraning pasayishi va boshqa yosh o‘tishi bilan bog‘liq kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin.
soglom.uz/tavsiya/keksalar-uchun-shifobaxsh-taomnoma/

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek