Galileo Galilei haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Galileo Galilei (Galileo Galiley; 15 fevral 1564 — 8 yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta ta’sir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mehanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.

GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza — 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat.sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, G. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni oʻrgangan va ixchamgina «Kichik tarozular» asarini yozgan (1586; 1655 yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan.

Оставьте комментарий