Nadya Suleyman haqida

DO`STLARGA ULASHING:

#Mashhur_Ona

Siz yuqorida koʻrib turgan ayol dunyoda bir vaqtda eng koʻp tirik chaqaloqlarni dunyoga keltirgan va ularni voyaga yetkazyotgan mashhur ona — Nadya Suleyman hisoblanadi.

Nadya Suleyman 2009-yilda 8 farzandni bir vaqtda dunyoga keltiradi va u “Ginnesning rekordlar kitobi”ga eng koʻp tirik chaqaloqlarni dunyoga keltirgan ayol sifatida kiradi (https://www.usatoday.com/story/news/2021/05/06/how-one-malian-woman-gave-birth-nine-babies/4971712001/).

Ammo tasodifni qarangki, bir kun avval maliyalik 25 yoshli ayol 9 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi (https://globalnews.ca/news/7838934/malian-woman-birth-nine-babies/amp/). Hozirda “Ginnesning rekordlar kitobi” izlanishlar olib bormoqda. Agar u rasman tasdiqlansa, dunyo rekordi yangilanadi.

Bu haqda “Ginnesning rekordlar kitobi” USA TODAY nashriga xabar bergan (https://www.usatoday.com/story/news/2021/05/06/how-one-malian-woman-gave-birth-nine-babies/4971712001/).

💬Sizningcha inson hayotida sodir boʻladigan eng quvonchli hodisa qaysi?

Оставьте комментарий