Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash

DO`STLARGA ULASHING:

Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash

Akkumulyatorni diagnostika qilish hech qachon kech emas, chunki uni almashtirish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Akkumulyatorning eskirganlik darajasini aniqlash uchun, batareyaning asl quvvat hajmi va uning eskirganligini foizlarda ko‘rsatuvchi BatteryCare dasturidan foydalanish mumkin.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni rasmiy saytidan yuklab olamiz (https://batterycare.net/en/download.html).

2️⃣. Uni o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

3️⃣. Vazifalar panelining soat yonidagi tizim treyidan (fonda ishlab turgan dasturlar orasidan) dastur belgisini topamiz va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan kontekstli menyudan “Показать BatteryCare” bandini tanlaymiz.

4️⃣. Eskirganlik darajasini bilish uchun “Дополнительно” varaqa (вкладка)si ustiga bosamiz va “Износ батареи” satrini izlaymiz.

Agarda batareyaning eskirganlik darajasi 15-20% dan katta bo‘lsa, u holda uning ishlashidagi avtonomlik tezroq pasayadi va uni almashtirish borasida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi.

📎 Battery Care v0.9.36 dasturining tizimga o‘rnatiluvchi va o‘rnatish talab etilmaydigan versiyalarini kanalimizdan yuklab oling: Install version (https://t.me/itspecuz_files/479) | Portable Version

(https://t.me/itspecuz_files/480)📝 Manba: @bugnotfeature

Оставьте комментарий