Rashk haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Shunday olijanob muhabbatlar borki, ular rashkka o‘rin qoldirmaydi.
F. LAROShFUKO
Chinakamiga sevgan odam rashk qilmaydi. Muhabbatning asl mohiyati — ishonch. Bordi-yu, muhabbatdan shu ishonchni tortib olingchi, unda siz uning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, davomiyligi, jamiki nurafshon tomonlari — binobarin, barcha ulug‘vorligini tortib olgan bo‘lasiz.
R. STIL
Muhabbatning rashkdan yaqinroq do‘sti bo‘lmaganidek, undan battarroq dushmani ham yo‘q: bu ayni temirning o‘zida paydo bo‘lib, keyin uning qattor dushmaniga aylanadigan zangning o‘zginasidir.
J. BRUNO
Eng kuchli nafrat — eng kuchli muhabbat mahsulidir.
T. FULLER
Rashk — bamisoli bir maxluq, u o‘zidan-o‘zi boshlanib,yo‘q gaplarni yuzaga chiqaradi.
V. ShEKSPIR
Rashkchilar bahona axtarib o‘tirishmaydi, ular shu sababsiz kasalga mubtalo bo‘lganliklari tufayli ham rashkchidirlar.
V. ShEKSPIR
Rashkchilar chumolini — fil, qumursqani — bahaybat maxluq, taxminni — rost qilib ko‘rsatadigan vahima oynagi orqali qaraydilar.
M. SERVANTES
Rashkka hammasi ravshan — ammo yo‘qdir isboti!
M. Yu. LERMONTOV
Rashk shubhalari qutqusi bilan mutlaqo gunohsiz odamni ham haqoratlab qo‘yish mumkin.
V. ShEKSPIR
Rashk oshiq uchun azob-uqubat, ma’shuqa uchun ranj-iztirob manbaidir.
K. GOLDONI
Rashk o‘zingga boshqalardan ko‘ra ko‘proq yomonlik tilab olish san’atidir.
A. DYuMA (o‘gli)
Jazavali rashk manfaatparastlik va shuhratparastlik qilgandan ham battarroq jinoyatlarni yuzaga keltiradi.
F. VOLTER
Jazavali sevgidan xuddi nafratdan qo‘rqqanday qo‘rqish kerak. Muhabbatki mustahkammi, u hamisha beg‘ubor va osoyishtadir.
G. TORO
Kuchli muhabbat bilan yomon shubha murosa qilolmaydi.
P. ABELYaR
Yoqtirmaslik, hadik, shubha hamda rashk hurmat va ishonchning yetishmasligidan kelib chiqadi.
D. I. PISAREV
Erkaklar rashki ularning qon-qoniga singib ketgan shaxsiyatparastligi, vujudini tuyqusdan qoplab olgan izzattalabligi va soxta manmanligining qo‘zishidan paydo bo‘ladi.
O. BALZAK
Rashkni muhabbatga xos zarurat deb hisoblash kechirilmas anglashilmovchilikdir.
V. G. BELINSKIY
To‘la asossiz rashk na o‘zini, na o‘z mahbubiga ko‘ngil bog‘lashga doir huquqini hurmat qilolmagan ojiz odamlarga xos illatdir; bu «meniki» degan hayvoniy instinkt darajasida turgan jonzotning bachkana hukmronligini ko‘rsatadi.
V. G. BELINSKIY
Rashk — nimanidir yo‘qotishdan qo‘rqadigan ojiz, ochko‘z hayvon ehtirosidir. Bu hissiyot odamga munosib bo‘lmay, chirigan rasm-rusmlarimiz va mulkdorlik huquqining oqibatidirki, shu hissiyotni ta’sirchan fikrlovchi, xohishi bor, erkin zotga ham qo‘llamoqchi bo‘ladilar.
D. DIDRO
Rashk sayoz aql illatidir.
I. BENTAM
Rashkning bir foizi muhabbat, to‘qson to‘qqiz foizi esa shaxsiyatparastlikdan iboratdir.
F. LAROShFUKO
Rashk xususiy mulkchilik tuyg‘usining bir ko‘rinishidir.
P. LAFARG
Qachonki erkak kishi ayolning o‘zi bilan teng huquqligini tan olsa, unga xususiy mulk sifatida qarashdan voz kechadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Dunyoda inson yuragini jirkanch manzaralar bilan to‘ldirib, rashk kabi xo‘rlovchi kulfat bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
A. FRANS
Rashkchining muhabbati ko‘proq nafratga o‘xshab ketadi.
J. MOLER
Rashk muhabbatdan ko‘ra g‘arazgo‘ylikka yaqin turadi.
F. ZANDERS
Ayriliq, rashkdan tug‘iladigan ko‘z yoshini artib qo‘yish shart ham emas, lekin bu ko‘z yoshlar odamiy bir tarzda bo‘lishi, u na monaxlarcha zahar-zaqqumga ham, yirtqichning yovvoyiligiga ham, xususiy mulkchining dod-faryodiga ham mutlaqo o‘xshab qolmasligiga erishish mumkin va kerak.
A. I. GERSEN
Kimniki sevmay qo‘yishibdimi, o‘zidan ko‘rsin, sababi, bu narsani uning o‘zi vaqtida payqamagan.
F. LAROShFUKO
Ayol muhabbatidan judo bo‘lgan odam bu sevgini saqlab qololmagani uchun faqat o‘zinp ayblashi lozim.
N. A. DOBROLYuBOV
ziyouz.uz

Оставьте комментарий