Ulug’bek Nosirovich Qodirov haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Ulug’bek Nosirovich Qodirov (1983-yil 3-avgust Toshkent shaxri) — o’zbek aktyori, qo’shiqchi va sportchi. Toshkent shaxar 34-maktabni tamomlab Toshkent Davlat san’at institutiga o’qishga kirgan. Ilk bor sahnadagi roli 2-kurs paytida bo’lib oliygoh teatrida «Gamlet» va «Romeo va Julietta» asarlarida bosh rolni gavdalantirgan. Ulug’bek o’zini honandalikda ham sinab ko’rgan uning ilk qo’shig’i Shoira Azimova bilan «Kel jonim» deb nomlangan dueti. Uning o’zi xalqqa tanitgan roli «Sarvinoz» filmidagi chiqishi deb hisoblaydi. Yoshligidan kamgap va bosiq bo’lib o’sgan. 2004-yil otasi vafot etgan. Shu sababli oilasida onasiga suyanchiq bo’lib qolgan. Kariyerasidagi eng yaxshi yillardan biri 2005-yil bo’lib u o’sha yili «Eng yaxshi yosh aktyor» nominatsiyasida g’olib bo’lgan. Ilk bor «Ayol zoti» filmida Bobur Yo’ldoshev bilan birga rol ijro etgan. Filmografiyasi: «Sarvinoz»(2004), «Baxt uchun million»(2005),»Fotima va Zuhra»(2005), «Devona»(2004), «O’yin»(2005), «Shabbona»(2006), «Jazo»(2007), «Shabnam»(2008) kabilar.

Оставьте комментарий