Burak O’zchivit haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Burak Ozchivit

– Siz yuqorida ko’rib turgan insoningiz o’sha mashhur serial «Sevgi Iztirobi» orqali o’zbek tomoshabinlariga tanilgan Burak O’zchivit hisoblanadi.

Burak O’zchivit – aktyor va model 1984-yilning 24-dekabrida Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoga keladi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lib, uning bir nafar singlisi bor. Burchun Denis.

— Burak mashhurlikka model bo’lish orqali erishgan. 2003-yilda u Turkiyaning top modeli bo’lgan. 2005-yilda esa u dunyoning ikkinchi raqamli eng zo’r modeliga aylangan.
— Burak O’zchivitning eng yoqtirgan sport turi futbol. Chiroyli mashinalarga qiziqadi. Ingliz tilini juda yaxshi biladi.

Burak O’zchivit hozirda 36 yoshda. Bir o’gilning otasi va bir ayolning umr yo’ldoshi hisoblanadi. Rafiqasi Fahriye Evchen. Choliqushi serialida Feride roli ijrochisi. O’gli Karan O’zchivit. Hozir 2 yoshda. Burak Fahriyeni 2013-yilda Choliqushi serialida yoqtirib qolgan va ularning to’yi 2017-yil 9-martda bo’lgan.

Оставьте комментарий