Mark Sukerberg haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?
Amerikalik yosh milliarder ($75 mlrd), Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri. Facebook Inc rahbari. Bugun uning tug‘ilgan kuni.
Qanday mashhur bo‘lgan?
Mark 1984 yil 14 may kuni Nyu-York shtatida yahudiylar oilasida tug‘ilgan (36 yosh). Otasi tish shifokori, onasi ruhshunos bo‘lib, oiladagi to‘rt farzand ichida yagona o‘g‘il bo‘lgan.
Maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq kompyuterda dasturlash bilan shug‘ullangan va «Risk» o‘yinining tarmoq versiyasini ishlab chiqqan. Oliy ma’lumotni Garvard universitetining psixologiya fakultetida olgan. O‘zini kasbi bo‘yicha xaker deb hisoblardi. Yosh dasturchi kompyuterda o‘z egasiga musiqiy ketma-ketlikni mustaqil ravishda yaratadigan Synapse dasturini yaratganidan so‘ng unga Microsoft kompaniyasi xodimlari e’tibor qaratishgan edi. Shunday qilib, u Kris Xyus va Moskovits bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga kirishadi. Bu borada unga braziliyalik talaba Eduardo Saverin moliyaviy ko‘mak beradi. Keyinchalik Mark Saverinni kompaniyani boshqarishdan chetlatishga uringani sud jarayoni mavzularidan biriga aylanadi. 2009 yil esa u Palo-Altoda Yuriy Milner bilan tanishadi va shu yili 26 mayda DST Facebookning 1,96 foiz ulushini 200 million dollarga sotib oladi. 2010 yilda Time jurnali Sukerbergni yil odami, deb e’lon qildi va birdan 8 dekabrda Uorren Baffet va Bill Geytsning filantrop kompaniyasiga qo‘shiladi. 2016 yil yozida Rim papasi bilan uchrashganidan so‘ng boyligining 99 foizini xayriya ishlariga bag‘ishlamoqchi ekanini bildirgan. Shu sababdan 2100 yilga kelib, bironta ham kasallik qolmasligi uchun rafiqasi Pristsilla Chan bilan birgalikda 3 milliard dollarni sarflagan. Markning Facebookni yaratishi haqida «Ijtimoiy tarmoq» filmi suratga olingan. «GQ» jurnalining so‘zlariga ko‘ra, Mark o‘zi yashaydigan shahardagi eng didsiz kiyinadigan inson hisoblanadi.
Mashhur nima deydi?

«Inson daho bo‘lishi yoki barcha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin, lekin u o‘ziga ishonmasa, bor imkoniyatini ishga sola olmaydi».

«Men har kuni o‘zimga shunday savol beraman: rostdan ham eng muhim ishni bajaryapmanmi? Yoki bekorga vaqtimni ketkazyapmanmi?»

«Bironta olmaxon uyingizga yaqinroq joyda vafot etadigan bo‘lsa, bu holat sizni Afrikadagi minglab odamlarning o‘limidanda ko‘proq o‘ylantiradi».

new.fikrat.uz

1 комментарий к “Mark Sukerberg haqida”

Оставьте комментарий