DO`STLARGA ULASHING:
Sportning kuch muhim bo‘lgan turlarida, to‘laqonli ozuqa faol shug‘ullanish kabi juda muhimdir. Mushaklarning o‘sishi uchun ko‘p miqdorda oqsil kerak bo’lganligi sababli atletning ratsionida oqsilga boy ozuqalar birinchi o‘rinda turadi. Yoki laboratoriyada yaratilgan, ammo tabiiy mahsulotlardan tarkib topgan, ularning o‘rnini bosuvchilardir. Bunday o’rin bosuvchilar — oqsil aralashmalari bo’lib, ya’ni, turli xil proteinlardir.
Protein – bu uch asosiy makroelementlardan biri (qolgan ikkitasi bu – uglevod va yog‘) bo’lib, inson organizmi uchun eng muhim ozuqa moddasi hisoblanadi. U 20ta aminokislotadan tashkil topgan va har 1 grammida 4 kaloriya mavjud.
Inson organizmi 20ta aminokislotadan faqat 11tasini mustaqil ravishda sintezlash xususiyatiga ega. Qolgan 9 aminokislotalarni esa, ozuqada mavjud bo‘lgan oqsildan oladi. Bu 9 aminokislotalar almashtirib bo‘lmas deb klassifikatsiyalanib, qolgan qo’shimcha 11tasini esa, organizm o’zi mustaqil ravishda sintezlay olgani uchun ularni almashtirib bo’ladigan deb aytiladi.
Oqsilning muhimligi
Oqsil hayotni quruvchi modda hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – bu barcha mushak va to‘qimalarni qurish, saqlash va qayta tiklashdir. U tananing har bir to‘qimasida ishtirok etadi va tanadagi ko‘plab funksiyalar: hazm qilish, qonning ivishi, immunitet va gormonlar ishlab chiqarish (qalqonsimon bez, insulin va estrogen kabilar) kabilarni o’z ichiga oluvchi jarayonlarda ishtirok etadi va oqsil bizning soch, teri va tirnoqlarimizdagi asosiy komponentdir.
Oqsil muhimligining boshqa bir sababi – u to‘yinishga yordam berishini o’z ichiga oladi. Oqsilga boy ozuqa sizni uzoqroq to‘q tutadi, chunki, oqsilni hazm qilish uglevodlarga qaraganda uzoqroq davom etadi.
Agar siz o‘zingizni lanj yoki doimo och his qilsangiz, demak, siz ozuqa manbaingizdan yetarlicha oqsil ololmayapsiz.
Oqsilning ustunligi
Yuqorida aytganimizdek, oqsil inson organizmini tirik qolishi uchun muhim bo’lgan makroelementdir. Uning hayotiy zarur xususiyatidan tashqari, keling, uning ustunliklarini ham sanab o‘tamiz:
-
Organizmga hujayralarni qayta tiklash va yangisini yaratishga yordam beradi;
-
Bolalar, o‘smirlar va homiladorlarda me’yorda o’sish va rivojlanishni ushlab turadi;
-
Immun funksiyani kuchaytiradi va tiklaydi;
-
Suyak, mushak, tog‘ay, teri, qon, ferment, gormonlarga qurilish blokiday ta’sir ko’rsatadi;
-
Mushak massasini oson oshiradi (kaloriya ko’pligida), yog‘ni yo‘qotadi (kaloriya defitsitligida) va quvvatni oshiradi;
-
Ochlik hissini, kaloriya iste’molini, yog‘ qatlamlari hosil bo‘lishini, osteoporoz va arterial qon bosimining oshishini, jarohatdan keyingi tiklanish davrini kamaytiradi;
-
Miya funksiyasini, uyquning sifatini, suyaklarning zichligini va paylarning kuchini oshiradi.
To‘liq yoki noto‘liq oqsillar
Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibining ozuqaviy qiymatiga ko‘ra, ularni to‘liq yoki noto‘liq turlarga bo‘linadi. To‘liq oqsillar tarkibida barcha 9 almashtirib bo‘lmas aminokislotalar mavjud. Shunga mos tarzda, noto‘liq oqsillar o’z tarkibida almashtirib bo’lmas aminokislotalarning to’liq to’plami tashkil etmaydi.
To‘liq oqsillarga misollar:
-
Hayvon oqsili: go‘sht, baliq, parranda go‘shti, tuxum, sut mahsulotlari;
-
O‘simlik oqsillari: soya (tofu, tempe, soya suti), grechka, chia urug‘i.
Noto‘liq oqsillarga misollar:
-
O‘simlik oqsillari: loviya, yong‘oqlar, urug’lar, don o’simliklar (suli, guruch, bug‘doy) va kam miqdorda, ayrim sabzavot va mevalar.
Уведомление: ccn shop
Уведомление: nova88
Уведомление: DevOps Services company
Уведомление: chat sesso
Уведомление: nova88
Уведомление: sbobet
Уведомление: https://upx1688.com/
Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง
Уведомление: เงินด่วน ได้จริง
Уведомление: sbobet
Уведомление: psilocybin mushrooms spores for sale
Уведомление: Thomas Adewumi University
Уведомление: buy shroom bars dc map
Уведомление: browse around this web-site
Уведомление: pg slot
Уведомление: 時間 停止 エロ
Уведомление: penis prosthetic big penis big prosthetic big dildo erect penis prosthetic
Уведомление: kojic acid soap
Уведомление: faceless niches
Уведомление: car detailing
Уведомление: White rabbit mushroom
Уведомление: Bilad Alrafidain University
Уведомление: read this post here