Meksika Qoʻshma Shtatlari

Maydoni: 1 972 550 kv.km. Aholisi: 116 220 000 dan ortiq. Poytaxti: Mexiko shahri. Boshqaruv shakli: prezidentli respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 31 shtat (estados) va bitta federal okrugga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey, Puebla. Pul birligi: meksika pesosi. Jugʻrofiy oʻrni, tabiati. Shimoliy Amerikada joylashgan. Oʻrta Amerikaning asosiy qismini egallagan. Shimolda AQSH, janubi-sharqda Beliz va Gvatemala bilan chegaradosh. Gʻarbini Kaliforniya koʻrfazi va […]

Meksika Qoʻshma Shtatlari Читать дальше »

Dunyoda qancha kitob bor?

Yetakchi qidiruv sayti “Google” dunyodagi barcha badiiy, publitsistik va ilmiy asarlarni hisoblab chiqdi. Unga koʻra, dunyoda 129 864 880 ta kitob bor. Biroq bu internetga maʼlum kitoblar, xolos. Kutubxonalardagi va qoʻlyozma fondlaridagi juda koʻp kitoblarni qidiruv mashinasining oʻtkir nigohlari “tuta olmagan”i aniq. oriftolib.uz Orif Tolib tayyorladi.   “Yoshlik” jurnalining 2017 yil 6-sonida chop etilgan.

Dunyoda qancha kitob bor? Читать дальше »

Islandiya Respublikasi

Maydoni: 103 125 kv.km. Aholisi: 320 000 dan ortiq. Poytaxti: Reykyavik shahri. Tuzumi: parlamentar respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 8 ta viloyatga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupavogyur, Xabnarfordyur, Akyureyri. Pul birligi: islandiya kronasi. Jugʻrofiy oʻrni. Islandiya “muz oʻlkasi”, “muz yer” degan maʼnoni anglatadi. Atlantika okeani shimoliy qismidagi Islandiya oroli va uning atrofidagi mayda orolchalardan iborat. Garchi “muz oʻlkasi” deb nomlangan boʻlsa-da, Islandiya Arktika iqlimi hududlariga

Islandiya Respublikasi Читать дальше »

Hindiston Respublikasi

Maydoni: 3 287 590 kv.km. Aholisi: 1,2 milliarddan ortiq. Poytaxti: Niyu Dehli. Tuzumi: parlamentar respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 28 ta shtat, 6 ta birlashgan hudud va Dehli milliy poytaxt okrugiga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mumbay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Haydarobod, Chennay, Ahmadobod. Pul birligi: hind rupiyasi. Jugʻrofiy oʻrni. Hindiston Janubiy Osiyoda joylashgan. Maydoni kattaligi jihatidan dunyoda yettinchi oʻrinda turadi. Gʻarbda Pokiston, shimoli-sharqda Xitoy, Nepal,

Hindiston Respublikasi Читать дальше »

Navoiy yaratgan kuylar

Xondamir “Xulosat ul-axbor”da, Bobur “Boburnoma”da, Mutribiy “Nusxayi zeboyi Jahongir”da Alisher Navoiy musiqa ilmining bilimdoni boʻlgani, tevaragidagilarni ham soz ilmini oʻrganishga chorlagani, musiqalar bastalagani haqida aytiladi. Biroq bu asarlarda Navoiy aynan qanday musiqalarni ijod etgani haqida aniq maʼlumot yoʻq. Buyuk shoirning kuylaridan baʼzilari hozirgacha yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat “Oʻzbek klassik musiqasi va

Navoiy yaratgan kuylar Читать дальше »

Amerikani kim ochgan?

“Yangi dunyo” deb nom berilgan Amerika qitʼasining kashf etilish tarixi juda koʻp chigalliklarga, bahslarga sabab boʻlgan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Beruniy gʻarb tomonda qandaydir nomaʼlum yer borligini bashorat qilgan, biroq olim u yerda boʻlmagan, maʼlumoti isbotlanmay qolgan. Zamonaviy jugʻrofiya fani Amerika qitʼasini Xristofor Kolumb kashf etganini tan oladi. Lekin undan oldin bu yerga musulmon tadqiqotchilar kelgan.

Amerikani kim ochgan? Читать дальше »

Braziliya Respublikasi

Maydoni: 8 514 877 kv.km. Aholisi: 201 milyondan ortiq. Poytaxti: Brazilia shahri. Tuzumi: federativ respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 26 ta shtat va bitta federal okrug (poytaxt ogrugi)dan iborat. Yirik shaharlari: San Paulu, Rio de Janeyro, Salvador, Belu Orizonti, Fortaleza, Brazilia. Pul birligi: real. Jugʻrofiy oʻrni. Aholi soni va maydoni boʻyicha Janubiy Amerikadagi eng katta mamlakat. Materikning deyarli yarmini band etgan. Amerika qitʼasidagi

Braziliya Respublikasi Читать дальше »

Indoneziya Respublikasi

Maydoni: 1 919 440 kv. km. Aholisi: 245 000 000 dan ortiq. Poytaxti: Jakarta shahri. Tuzumi: respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 31 ta viloyatga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabaya, Bandung, Bekasi, Medan, Tangerang, Depok, Semarang. Pul birligi: indoneziya rupiyasi. Jugʻrofiy oʻrni: Janubiy-sharqiy Osiyoda – Malayya orollar toʻdasi va Yangi Gvineya orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Sohillarini Tinch va Hind ummoni suvlari yuvib turadi. Quruqlikdagi

Indoneziya Respublikasi Читать дальше »

Gruziya Respublikasi

Maydoni: 69 700 kv.km. Aholisi: 4 470 000 dan ortiq. Poytaxti: Tbilisi (Tiflis) shahri. Tuzumi: respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 2 ta muxtor respublika, 10 ta oʻlkaga boʻlinadi. Lekin Abxaziya va Janubiy Osetiya muxtor respublikalari amalda mustaqil. Yirik shaharlari: Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Rustavi, Zugdidi, Gori, Poti, Suxumi, Sxinvali. Pul birligi: lari. Jugʻrofiy oʻrni. Gruzinlar oʻz yurtlarini “Sakartvelo” deb atashadi. Mamlakat hududi Old Osiyo,

Gruziya Respublikasi Читать дальше »

Dogʻiston Respublikasi

Maydoni: 50 270 kv.km. Aholisi: uch million kishi. Poytaxti: Mahachqala shahri. Tuzumi: respublika (Rossiya Federatsiyasi subʼyekti). Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 42 ta tumanga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Maxachqala, Darband, Xasavyurt. Pul birligi: rossiya rubli. Jugʻrofiy oʻrni. Dogʻiston janubda Ozarboyjon, janubi-gʻarbda Gurjiston, gʻarbda Checheniston, shimoli-gʻarbda Stavropol oʻlkasi va Qalmiqiya Respublikasi bilan chegaradosh. Hududning shimoldan janubgacha oʻrtacha uzunligi 400 km., gʻarbdan sharqqacha uzunligi esa 200 km. atrofida.

Dogʻiston Respublikasi Читать дальше »