Qanday qilib dasturlashni o’zingiz o’rganishingiz mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Men dasturlashni barchasini online o’rgandim, siz ham o’rgana olasiz.
Hozirgi kunda karantin bo’lganligi sabab, qilishga hech qanday ish yo’q, hech qayerga borish imkonsiz va hech kim bilan ko’risha olmaysiz, ushbu vaqtdan foydalanib, o’zingizga dasturlashni o’rgating. Bu ajoyib imkoniyat!
Bir necha haftadan keyin, men Garvard universitetining Computer Science(Komputer ilmi) yo’nalishini online tarzda yakunlayman. Mening dasturlash sohasiga kirib kelishim, 13 yoshligimdan boshlangan. Men bu vaqtlar JavaScriptni sevib qolgandim, chunki saytimni o’zgacha qilar edi.
O’sha paytlari, men hech qanday dasturlash darslarini(kurslarini) olmaganman, dasturlashga kirishim uchun internetda online resurslarning o’zi yetarli edi va dasturlash asoslarini o’rganganman.
Dasturlashni o’rganishingiz kerak, chunki bu siz uchun yaxshi.
Shunday ekan, netflix da filmlarni ko’rish va Tik tokda turli xildagi bemaza videolarni ko’rgandan ko’ra, undan ko’ra, dasturlash tillaridan birini yaxshilab, o’rganing!
Sizga yozni IOS dasturlashni, algoritmni o’rgatgan inson sifatida, quyida sizlarga bir necha maslahatlar bermoqchiman. Karantindan foydalanib olish kerak.

 

Vebsayt dasturlash
Yuqorida takidlaganimday, dasturlashni boshlagan nuqtam, bu web dasturlash edi. Hamma singari, HTML, CSS, JavaScript da turli xildagi saytlar tuzganman. Hozirgi, kunda judayam ko’plab, online sayt yasovchi konstruktorlar bor va unda bir qator ham kod yozmasdan, sayt yarata olishingiz mumkin. Misol uchun: WordPress, Squarespace.
Wordpres yoki squarespace ni ishlatyabganda, sizlarga bir narsani maslahat beraman, ya’ni, CSS kodlarni o’zingiz yozishingizni.
Mobil dasturlarni dasturlash
Kollejda 1-kursligimda, men IOS qurilmalar uchun dasturlar yaratish, algoritm larni butunlay youtube da videolar ko’rib o’rgandim. Chunki, u paytlar, Garvard IOS dasturlashni o’rgatmas edi. Shuning uchu, o’zimga IOS dasturlashni o’rgatdim.
IOS dasturlar yaratishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, Apple kompaniyasining bepul IOS dasturlash uchun Xcode dasturini tavsiya qilaman. Boshlab olish uchun, Xcode, judayam qulay hisoblanadi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda siz, IOS dasturlash uchun objective-c va Swiftni o’rganishingiz mumkin. Ko’plab dasturchilar, swift dasturlash tilini afzal ko’rishadi. Apple ning saytida, boshlovchilar uchun juda ham ko’p resurslar bor.
Algoritm
Men algoritmlashda ko’plab muammolarni yechmaganman, lekin dasturlash interviewiga tayyorlanishda yechdim. Mening do’stim, hozirgi kunda, karantin davrida, algoritmlashni o’ziga o’rgatyabdi.
U Hackerrankda algoritmlashni o’rganyabdi. Hackerrank ga kirib, siz ham bepul algoritm muammolarini yechishingiz mumkin.
Agarda qiyin ahvolga tushib qolsangiz, Google!
Men hozirgi kunga qadar, hech qanday komputer kurslari uchun pul to’lamadim, asosiysi Google orqali o’rgandim. Ushbu hafta, bir web sayt yaratish paytida, JavaScript da bir qatorda hal bo’ladigan ishni soatlab google dan izladim… JavaScipt bilan 7 yildan beri ishlab kelaman.
SHunday ekan, o’zingiz uchun yaxshi resurs toping va karantin davrida o’rganing, Barchaga omad!
Muallif: Made Lapuerta – Garvard universiteti bitiruvchisi

2 комментария к “Qanday qilib dasturlashni o’zingiz o’rganishingiz mumkin?”

Оставьте комментарий