Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir; u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O. BALZAK
Ota-onaga nisbatan hurmat va muhabbat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg‘udir.
V. G. BELINSKIY
Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,
Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay.
A. NAVOIY
Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
…Ota-ona qalbi, bu eng olijanob hakam, eng yaxshi do‘st, bu alangasi intilishlarimizning muqaddas majmuasini isitadigan muhabbat quyoshi!
K. MARKS
Ota-onaga muhabbat — barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
SISERON
Inson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.
V. A. SUXOMLINSKIY
Ona-otang bilan munosabatda rostgo‘y bo‘l. Ular ma’qullaydigan ishga ulardan ruxsat va ijozat so‘ra. Intizomli farzand bo‘lish qiz va o‘g‘ilning haqiqiy erkinligidir.
V. A. SUXOMLINSKIY
Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir.
N. A. OSTROVSKIY
Ona — zamindagi yagona xudodir.
E. LEOUVE
Murg‘ak bolalar tili va dilidagi xudo — ona.
U. TEKKEREY
Ona muhabbatidan muqad dasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir.
V. G. BELINSKIY
Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir.
P. BERANJE
Inson o‘z onasini ruhiy jihatdan ham o‘ziga qadrdon deb bilishi noyob baxtdir.
M. GORKIY
Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
M. GORKIY
Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni — Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik quyosh nurlari-yu, Ona mehridan.
M. GORKIY
Sen bolalikdan ona ko‘zlariga boqib, ulardagi tashvish va halovatni, surur va hayajonni ko‘rishga o‘rganmagan ekansan —bir umrga axloqiy jihatdan nogiron bo‘lib qolasan. Sevgidagi qo‘pollik singari axloqiy nogironlik ham kishilar boshiga kulfat, jamiyatga zarar keltiradi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Ko‘rnamak o‘g‘il begonadan yomon. U jinoyatchidir, chunki onaga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishga o‘g‘ilning haqqi yo‘q.
G. MOPASSAN
Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.
I. GYoTE
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
A. NAVOIY
Ajdodlarga hurmatsizlik axloqsizlikning birinchi belgisidir.
A. S. PUShKIN
Bola o‘sayotib ota-onasini, aka-ukalari va opa-singilla-rini, o‘z maktabini, vatanini sevishga o‘rganmagan, uning xarakterida chuqur shaxsiyatparastlik belgilari tarbiya tongan bo‘lsa, u o‘zi tanlagan ayolni ham chuqur seva olishiga ishonish juda qiyin.
A.S. MAKARENKO
Ota-onasini, o‘rtoqlari, do‘stlarini sevmagan yigit qaylig‘i va xotinini ham hech qachon sevmaydi. Shahvatsiz muhabbat ko‘lami naqadar keng bo‘lsa, jinsiy muhabbat ham shu qadar olijanob bo‘ladi.
A. S. MAKARENKO
Biz farzandlarimiz bilap sevgi to‘g‘risida qanchalik donolik va kamsuqumlik bilan gaplashsak, bolalarimizning kelajakdagi sevgisi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi, biroq bu sipolik bizning bola xulqiga doimiy va muntazam ko‘rsatadigan e’tiborimiz bilan omuxta bo‘lmog‘i lozim.
A. S. MAKARENKO
Bolalaring senga qanday munosabatda bo‘lishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda bo‘l.
ISOKRAT
Otalar bilan bolalar bir-birlaridan rozi-rizolik kutib o‘tirmasdan, zarur narsalarni oldindan bir-birlariga berishlari lozim, lekin bu ishni birinchi bo‘lib ota qilishi kerak.
DIOGEN
Siz ota-onangiz bilan qanday muomalada bo‘lsangiz, bolalaringiz ham sizbilan shunday muomala qilishini yodda tuting.
FALES
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat ham sevishganlar o‘rtasidagi munosabat singari mashaqqatli va shu qadar hayajonlidir.
A. MORUA
Bolalar yigirma besh yoshgacha ota-onalarini sevadilar; yigirma besh yoshda ularni qoralaydilar, so‘ngra ularni kechiradilar.
I. TEN
Eng razil, ayni paytda eng oddiy va azaliy ko‘rnamaklik — bu farzandlarning ota-onani qadrlamasligidir.
L. VOVENARG
Yaqin kishilaringdan birortasi yetkazgan jarohat ayniqsa qattiq azob beradi.
BAVRIY
Qarindoshlar o‘rtasidagi adovat begonalar bilan bo‘ladigan adovatdan ancha ogirdir.
DEMOKRIT
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida butunlay sir bo‘lmasligi dunyoda eng kam uchraydigan hodisadir.
R. ROLLAN
Bolalar o‘z ota-onalarida o‘tmishni, ota-onalar o‘z farzandlarida kelajakni ko‘radilar; ota-onalarda bolalariga nisbatan farzandlarning ota-onalarga muhabbatiga qaraganda ko‘proq mehr uchratar ekanmiz, bu qayg‘uli, ayni paytda tabiiy holdir. Xotirotlaridan ko‘ra orzu-umidlarini ko‘proq yaxshi ko‘rmaydigan odam bormi?
I.ETVES
Avvaliga biz bolalarimizni o‘rgatamiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kimki buni xohdymas ekan, o‘z davridan orqada qoladi.
Ya. RAYNIS
O‘z farzandlarini baxtli qilishga intiluvchi mehribon ona ko‘p hollarda o‘zining tor qarashlari, kaltabin mo‘ljallari, keraksiz g‘amxo‘rlik va mehribonliklari bilan ularning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘yadi.
D. D. PISAREV
Har bir ona o‘ziga qaraganda tsizi yaxshiroq erga tegishiga umid qiladi va o‘g‘li hech qachon otasidan yaxshi xotin ololmasligiga ishonadi.
M. ANDERSEN-NEKSE
Hayotning muhim vaziyatlarida ota-onaning suyanchig‘i bo‘lish ajoyib ish, biroq ularning ko‘p ikir-chikir va bema’ni talablari jonli, erkin, dadil iste’dodni bo‘g‘adi.
A.S. GRIBOEDOV
Vasiylikka olingan bolami yoki butun bir xalqmi, bundan qat’i nazar, u balog‘atga yetgach, qoida bo‘yicha vasiylik to‘xtatiladi. Balog‘at yetgandan keyin davom etadigan vasiylik zo‘ravonlikka aylanadi.
V. GYuGO
To‘g‘ri, bolalarga — hali ular bola ekan — ota-onalar vasiylik qilishlari kerak, biroq ayni paytda ular bir umr bola bo‘lib qolmaydigan tarzda tarbiyalanishlari lozim.
X. VILAND
Otaning xizmatlaridan bola foydalanmasligi kerak.
M. SERVANTES
Butun avlod-ajdodingdan ko‘ra bitta ko‘zgu seni halol baholaydi.
V. MENSEL
Gap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.
M. SERVANTES
Albatta o‘g‘il xotin tanlash huquqiga ega, biroq o‘zining butun baxtini munosib naslida qoldirib ketayotgan ota ham bu ishda loaqal maslahati bilan ishtirok etishga haqlidir.
V. ShEKSPIR
Yaxshi kuyovga duch kelgan kishi o‘g‘il topadi, yaramas kuyovga uchragan kishi qizdan ham ajraladi.
DEMOKRIT
Muttahamni uydan quvish oila uchun katta baxtdir.
P. BOMARShE