Konsta ya’ni Sharifjon Abdullaev haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Konsta ya’ni Sharifjon Abdullaev 1992 yil Guliston shaxrida tug’ilgan. 1999 yil Quvonch bog’cha maktab majmuasiga qabul qilinib 2008 yil bitirgan. Keyin o’qish Toshkent Bank Hisob Kredit Kollejida davom etgan.
Aynan shu kollej davrida do’sti «Shady Man» Qubonali Mamadalizoda taklifi bilan birinchi bor trek yozishgan. Shundan so’ng 2011 yilgacha u «trek yozish» masalasiga jiddiy qaramagan. 2011 yil Gulistonga qaytib mahalladoshi Toxir Prod tahallusi ostida ijod qilayotganini bilib, u bilan fikr almashib ijodga jiddiy yondasha boshlidi.
2011 yil oxiriga kelib ular birgalikda birinchi yaroqli trek chiqarishadi desak ham bo’ladi. 2012 yil Sharif Moskvaga ketadi. Turli hissiyotlar aralashib, yolg’izlik uni ijodga bo’lgan ehtiyojini oshiradi. Uzoq o’ylanishlar va izlanishlardan so’ng Konsta obrazi yaratildi. 2012 Baxorda Konstaning birinchi treklari tarmoqda paydo bo’ldi. Xozirgi kunga kelib 100 dan ortiq treki mavjud.

Оставьте комментарий