Sovuq haroratda smartfondan qanday to‘g‘ri foydalanish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Sovuq haroratda smartfondan qanday to‘g‘ri foydalanish kerak?

Zamonaviy odamni telefonsiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘chada havo harorati pasaygani sari, smartfon egalari qurilmalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelishlari mumkin.
Aqlli qurilma vaqti-vaqti bilan qotib yoki o‘chib qoladi. Bunga nima sabab bo‘lishi va sovuqda smartfondan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumot beramiz.

Sovuqda smartfonlarning o‘chib qolishi sabablari
Ko‘pgina smartfonlar qo‘llanmasida 0 °C (selsiy ko‘rsatgichi) dan yuqori va 25-35 °C gacha bo‘lgan haroratda qurilmaning normal ishlashi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish mavjud. Noldan past haroratlarda 5-10 daqiqadan ko‘proq turish smartfonni o‘chib qolishiga yoki to‘liq ishlamasligiga olib kelishi mumkin.
Bu quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:

• sovuq, qurilma batareyasining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Smartfonlarda litiy-ionli (Li-Ion) batareyalar o‘rnatilgan bo‘lib, past haroratda undagi ionlarning almashinuvi sekinlashadi. Batareya quvvati yarimga kamayadi, shuning uchun qurilma sovuq havoda tezroq zaryadsizlanishi mumkin. Batareyadan quvvat olishning qiyinlashuvi, smartfon o‘chib qolishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Taxminan -10 °C da qurilma ishlash jarayoni buziladi. Litiy-polimer (Li-Po) batareyalar sovuqqa ko‘proq dosh berishi mumkin, ammo ular nisbatan kamroq tarqalgan;

• past harorat, smartfon ekraniga ham ta’sir qiladi. Piksellar sekinlashib ko‘rsatiladi va animatsiya butunlay o‘chiriladi. Suyuq kristalli displey -1 °C da ishlamay qolishi mumkin. AMOLED (https://t.me/gsmgurus_FAQ/451) texnologiyasidagi displey sovuqqa chidamliroq, ammo undan asosan flagman smartfonlarda foydalaniladi.

• smartfon vaqtincha ishlamay qolishining yana bir sababi sensor qatlami (tachskrin) bo‘lishi mumkin. Himoya oynasi tezda muzlaydi va tachskrin barmoq teginishlariga javob bermaydi.

Shuningdek, smartfon korpusi materiali ham muhim rol o‘ynaydi. Plastik korpus issiqlikni uzoqroq saqlaydi, aluminiy va shisha esa bir necha daqiqada muzlaydi.

Sovuq mavsumda smartfon bilan bog‘liq muammolarning oldini olish mumkinmi?
Ha, mumkin. Buning uchun quyidagi qoidalarni bilishingiz kerak:

1. Smartfondan chexolda foydalaning va/yoki uni ichki cho‘ntagingizda olib yuring. Bunday isitish uni tez muzlashdan himoya qiladi. Inson tanasi sovuq mavsumda qurilma uchun yagona mos issiqlik manbai hisoblanadi.
2. Sovuqda besh daqiqagacha suhbat davomida, qurilma muzlatilmasligi mumkin. Uzoq suhbatlar uchun telefoningizni cho‘ntagingizdan chiqarmaslikka imkon beruvchi naushnikdan foydalaning.

Sovuqda o‘chib qolgan smartfonni qanday yoqish kerak
Smartfonning xizmat muddatini uzaytirish uchun, sovuqda o‘chirgandan so‘ng uni to‘g‘ri yoqish muhimdir. Buni issiq xonaga kiriboq bajarishga urinib ko‘rmang, shuningdek, isitish batareyasining yonida (ustida) isitmang. Sovuqdan issiqqa birdan o‘tish, smartfon korpusida kondensat hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijasi esa smartfoningizni ustaga olib borishingizga to‘g‘ri keladi.

Xonaga kirganingizdan so‘ng, qurilmani yoqishdan oldin, smartfonni tashqi kiyimingizning ichki cho‘ntagida yarim soat davomida qoldirganingiz ma’qul. Agar iloji bo‘lsa, batareyani chiqarib oling va alohida qo‘ying. Smartfonni darhol zaryadga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Qurilma kamida 5-6 °C gacha isitilguncha kutish kerak (xona haroratiga moslashguncha).

Savol: Sizda sovuq haroratda smartfondan foydalanishda yuqorida ko‘rsatilgan yoki boshqa muammolar uchraganmi?
Smartfoningiz qo‘llanmasida uning ishlash harorati haqida ma’lumot bormi?

Оставьте комментарий