DO`STLARGA ULASHING:
Uch ko‘zli narsa to‘g‘risida
Jon Chiardi
Bu narsaning
Uchta ko‘zi,
Bitta
Boshi bor.
Boshi – oqil,
Ko‘zlarining
Zo‘r qarashi bor.
Qarab tursang,
Ko‘z qisadi,
Qizil va sariq,
So‘ngra bizga
Yashil ko‘z-la
Boqadi aniq.
Galma-galdan
Boqar bizga.
Biri: – Yur! – deydi.
Ikkinchisi:
– Yana qittay
Kutib tur! – deydi.
Uchinchisi:
– To‘xta! – deya
Beradi buyruq. –
Yurishingga
Sening uchun
Hozircha yo‘l yo‘q!
Odam emas,
Tramvaymi
Yoki bo‘lsang ot,
Unday bo‘lsa
O‘tavergin,
Mayli,
Marhamat.
Birinchi ko‘z
So‘ndi.
Ikkinchi ko‘z
So‘ndi.
Oxirida
Mana endi
Uchinchi ko‘z
Yondi.
Yashil chiroq
Yonganida
O‘chdi ulovlar.
Uch ko‘zlini
Svetofor
Deydi birovlar.