Jo Bayden haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Siz yuqorida koʻrib turgan inson mashhur Prezident Jo Bayden. U AQShʼning hozirgi va 46-prezidenti hisoblanadi. Uning boyligi “Forbes” nashri maʼlumotiga qaraganda $ 8 million dollarni tashkil qilmoqda (https://www.forbes.com/sites/michelatindera/2021/06/10/heres-how-much-joe-biden-is-worth/?sh=6b43f3fb461b). Jo Bayden xristianlikning Rim katolikligiga eʼtiqod qiluvchilardan sanaladi (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Joe_Biden).

Jo Bayden – prezident, Demokratik Partiya aʼzosi 1942-yilning 20-noyabrida AQShʼning Pensilvaniya shtatida tugʻilgan. Uning bir nafar singlisi va ikki nafar ukasi bor. Otasi badavlat kishi boʻlgan. U ishlatilgan mashinalar savdosi bilan shugʻullangan.

Jo Bayden 2020-yil noyabr oyida boshlangan AQSh prezidentlik saylovida AQSh tarixida eng koʻp ovoz toʻplab, saylovda gʻolib chiqadi. 2021-yilning 20-yanvar kunida esa u rasman AQShʼning 46-prezdenti sifatida faoliyatini boshlaydi. Saylovda 81 milliondan ziyod ovoz toʻplagan Jo Bayden Donald Trampning isteʼfosiga sababchi boʻladi.

Jo Bayden hozirda 78 yoshda. U ikki marotaba turmush qurgan. U 4 farzandning otasi va 7 nabiraning bobosi hisoblanadi.

Оставьте комментарий