Notebook afzallik va kamchiiliklari haqida to’liq info

DO`STLARGA ULASHING:

Notebook afzallik va kamchiiliklari haqida to’liq info
(yana ham to’latish sizning qo’lingizda)
Ko’pchilik kompyuter olmoqchi bo’lsa, uning xarakteristikasidan oldin, notebook yoki statsionar kompyuter olish haqida o’ylaydi.
Demak, dastlab notebook haqida gaplashamiz, uni sotib olsangiz nimalardan yutasiz va nimalardan yutqazasiz birma-bir ko’rib chiqamiz.
Notebook sotib olsangiz qanday qulayliklarga ega bo’lasiz:
?Mobillik. Maxsus(!) sumkaga solib, istalgan joyga o’zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Eng asosiy afzalliklaridan biri.
?Avtonom rejim. O’zida mavjud bo’lgan akkumlyator orqali ishlashi. Istalgan joyga olib borishdan tashqari, u yerda ishlashingiz ham mumkin. Tok manbai qidirib yurmaysiz.
? Qo’shimcha modullarning mavjudligi. Wifi, Bluetooth, kamera kabi imkoniyatlardan foydalanish uchun qo’shimcha harajat qilmaysiz.
? Energiya sarfi kam. Oddiy statsionar kompyuterga qaraganda, kam tok sarflaydi, shunga moslashtirilgan.
? Shovqinsizroq. Kullerlar soni kamligi va ixchamligi orqali, ularni aylanishini unchalik sezmaysiz.
?Ixchamlik. Bu afzallik, ishlash jarayonida bilinadi, notebook’da ishlash uchun kichik stol ham bo’laveradi, katta joy talab qilinmaydi.
Endi, notebook sotib olsangiz, qanday muammolarga duch kelishingiz mumkinligini ko’rib chiqamiz:
?Moslashtirish. Ekran kichik va klaviatura ham biroz noqulay(ixchamlashtirilganligi uchun), agar ko’p vaqtingizni notebook bilan o’tkazadigan bo’lsangiz, alohida kattaroq monitor va klaviatura sotib olishingiz kerak bo’ladi.
? Xizmat ko’rsatishdagi muammolar. Biror detalni almashtirish, ichidagi changlarni tozalash, kuchaytirish(upgrade) kabi vazifalarni bajarish ancha muammo.
?Sovutish tizimidagi nuqsonlar. Hajm kichik, ishlashi tez, bajaradigan vazifalar juda ko’p, demak yaxshigina qizish bo’ladi, uni sovutish uchun, statsionar kompyuterdagidek katta kullerlar qo’yishning iloji yo’q, kichik kuller va quyi qismidagi teshiklar sovutish tizimini tashkil qiladi. Bu yetarli emas, kamiga notebook’ni biror yumshoq sohaga qo’yib, teshiklarni ham yopib quyamiz.
?Mexanik ta’sirlarga chidamsiz. Notebook bo’lgandan keyin, u olib yuriladi va tashqa ta’sirlar ko’p bo’ladi, kimdur tegib ketadi, qo’ldan tushib ketadi, biror qattiq sohaga uriladi, bizning yo’llarda moshinada olib yurishni gapirmasa ham bo’ladi. Xullas, mexanik tas’irlar orqali tez buzilish ehtimoli bor.
?Portlar soni kam. Bitta USB portni misol qilish mumkin, ko’p notebook’larda 2 yoki 3 ta bo’ladi, shundan bittasi sichqonchaga. Undan tashqari, HDMI port bo’lsa, DVI topilmi qoladi, DVI bo’lsa, VGA topilmi qoladi, xullas portlar bilan muammo bor.
?Individual yig’ish imkoni mavjud emasligi. Siz komplekt notebook sotib olasiz, mana buncha HDD, shuncha RAM va protsessor mashnaqa bo’sin deb buyurtma qilaolmaysiz, borini olasiz.
?Narxi qimmat. Ha, narxi darhaqiqat qimmat, shu pulga kuchliroq statsionar kompyuter yig’ish mumkin.
Agar siz ham, yuqoridagilardan tashqari, qandaydir pichoqqa ilinadigan kamchilik yoki afzalligini bilsangiz, komentariyaga yozing, postni davom ettirib qo’yaman.
Kanal foydalanuvchilarining fikrlariga ko’ra:
Notebook afzalliklari:
Notebook kamchiliklari:
O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: ? https://t.me/planetait

99 комментариев к “Notebook afzallik va kamchiiliklari haqida to’liq info”

  1. Hello there I am so grateful I found your blog, I really found
    you by accident, while I was looking on Digg for something else, Nonetheless I am here now and would just
    like to say kudos for a tremendous post and a all round thrilling blog (I also love the theme/design), I don’t have time to look over it all at the
    moment but I have bookmarked it and also added your RSS feeds, so when I have time I will be
    back to read more, Please do keep up the fantastic work.

  2. With havin so much content and articles do you ever run into
    any problems of plagorism or copyright violation? My blog has
    a lot of completely unique content I’ve either created myself or outsourced but it seems a
    lot of it is popping it up all over the internet without my permission. Do you know any methods to help prevent content from being stolen?
    I’d definitely appreciate it.

Оставьте комментарий