Psixastenik kasalligiga chalingan bemorlarga maslahatlar 18+

DO`STLARGA ULASHING:

Psixastenik kasalligi miyadan ketmaydigan fikrlarning bir turi hisoblanib, uning uchun doimiy shubhalar, qo‘rquv, miyaga azob beruvchi tasavvurlar va g‘oyalar, turli harakatlar va intilishlar. Bemor bu fikrlarning barchasidan qutulishga harakat qiladi, intiladi, davo choralarini izlaydi, lekin bu urinishlar, ko‘pincha, zoye ketadi, uni miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar qiynayveradi.
Miyadan ketmaydigan fikrlarning doimiyligi, takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o‘ta qiyinligi bemorni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydi, ularning asosli emasligini, g‘alati ekanligini tushunadi, ularga bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘laveradi. Bularning ichida fobiyalar alohida o‘rin kasb etadi.
Bunday odamlar ishda ham, suhbatda ham, oʻzaro munosabatlarda ham koʻp kuch sarflashga qodir emaslar. Shuning uchun ishda qaror qabul qilish yoki ijodkorlik singari psixik quvvat talab qiladigan holatlar ularga qiyinlik qiladi, tayyor vazifani bajarishni maʼqul koʻradilar.
Suhbatga kirishishlari juda qiyin. Chunki suhbatdoshning gaplarini tinglash, unga eʼtiborli boʻlish, mos javob qaytarish kabilarga energiya sarflashdan oʻzlarini saqlaydilar. Odamlar bilan oʻzaro munosabatlar qurishi ham osonlik bilan kechmaydi, axir buning uchun hissiy quvvat yetishmaydi.
Psixastenik muvaffaqiyatga erishishiga ishonmaydi. Shuning uchun ham katta maqsadlar qoʻymaydi. Uning uchun gʻalaba ham, magʻlubiyat ham bir xil noqulaylik tugʻdiradi. Gʻalabaga erishsa odamlarning eʼtiboridan oʻzini noqulay his qiladi, magʻlubiyat esa oʻzini tinimsiz ayblashlar tufayli azob beradi. Shuning uchun tinchgina hayot kechirishni maʼqul koʻradi.
Hayot xavf-xatarga toʻla va istalgan paytda bir baloga yoʻliqishi mumkinligi haqidagi oʻylar uning oʻzini ham toliqtirib yuboradi. Oʻzi va yaqinlari uchun doim xavfsirab yashaydi. Eshikni qufladimi-yoʻqmi, gazni oʻchirganmi, tekshirib koʻrmaguncha tinchlanmaydi.
Biror faolakatga yoʻliqmaslik uchun psixastenik har doim qoida boʻyicha ish tutadi. Svetoforning sariq chirogʻi yonganda oʻtishni boshlamaydi.
Uning yana bir oʻziga xos xususiyati tinimsiz oʻzini oʻzi analiz qilishidir. Aytgan gaplari, qilgan ishlari yoki kelajakda boʻladigan xatti-harakatlari haqida tinimsiz oʻylaydi. “Yetti oʻylab, bir kes” – aynan psixastenikka tegishli maqol.
Psixastenik masʼuliyatni boʻyniga olishi qiyin. Bu uni bugʻib qoʻyadi. Shuning uchun psixasteniklar katta masʼuliyat talab qilinadigan kasblar, shuningdek rahbarlik lavozimlarida ishlamagani maʼqul. Ijodkorlik ham ularga toʻgʻri kelmaydi.
Psixastenik har doim oʻziga biror ish qidiradi. Nima bilandir band boʻlishi kerak. Boʻsh qolsa yomon xayollar tinch qoʻymaydi. Ammo qiladigan ishi ham koʻp diqqatni talab qiladigan va murakkab boʻlmasligi, avtomatik ravishda bajarilishi maqsadga muvofiq.
➡️ Bolaligi: Psixastenik xarakter tipi tarbiyadan koʻra koʻproq genetikaga yoki onaning homiladorlik davrining kechishida yuz bergan zararli taʼsirlarga bogʻliq. Ammo ota-onasi psixastenik xarakterli oilada oʻsgan bolalar ham psixasteniklikka moyil boʻladi. Kichikligidan doim begonasiraydi. Asosan onasiga kuchli bogʻlanadi va u ishdan kech qolsa, qattiq xavotirga tushadi.
➡️ Tashqi koʻrinishi: Xatti-harakatlari juda zaif, qadam bosishlari sekin. Jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasi havas uygʻotmaydi. Koʻpincha kulrang liboslarda yuradi. Gapirishi sekin va ovozi ancha past va tutilish koʻp uchraydi. Eʼtibor markazidan doim chetda boʻlishga intiladi.
➡️ Yashash tarzi: Uyi ham, jihozlari ham oddiy, koʻpchiliknikidan farq qilmaydi. Hamma joyni ozoda tutishi kasalliklarning oldini olish uchun, elektr razetkalari ham maxsus qopqoq bilan bekitiladi, toki kimdir behosdan teginib tok urmasligi uchun.
Oila aʼzolari bilan ham koʻp gaplashmaydi, lekin ular uchun har doim qaygʻuradi, kasal boʻlishi yoki oʻlishi oʻylab qoʻrqib yashaydi.
Psixastenikka maslahatlar.
– Hayotning yorqin lahzalari haqida ham koʻproq oʻylang. Taskin beruvchi, tinchlantiruvchi kitoblar oʻqing, filmlar koʻring.
– Boshqa odamlar ham siz kabi xato qiladi, kamchiliklari boʻladi. Oʻzingizga past baho berish, ayblashni kamaytiring.
Psixastenikning yaqinlariga maslahatlar.
– Unga qiyin va masʼuliyatli vazifalar bermang.
– Suhbatda uni faollikka hadeb chorlamang. Istagan payti gapirsin, istasa sukut saqlasin. Gapirganida uni eʼtibor va hurmat bilan tinglang.
avitsenna.uz saytidan olindi

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek