Smartfonning qizib ketishi odatiy hol bo‘lgan holatlar

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfonning qizib ketishi odatiy hol bo‘lgan holatlar

Yaqinda kanalimizda o‘tkazilgan so‘rovnoma (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1096) natijalari va uning ostida obunachilarimiz yozib qoldirgan sharhlari, smartfon asosan qanday hollarda qizishi mumkinligini haqidagi savolga javob bo‘la oladi.

Ular quyidagilar:

1. «Og‘ir» o‘yinlar o‘ynaganda. Ayniqsa, agar smartfon bir vaqtning o‘zida zaryad olayotgan bo‘lsa. Bundan tashqari, yuqori grafikaga ega bo‘lmagan ba’zi o‘yinlar, smartfoningiz uchun yaxshi moslashtirilmaganligi, uning protsessoriga og‘ir yuk bo‘ladi.
Shuningdek, shu kabi o‘yinlar batareyani juda tez sarflashi ham mumkin. (Nima uchun smartfon batareyasi tezda tugaydi? (https://t.me/gsmgurus_FAQ/543))

2. Smartfondan navigator (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1004) sifatida foydalanganda, ayniqsa, agar u avtomobilning quyosh nurlaridan himoyalanmagan qismida joylashgan va zaryadlovchiga ulangan bo‘lsa.

3. Katta resurs talab qiladigan ba’zi ilovalar bilan ishlaganda. Odatda, bu rasm va video bilan bog‘liq, lekin boshqa variantlar ham bo‘lishi mumkin, masalan, torrent-trekerlar orqali fayllarni yuklab olish va qurilma ishlash tezligi testlarini (benchmark) o‘tkazishda.

4. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ilova yoki kattaroq ilova yangilanganda. Bundan tashqari, smartfoningizda avtomatik sinxronlashni (https://t.me/gsmgurus_FAQ/231) amalga oshiradigan ko‘plab ilovalar o‘rnatilgan bo‘lsa.

5. Smartfon zaryad olayotganda, ayniqsa tez zaryadlash (https://t.me/gsmgurus_FAQ/545)kabi funksiyadan foydalanganda.

6. Smartfon tarmoqqa ulanishi qiyin bo‘lgan (antenna yo‘qolib yana paydo bo‘ladigan) yoki tarmoq turlari (2G/3G/4G) tez-tez o‘zgarib turadigan hududda bo‘lganda. (WiFi yoki 3G/4G internet qaysi biri batareyani ko‘proq sarflaydi? (https://t.me/gsmgurus_FAQ/980))

7. Smartfondan quyosh nurlari ostida, jaziramada foydalanganda, ayniqsa energiya talab qiladigan vazifalarni bajarganda.

8. So‘nggi paytlarda, maynerlar kriptovalyutani ishlab chiqarish uchun turli xil usullardan foydalanishmoqda. Masalan zararsiz bo‘lib ko‘ringan VPN, sport musobaqalarini translyatsiya qiladigan ilovalar ichiga, yashirin ravishda kriptovalyuta ishlab chiqarish funksiyasi qo‘shiladi. Fon rejimida (https://t.me/gsmgurus_FAQ/750)doimiy ishlab turadigan shu kabi ilovalar smartfon qizib ishlashiga sabab bo‘ladi.

Savol: Smartfoningiz g‘ilofi (chexol) ham uning qizishiga sabab bo‘la oladimi?

#ma’lumot

Оставьте комментарий