«ChЕRЕPNOYE DAVLЕNIYE» HAQIDA

DO`STLARGA ULASHING:

«ChЕRЕPNOYE DAVLЕNIYE» HAQIDA

(I qism)

Odamlar orasida “cherepnoye davleniye” iborasi shu qadar keng tarqalganki, ba’zida chuqur o‘yga tolasan kishi. Bu tashxisni qo‘ymaydigan vrach qolmadi, shekilli. Aslida chuqur nevrologik tekshiruvlar asosida aynan nevropatolog tomonidan qo‘yiladigan bu tashxisni nega boshqa toifa vrachlari ham qo‘ymoqda? Ularning bunga yuridik huquqi bormi? Aksariyat odamlar arterial qon bosimidan emas, “cherepnoye davleniye”dan qo‘rqadigan bo‘lib qolgan. Nima uchun? Endi tug‘ilgan chaqaloqqa ham shu tashxisni qo‘yishyapti, qari odamlarga ham. Nima, bu kasallik shu qadar ko‘p tarqalganmi yoki asossiz tashxislar ko‘payganmi?

Javob: Kalla suyagi ruschasiga “cherep”, lotinchada “sranium” deb yuritiladi. Rus tilidagi “Vnutricherepnoye davleniye” o‘zbekchaga “kalla suyagi ichki bosimi” deb tarjima qilinadi. Xo‘sh, miyaning ichki bosimi oshishi yoki intrakranial gipertenziya haqiqatan ham ko‘p tarqalganmi? Aslo yo‘q! Bosh og‘riqlar sababi ichida miyaning ichki bosimi oshishi bor-yo‘g‘i 12 foiz xolos. «Cherepnoye davleniye» tashxisni faqat shifokorlar emas, odamlar ham o‘zlariga-o‘zlari shu tashxisni qo‘yyapti. Hatto mahallaning eski do‘koni oldida qurt va pista sotib o‘tiradigan onaxonning yoniga borib mening boshim qattiq og‘riydi, doimo og‘riydi, desangiz “Sizda cherepnoye davleniye” oshgan, deb javob beradi.

Barcha bosh og‘riqlar sabablari ichida miyaning ichki bosimi oshishi bor-yo‘g‘i 10-12 % ni tashkil qiladi. Boz ustiga, “miyaning ichki bosimi” degan tashxis yo‘q. Miyaning ichki bosimi hammada bor. Uni likvor bosimi deb ham atashadi. Likvor (miya suyuqligi) bosimi gorizontal holatda 100-200, o‘tirgan holatda 200-400 mm suv ustuniga teng. Xuddi arterial qon bosim kabi. Masalan, arterial qon bosim hammada bor va u normada 120/70 mm. simob ustuniga teng. Ba’zi katta yoshdagilarda 140/90 mm simob ustuni ham me’yor hisoblanadi. Arterial qon bosim o‘lchov birligi – mm simob ustuni bilan yoziladi, likvor bosimi esa mm suv ustuni deb yoziladi. Aslida likvor bosimini aniqlash uchun orqa miya suyuqligi olib tekshiriladi.

👉 @doctor_Muminov

Оставьте комментарий