Keys texnologiyasi va loyiha metodidan foydalanish mahorati

DO`STLARGA ULASHING:

Keys texnologiyasi va loyiha metodidan foydalanish mahorati
Reja:
  1. Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Case-study metodining g’oyalari.
  2. Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.
  3. Case Study metodi. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.
  4. Pedagogik loyihalash obektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.
  5. Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
1.Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Sase-study metodining g’oyalari.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e’tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta’limning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o’rganmasa, ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o’z yo’liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta’lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil — ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan shaxsgina o’ziga ham, jamiyatga ham foydali bo’ladi-o’z muammolarini o’zi hal qilish qobilyatiga ega bo’ladi.
Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo’llanayotgan keyslardan foydalanish, birinchidan, talabalarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi, ikkinchidan, o’quv jarayonini bevosita ishlab chiqish (bizning misolimizda kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayoni) bilan bog’laydi. Gerbert Spenser ta’kidlaganidek: “Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o’rgatishdir”. Yohud,  mavjud ta’lim tizimida aksariyat hollarda  o’qitishdan maqsad, talabalarga bilim berish yakuniy natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o’zlashtirilgan bilimlarni amalda qo’llash ta’limning yakuniy natijasi deb qaralishini e’tirof etish lozim. Garvard (AQSH) universiteti moliyaviy menejmenti mutaxassisligi bo’yicha tahsil olayotgan magistrantlar o’qish davrida, banklarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 2,5 mingta keysga javob topgandan so’nggina, diplom olish huquqiga ega bo’lishi fikrimizning dalilidir.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
  • kritik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
  • haqqoniy (ob’ektiv) bo’lishga o’rgatadi;
  • nazariya va amaliyot o’rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi;
  • muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
  • vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi;
  • boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
  • savol berish madaniyatini o’rgatadi;
  • qabul qilingan qaror uchun ma’sullik hissini tarbiyalaydi.
 Keyslardan foydalanishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: yakka tartibdagi taqdimot, mikroguruh taqdimoti, mikroguruhlarda va so’ngra umumiy guruhda muhokama, rolli o’yinlar. Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
  • asosiy muammoni aniqlash;
  • asosiy muammoga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
  • asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish;
  • muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko’rib chiqish;
  • eng maqbul (optimal) qaror qabul qilish.
Keyslarni hal qilishda uni yozma usulda tahlil qilish, unda bayon etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi, yozma nutq ham mustaqil, ijodiy fikrlash qobilyatni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Metodik ishlanmada, kasb-hunar kollejlari pedagogik jarayonda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan va muayyan muammoni aks ettiruvchi ayrim keyslar tavsiya etiladi. Bu keyslarni tuzishda institut malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va maxsus sirtqi bo’lim talabalari (kasb-hunar kolleji pedagogik xodimlari) ning ayrim fikrlari ham e’tiborga olindi. Ulardan   pedagogik mahorat asoslari fani amaliy mashg’ulotlarida talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirish maqsadida foydalanish mumkin.
Case-study metodining g’oyalari.
Case-study metodining g’oyalari  juda soddadir:
  1. Metod fanlar bo’yicha bilimlar olish uchun mo’ljallangan, ularda haqiqat plyuralistikdir, ya’ni qo’yilgan savolga bir ma’noli javob mavjud bo’lmay, bir necha javoblar bo’lib, ular bir-biri bilan haqiqat darajasi bo’yicha raqobatlashadi; o’qitish vazifasi bu holda ana’anaviy sxemadan chetlashadi va bir emas bir necha to’g’ri javoblarni olishdan va ularni muammo maydoniga mo’ljallashdan iborat bo’ladi.
  2. O’qitish aktsenti tayyor bilimni egallashga emas balki uni ishlab chiqishga talaba va o’qituvchining hamkorligiga qaratilgan bo’ladi; case-study metodining ana’anaviy metodlardan printsipial farqii shundaki – bilimlar olish jarayonida demokratiya mavjud bo’lib, bunda talaba boshqa talabalar va o’qituvchi bilan muammoni muhokama qilish jarayonida teng huquqlidir.
  3. Metodni qo’llash natijasida nafaqat bilimlar, hatto kasbiy faoliyat malakalari olinadi.
  4. Vaziyatni tahlil qilish metodining so’zsiz afzalligi, bu nafaqat bilimlar olish va amaliy malakalarni shakllantirish bo’libgina qolmay, u yana talabalarning qadriyatlar, kasbiy pozitsiyalar, hayotiy ko’rsatmalar, o’ziga xos kasbiy hayotni his etish va hayotni o’zgartirish tizimini rivojlantirishdir.
  5. Sase-study metodida materialni “quruq” hissiz bayon etish bilan bog’liq bo’lgan nuqson engib o’tiladi,– ushbu metodda emotsiyalar, ijodiy raqobat va kurash shunchalik ko’pki, yaxshi tashkil etilgan keysni muhokama qilish teatr spektaklini eslatadi.
  1. Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.
«Case Study metodining vatani bo’lib Amerika Qo’shma Shtatlari, aniqrog’i – Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi bor u 1924 yilda qo’llanilgan. Keys metodining kelishi va rivojlanishiga asos bo’lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo’lgan. Ushbu metod chet elda iqtisod va biznes fanlarida keng qo’llaniladi.
Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o’yinli bo’lmagan imitatsion faol o’qitish metodlariga kiradi.
Case-study metodining maqsadi – guruh talabalarining birgalikdagi urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab chiqish. Jarayonning tugashi – taklif etilgan algoritmlarni  baholash va qo’yilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash.
 
Keys mazmuni
 
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalarda quyidagi zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
  • nazariya va amaliyot  o’rtasida uzviy bog’liqlikni shakllantiradi
  • kritik fikrlash qobilyatini rivojlantiradi
  • savol berish madaniyatini o’rgatadi
  • vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi
  • qabul qilingan qaror uchun ma’sullik hissini tarbiyalaydi
  • boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi
  • haqqoniy (ob’ektiv) bo’lishga o’rgatadi
  • muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi.
 
Keys bilan ishlash texnologiyasi.
O’quv jarayonida keys bilan ishlash texnologiyasi:
  • Keys materiallari bilan talabalarning individual mustaqil ishi (muammoni identifikatsiyalash; muhim muqobil, taklif yoki tavsiya etiladigan amallarni ta’riflash).
  • Kichik guruhlarda muhim muammoni va uni hal qilishni moslashtirish bo’yicha ishlash.
  • Umumiy munozarada kichik guruhlar natijalarini taqdimot va ekspertiza qilish (o’quv guruhi doirasida).
Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • Aniq qo’yilgan yaratish maqsadiga mos kelishi.
  • Mos ravishda murakkablik darajasiga ega bo’lishi.
  • U bilan ishlash vaqtiga dolzarb bo’lishi.
  • Juda tez eskirishi kerak emas.
  • Analitik fikrlashni rivojlantirish.
  • Tipik vaziyatlarni tasvirlash.
  • Munozarani keltirib chiqarish.
  • Bir necha qarorlarga ega bo’lish.
  1. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.
Muxandis pedagog har kuni o’z oldiga yoshlarni tarbiyalash, o’qitish yoki ta’lim berish maqsadlarini qo’yadi. Shuningdek, ta’lim printsiplariga amal qilgan holda, o’z faoliyati mazmunini, talaba talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat.
Bu ta’lim — tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qo’yilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas’uliyatli bosqich — boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o’zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, o’qituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo’ladi.
Pedagogik loyihalash — talabalar va pedagogning bo’lajak faoliyatining asosiy qismlarini  dastlabki fikran, mantiqiy ishlab chiqilishidir. Pedagogikaga loyihalash atamasi texnik bilimlardan kirib keldi. Texnikadagi loyihalash keyinchalik haqiqatda ro’yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlarning ilgarilab ketilgan chamalashni anglatar edi. Pedagogik bilimlarning ortishi, tarbiya metodlari, vositalari va shakllarining ko’payishi, tarbiyaviy munosabatlarga ta’sir etadigan omillarning kengayib borishi pedagogik faoliyatni tobora murakkab kasbga aylanib borishiga olib keldi. Pedagogning bu bilimlarni egallab olishi, ayniqsa undan foydalanishi toboraqiyinilashib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogika fani texnokratik tavsiyanomalargina ishlab chiqishdan qochishga majbur bo’lmoqda.
 
Ta’lim texnologiyasini loyihalash algoritmi
7
6
8
9
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Texnokrat — kasb — hunar, «boshqaruv san’ati», tadbirkorlik kabi ma’nolarni anglatadi.
Pedagogikadagi bu yo’nalish tarafdorlari yoshlar hulq atvorini boshqarish masalalaridagi amorflik ya’ni bir qolipga, shaklga kirmaganlik, o’rniga samarali pedagogik texnika kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Muxandis pedagog uchun «loyihalash», «texnika», «texnologiya» kabi atama tushunchalar nisbatan tanish va tushunarlidir. Go’yoki bu tushuncha-atamalar uning faoliyatining ikki funktsiyasini bir-biriga bog’lab turganday, ular o’rtasidagi umumiylikni ochishga imkon beradi va mehnatlarini ancha engillashtiradi.
Texnik loyihalashning anchagina sermahsul g’oyalarini o’ziga qamrab olgan pedagogik loyihalash, biz uchun qandaydir tartibsizday ko’ringan holatdan olib chiqishga, pedagogik bilimlarni boyitishga layoqatdir. Pedagogik loyihalash ishlab chiqarish ta’limi ustasi va texnik fanlar o’qituvchilari faoliyatini optimizatsiyalashga imkon beradi.
Pedagogik loyihalash har qanday pedagog funktsiyasi bo’lib, uning tashkilotchilik, gnostik (ya’ni talaba bilan muloqotga kirisha olish, aloqa o’rnatish, munosabatda bo’lish yo’llarini qidirib topa olish, ijodkorlik, ixtirochilik qobiliyati) yoki kommunikativ qobiliyatlari ustun bo’lishi mumkin. Pedagogik tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra texnik fan o’qituvchilari bu funktsiyani bajarish uchun o’z ish vaqtlarining 28% ni, ishlab chiqarish ta’limi ustalari esa 11% dan ko’proq qismini sarflar ekanlar.
Maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quv-tarbiya jarayonlarini loyihalashtira olish tufayli bu murakkab jarayonni texnologik bo’lib qolishini ta’minlaydi.
 
  1. Pedagogik loyihalash ob’ektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.
Pedagogik loyihalash mohiyati bo’lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko’ra bilish, uning natijalarini ko’ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e’tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qo’llanilishiga qaratilishi kerak.
Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob’ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob’ektlarning biri haqida biz aytib o’tgan edik — bu pedagogik jarayondir.
Bu o’z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo’linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o’tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o’zi ancha murakkab qurilmaning, ya’ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi. («Matryoshkalar»).
Masalan, biz ta’lim tizimida ishlaymiz yoki kasb-hunar ta’limi tizimida ishlaymiz. Har ikki holatda ham «tizim» atamasi umumiy belgilariga ega. Ularni ochishga harakat qilamiz.
Aytaylik, talabalarga kasb tanlashlariga yordam berish maqsadida maktab talabalari o’rtasida kasb tanlashga yo’llash ishlarini olib borish zarur.
Pedagog kasb tanlashga ta’sir etadigan barcha omillarni (oila, auditoriya, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, ko’cha-mahalla, o’smirning psixologik imkoniyatlari, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari ehtiyoji va imkoniyatlarini) fikran to’play boshlaydi. Kasb tanlashga yo’llash (proforientatsiya) tizimida bu omillarning hammasi juda muhim.
Pedtizim kichik, o’rta, katta va super katta bo’ladi. Kichik tizimga talabalarni tarbiyalashning ayrim tizimlari kiradi. Masalan, kollejlarda ishlab chiqarish ta’limi tizimsi talabalarning darsdan tashqari faoliyatlari, kasb tanlashga yo’llash tizimi, huquqiy tarbiya, kasbga uyushma ishlari, ekologik tarbiya va boshqalardan tashkil topadi. O’rtacha kattalikdagi tizim asosan kollej pedagogik faoliyatidan iborat katta pedtizim tuman, shahar, viloyat miqyosidagi ta’lim tizimlaridan iborat. Bu, odatda, katta sotsial-pedagogik majmuadan iborat bo’lib, unga maktablar va o’quv yurtlaridan tashqari madaniyat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va maishiy xizmat muassasalari, shuningdek, mazkur hududni boshqarish boshqarmalari ham kiradi.
Pedtizimning loyihalashtirishning ob’ekti bo’lishi — bu murakkab jarayon bo’lib, turli sifat ko’rsatkichlariga ega qismlardan iboratdir. Masalan, tizimga odamlar — pedagoglar, talabalar, moddiy texnika buyumlari — ta’limning texnika vositalari, elektron hisoblash mashinalari, ular bajaradigan funktsiyalar kiradi.
Supertizimga (o’ta katta tizim) hajmi va maqsadlari jihatidan katta hududlar, respublika miqyosida yaratilgan tizimlar kiradi.
Mazkur tizim bizning tarbiyalanuvchilarimiz va bizning o’zimizdan iboratdir. Har bir tizim o’zining belgilangan maqsadiga, o’z navbatida o’z qismlari to’plami majmuiga ega. Masalan, kasb-hunar ta’limi supertizim bo’lajak ishchilarni tayyorlash bilan bog’liq faoliyat mazmunini, uning tuzilishi, printsiplarini, pedagogik jarayonlarini, jarayon qatnashchilari bo’lgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar, ishlab chiqarish hodisalarini, ularning huquq va burchlarini, pedagogik tizimni boshqarishni, moddiy texnika ta’minotini, o’quv-uslubiy, ilmiy, moliyaviy-xo’jalik va huquqiy-yuridik ta’minot majmuasini o’z ichiga oladi.
Loyihalash tizim komponentlarini bilish har qanday pedagogik tizim uchun juda zarurdir, garchi ularning to’la to’plami har doim ham ta’minlanavermasa ham pedagog faoliyati uchun muhimdir. Ta’lim sohasiga EHMning kirib kelishi o’z-o’zini takomillashtirish, o’z ustida ishlashni keskin yaxshilashga yordam berdi.
Pedagogik tizimlar — bu alohida xos hosiladir (jarayon mahsulidir). Ularning har biri o’zining faqat o’ziga xos belgilariga ega:
  • ular har doim o’z maqsadlariga ega: talabalar va pedagoglarni rivojlantirish, ularni muhitning noxush ta’sirlaridan himoya qilish;
  • ularning har biri tizim sifatida tashkil topadi va faoliyat ko’rsatish, tashqi ta’sir ostida o’zgara oladi, va hatto bu ta’sirni qabul qilib olgan taqdirda ham uni yumshatishga, zarur tomonga bura olishga, tekislay olishga, kuchaytira olishga layoqatlidir.
Muxandis pedagog qaysi aniq pedagogik tizimlar bilan ishlaydi. Amaliy jihatdan barcha turdagi tizimlar bilan. Darhaqiqat, respublika, hududiy, viloyat, shahar, tuman ta’lim tizimi nisbatan tor tizimlar — maktablar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari faoliyatini belgilaydi, yo’naltiradi. Ular o’z navbatida talabalarning kasbiy tayyorligi tizimsiga, ularning estetik tarbiyasiga, ularning faoliyatiga ta’sir qiladi. Tizimlar doirasida pedagogik jarayonlar yaratiladi. O’z navbatida pedagogik tizim pedagogik jarayonlar yaratish uchun qulay sharoitlar yaratishni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik jarayon pedagog uchun eng muhim loyihalash ob’ektidir.
Pedagogik jarayon talaba va o’qituvchi rivojlanishi va bevosita o’zaro munosabatda bo’lishini ta’minlaydigan barcha komponentlarni (omillarni) bir butun yagona, yaxlit bo’lib birlashuvidir.
Mamlakat yoki viloyat miqyosidagi ta’lim supertizimsida anjumanlar, konferentsiyalar, olimpiadalar, ko’rik-tanlovlar, «davra  stollari», «pedagogik o’qishlar» o’tkaziladi, gazetalar va maxsus matbuot shakllari uyushtiriladi va hokazo. Kichik va o’rta pedagogik tizimlar yanada kattaroq pedagogik jarayonlar loyihalashtiriladi.
 
Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.
Har doim u yoki bu pedagogik jarayon doirasida mavjud bo’ladi, u orqali esa ma’lum pedagogik tizim doirasida pedagogik jarayon yaratiladi.
Pedagogik vaziyat — bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, uning ma’lum vaqt va ma’lum makondagi holatini belgilaydi.
Pedagogik vaziyat har doim konkret bo’lib, dars o’tkazish jarayonida, imtixon paytida, ekskursiya vaqtida va hokazolarda yaratiladi yoki kelib chiqadi, odatda u shu zahoti hal qilinishi mumkin. Pedagogik vaziyatni loyihalash jarayonning o’zini loyihalash tarkibiga kiradi.
Pedagogik vaziyatni yarata olish va hal qilish pedagogik faoliyatda juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular orqaligina pedagogik jarayon namoyon bo’ladi. Bu kichik qismlar o’zida pedagogik jarayon va umuman pedagogik tizimning barcha yutuqlarini va kamchiliklarini o’zida mujassamlashtiradi. Tarbiyaviy munosabatlarning konkret ifodasi pedagogik vaziyatlarning imkoniyatlarini amalga oshiradi.
Pedagogik vaziyat strukturasi tashqi ko’rinishidan juda sodda. Unga faoliyatning ikki sub’ekti — pedagog va talaba, va ularning o’zaro munosabatlari usullari kiradi. Lekin bu soddalik aldamchi va armonda qoldiruvchi bo’lishi mumkin (xushomadgo’ylik, tilyog’lamalik yoki qo’rs-qo’pollik har doim faoliyatda aynan bir natijani beravermasligi mumkin). Pedagogik vaziyat qatnashchilarining o’zaro ta’siri ularning murakkab ichki dunyosi, ularning tarbiyalanganlik darajasi va saviyasining qandayligiga bog’liq bo’ladi, hatto barcha komponentlarini bir yo’la qamrab olishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish ta’limi ustasi bir guruh talabalarining boshqa, alohida bir talabaga nisbatan zo’riqishini yumshatmoqchi bo’ladi. Bu talabaning ajoyib inson ekanligini, chiroyli va rostgo’y ekanligini nazarda tutib vaziyatni loyihalashtiradi. Buning uchun topshiriq berish, ota-onaning bolalar oldida chiqishlarini tashkil qilishni, ishonch va rag’batlantirish singarilardan foydalanishni maslahat beradi.
Pedagogik vaziyat tasodifan yoki avvaldan loyihalanib kelib chiqishi mumkin. Lekin har ikki holatda ham uni hal qilish, o’ylab ish ko’rishni taqozo qiladi.
Pedagogik vaziyatlarni loyihalash konkret odamlarni real holatning eng mayda zarralarigacha hisobga olib pedagogik jarayonni «moslashtirish» jarayoni singari amalga oshadi. Pedagogikada vaziyat pedagog va talabalar o’rtasidagi munosabatlar o’zgarmas deb qaraladi. Aslida pedagog va talaba o’rtasidagi suhbatga uchinchi bir odam qo’shilishi yoki mavzuga aloqador bo’lmagan biror hodisa aralashuvi vaziyatni tamomila o’zgartirib yuboradi.
Har bir pedagog uch tipdagi ob’ektlarni loyihalashda qatnashadi: pedagogik tizimni, pedagogik jarayonni va pedagogik vaziyatlarni. Bularning barchasi o’zaro bog’langan, ularning butunligi va ichki bog’langanligini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Buni quyidagi rasm-sxemada ko’rishimiz mumkin:
Pedagogik tizim tuzilishi pedagogik jarayonlar sifatiga, pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat sifatiga bog’liq va nig’oyat pedagogik vaziyat tarbiyaviy munosabatlar sifatiga bog’liq. Demak pedagogik jarayon davomida biror noxush holatni avval pedagogik vaziyatdan, keyin jarayonning o’zidan va nihoyat pedagogik tizimdan qidirish kerak. Yoki umumiy holat uni loyihalashda ekanligini aniqlash ham mumkin.
  1. Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
Asosiy ma’lumotlar
An’anaviy qog’ozli va elektron organayzerlardan tashqari, oddiy bo’lmagan variantlar, masalan, mazmun jihatidan chizilgan biron-bir masalalar stikerlar yordamida vatman qog’oziga mahkamlangan bo’lib u devorga yopishtirilgan bo’ladi.
       Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan kitob qo’shimcha funktsiyalarga ega cho’ntakli xususiy kompyuterlar,  kompyuterli dasturlar va onlayn-organayzer bilan almashtira boshlandi: bo’lajak voqealar to’g’risida eslatish, axborotni himoyalash va sinxronlash.
21- asrda organayzer deganda ko’proq mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotni tushuna boshlashdi.Ularning so’zsiz ustunligi bo’lib kiritilayotgan ma’lumotlar hajmining amalda cheksizligi, hamda avtomatik eslatishlarni o’rnatish bo’ldi. Organayzerlar shakli turli bo’lishi mumkin. Masalan, tor ixtisoslashgan organayzerlar: retseptlar organayzeri, moliya  organayzeri,   musiqa kollektsiyasi organayzeri.
Organayzer vaqtni boshqarish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ishlarni dastavval rejalashtirish istalgan hoh shaxsiy, hoh kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. Shuning uchun vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish sohasida tashkilotlarga va xususiy shaxslarga maslahat beruvchi odamni ham ba’zida “organayzer” deb atashadi. AQSH da hattoki Kasbiy Organayzerlar Milliy Assotsiatsiyasi (NAPO) mavjud.
Cho’ntak xususiy kompyuterlari.
Cho’ntak xususiy kompyuterlarining rivojlanishi (ChXK) aynan  elektron organayzerlardan boshlandi. Bular kalkulyator o’lchamidagi qurilmalar bo’lib adresli axborotni saqlash, voqealarni rejalashtirish, kundalikni olib borish va ichiga o’rnatilgan dasturiy ta’minot va hok.lardan iborat edi.  Hozirgi kunda ChXK – bu ko’p vazifali operatsion tizimli murakkab qurilmadir. Uni  organayzerga aylantirish uchun unga muvofiq dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak bo’ladi.
Kompyuterli dastur-organayzer.
Kompyuterli dastur-organayzer — u amaliy dasturiy ta’minotga tegishli kompyuterli dastur bo’lib foydalanuvchi axborotini yig’ish, so’ngra undan tezkor holda axborotni qidirish, ishlarni tashkil qilish va ularni bajarishni nazoratlash, foydalanuvchining ma’lum voqealarni kuzatishi uchun mo’ljallangan. U xususiy organayzerning shakllaridan biri hisoblanadi.
Tipik kompyuterli dastur-organayzerning funktsiyalari  quyidagi bo’limlar ishlashini ta’minlash bilan bog’liqdir:
  • kalendar;
  • kontaktlar menedjeri (foydalanuvchining manzil — telefonli kitobi);
  • yozuv kitobchasi va qog’ozchalar (yopishqoq-varaq qog’ozilar analogi);
  • ma’lum sana va vaqtga bog’langan voqealar( mas., bayramlar yoki uchrashuvlar);
  • vazifalarni rejalashtiruvchi (topshiriqlarni) — ularni mustaqil yoki tashqaridan bajarilishini nazoratlash;
  • ma’lum voqealar to’g’risida foydalanuvchiga eslatuvchi-budilniklar.
Ba’zi dastur-organayzerlar yuqorida sanab o’tilgan bo’limlardan biron-bittasiga ega bo’lmasligi ham bo’lishi mumkin yoki qo’shimcha funktsional vazifani bajarishi mumkin, masalan, elektron pochta bilan ishlash imkonini berib pochta mijozi funktsiyasini bajaradi.
Organayzer on-layn oddiy dasturdan shunisi bilan farqlanadiki u lokal kompyuterda o’rnatilmay ishchi o’rinda o’rnatiladi.
  
Planing organayzerlari                        Qora organayzer                Organayzer katta kulrang
 
Kompyuter yordamida vaqtni tashkil etish.
Taym-menedjmentini  tizimli qo’llashni boshlang’ich nuqtasi deb www.improvement.ru.sayti topilgan vaqt sanaladi.
Vaqtni boshqarishning turli metodikalarini o’rganib masalalar, loyihalar hamda fikrlarni saqlash, strukturalash va tasvirlash uchun  xususiy dasturni ishlab chiqish lozim.
Qog’ozili organayzer
Qog’ozili organayzer quyidagilardan iborat:
1.Operativ boshqaruv        
Bu odatda 48 varaqli daftar bo’lib, uning ikki varag’iga roppa-rosa ikki hafta sig’adi. O’ng tarafdagi varaqda haftaning 7 kuni chizilgan bo’ladi, chap tomondagi qog’ozda – eslatmalar yoziladi. Daftar masalalarni tezda qayd qilish uchun  har doim qo’l ostida, ishchi stol ustida bo’ladi. Bu daftarga faqat kunlar bo’yicha masalalar nima qilish to’g’risida qisqa tarzda, batafsil yoritilmay yoziladi. Daftarda loyihalar nimadan iborat va ularni qachon bajarish kerakligi  to’laligicha yoritilmaydi. Bu erga ma’lumotlar qalin “Strategik rejalashtirish” va “Loyihalar kartochkalari” daftaridan har hafta masalalarni haftaga rejalashtirishda yoziladi.
Ko’p ish bajarish kerak bo’lganda (masalan, ko’chada, magazinda, transportda va hok.,) u holda alohida qog’ozchaga “Operativ hisobot” daftaridan masalalarni yozib olib, shu qog’ozcha bilan kun davomida yurib, bajarilgan ishlarni o’chirib yurish kerak.
“Operativ hisobot” daftari
  1. Strategik rejalashtirish.
96 ta varaqdan iborat daftar bo’lib unga rejalarni oylar/yillarga mo’ljallab yozish mumkin.U quyidagicha bo’lishi mumkin:
  1. Oy bo’icha maqsadlar. 12 oy, bu erda 1 ta varaq q 1 oy.
  2. Yillik maqsadlar.
“Strategik hisobot” daftari
”Ishlab chiqishlar” guruhi loyihalari (ko’k papkalar)

Loyihalar papkalari
3.Elektron organayzer.
LeaderTask – organayzer ishlab chiqilgandan so’ng qog’ozli organayzerning barcha kamchiliklari oddiygina hal etildi. Endi qog’ozlarni to’ldirishga ko’p vaqtni sarf qilish o’rniga yagona daftar kerak bo’ladi, u ham bo’lsa kompyuterdir, unga siz istalgancha turli-tuman axborotni istagan hajmda kiritishingiz va uni qayta ishlashingiz hamda sizga qulay va maqbul bo’lgan ko’rinishda saqlashingiz va bosmaga chiqarishingiz mumkin.
                 Elektron organayzer               Organayzer Atlantic            Ishbilarmon odamlar
     3Com PalmPilot                                                     uchun  planing  organayzerlar
 
 
 
 
Qo’llanilgan adabiyotlar:
 
  1. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.: TDPU. 2006 y.
  2. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.
  3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Qarshi. “Nasaf”, 2000 y.-80 b.
  4. Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: “Fan”. 2005.
  5. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.: 2001
  6. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse.-M.: Znanie.
  7. Pityukov V.Yu. Osnovi pedagogicheskoy texnologii. — M.: Gnom-Press, 2007 (uchebnoe posobie).
  8. Ishmatov Q. Pedagogik texnologiya. Ma’ruza matni.Namangan, NamMPI.-2004.-95 b.
  9. Alimov N.N., Turmatov J.R. «Pedagogik texnologiyalar». -Jizzax, — 87 bet.
  10. Dadamirzaev G’. Pedogogik texnologiyalar bo’yicha izohli tayanch so’z va iboralar. Metodik qo’llanma. — Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet.
  11. Seytxalilov A., Raximov B.X., Majidov I.U.Pedagogicheskiy slovar-spravochnik. – T.: «OPTIMAL LIGHT», 2011.-704s.», 2011.-704с.
  12. ziyonet.uz
  13. tdpu.uz

Оставьте комментарий